"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-chizma Ssudalarni qoplash yo‘llari 2.Byudjet ssudasini xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish.
SSUDANI QOPLASH YO‘LLARI Mablag‘larni ssuda olgan mahalliy byudjetga kelib tushadigan mablag‘lari hisobidan to‘lov topshiriqnomasiga asosan o‘tkazish Yuqori byudjetlar bilan mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha qarzdorlik hisobiga o‘zaro hisob-kitoblar Mablag‘larni ssuda olgan quyi mahalliy byudjetning asosiy schyotiga ssuda bergan moliya tashkiloti tomonidan qo‘yiladigan inkasso topshiriqnomasi orqali undirish Yuqori byudjetlardan mahalliy byudjetlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan rejalashtirilgan dotatsiya (subventsiya)lar hisobiga o‘zaro hisob-kitoblar oshiriladi. Byudjet ssudasini qaytarish mablag‘ni o‘tkazib berish, yuqori byudjetlardan mahalliy byudjetlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar yoki subvensiyalar hisobiga qoplash, yuqori byudjet bilan quyi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin (3 –chizma). 2-chizma Ssudalarni qoplash yo‘llari 2.Byudjet ssudasini xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish. Berilgan byudjet ssudalarini o‘z muddatida qaytarish ustidan nazorat yuqori moliya organi tomonidan amalga oshiriladi. Moliya organida byudjet ssudasini berish to‘g‘risidagi shartnoma rasmiylashtirilgandan keyin ushbu shartnomaga asosan to‘lov topshiriqnomasiga asosan hisobvaraqdan mablag‘ o‘tkazib beriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi bank belgisi tushirilgan to‘lov topshiriqnomasi va hisob schyotidan. ko‘chirmasiga asosan memorial order va Byudjet ssudalari bo‘yicha byudjetlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hisobi kitobi rasmiylashtiriladi. Memorial orderdagi yozuvlar Bosh- jurnal kitobiga o‘tkaziladi(4-chizma). Byudjet ssudalari hisobi 05 "Berilgan va olingan ssudalar " nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni 051 Respublika byudjetidan quyi byudjetlarga ajratiladigan byudjet ssudalari 052 Yuqori mahalliy byudjetlardan qo‘yi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet ssudalari 053 Respublika byudjetidan rezident – yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan byudjet ssudalar 054 Davlatning ichki qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq 055 Davlatning tashqi qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq 056 Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika byudjetidan olingan va berilgan byudjet ssudalari 057 Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarining Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan va berilgan byudjet ssudalari "Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari" nomli 051-sonli hisobvaraqda respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari hisobga olinadi. Byudjet ssudalari bo‘yicha qarzlar kreditida qaytarish bo‘yicha mahalliy byudjet hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summalar 051-sonli hisobvaraqning debetida ko‘rsatiladi. "Yuqori mahalliy byudjetlardan qo‘yi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet ssudalari " nomli 052-sonli hisobvaraqda belgilangan tartibda yuqori byudjetdan berilgan va quyi mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari hisobga olinadi. Quyi byudjetlarga berilgan byudjet ssudalari 052-sonli hisobvaraqning debetida, yuqori byudjetlardan olingan ssudalar esa ushbu hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Byudjet ssudalari bo‘yicha qarzlarni qaytarish uchun quyi byudjetlardan kelib tushgan summalar 052-sonli hisobvaraqning kreditida, ssudalar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun (qaytarish uchun) o‘tkazilgan summalar - ushbu hisobvaraqning debetida ko‘rsatiladi. 053-sonli hisobvaraq “Respublika byudjetidan rezidentga – yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan byudjet ssudalar” Respublika byudjetidan rezidentga – yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan byudjet ssudalari, shuningdek ularni qaytarish bo‘yicha operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. Bunda, taqdim qilingan byudjet ssudalaridan tushadigan foizlarni o‘tkazish daromadlar hisobi bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. 054-sonli hisobvaraq “Davlatning ichki qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq” Davlatning ichki qarzini shakllantirish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar summalari hisobi uchun mo‘ljallangan. 055-sonli hisobvaraq “Davlatning tashqi qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq” Davlatning tashqi qarzini shakllantirish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar summalari hisobi, shuningdek Davlatning tashqi qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni xorijiy valyutada amalga oshirishda ijobiy yoki salbiy kurs farqlarini aniqlash va hisobot moliya yili mobaynida tegishli hisobvaraqlarga kurs farqi summalarini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. 056-sonli hisobvaraq “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Byudjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika Byudjetidan olingan va berilgan Byudjet ssudalari” Davlat To‘lov xujjatlari ilova qilingan bank ko‘chirmalari Memorial order (274-b shakl) "Bosh jurnal" daftari (1-k shakl) Hisobot shakllari Memorial order (274-f shakl) Byudjet ssudalari bo‘yicha byudjetlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hisobi kitobi (4-bsfs–shakl) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling