"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 061 Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar 062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar 071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar
- "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq
4.Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks
ettirish. Byudjet tashkilotlari, korxonalari yoki xo‘jalik birlashmalarini respublika bo‘ysunishdan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda respublika Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga 11- sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yuboradi. Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir mahalliy bo‘ysunishdan ikkinchi mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda, yuqori moliya organi o‘zaro hisob-kitoblarga oldingi bo‘ysunish bo‘yicha moliyalashtirish tartibida korxonani, tashkilotni o‘tkazish kunidagi summalarni o‘tkazadi. Byudjetlar bilan o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma- bildirishnomaga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga yozuvlar o‘tkaziladi va boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobiga tushiriladi. Moliya organlarida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 “Berilgan va olingan mablag‘lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni 061 Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar 062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar 071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar 072 Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan. "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq Dt Kt A) respublikabyudjetidano‘zarohisob- kitoblarbo‘yichaolinishilozimbo‘lgansummalar; B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan summalar; V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari. A) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar; B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar; V)o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari; G) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari; D) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalari summalari 061-hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi: a) respublika byudjetidan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan summalar; b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan summalar; v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subveniiyalarning summalari. 061-sonli hisobvaraqnnng kreditida quyidagilar aks ettiriladi: a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar; b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar; v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari; g) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari; d) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalari summalari. 1. Berilgan va olingan mablag‘lar bo‘yicha davlat byudjeti ijrosi davrida yuzaga keladigan o‘zaro hisoblashishlarning hisobi. 062 - "Mahalliy byudjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi. 062-sonli hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi: a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo‘lgan summalar; b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni qaytarish uchun boshqa mahalliy byudjetlar tomonidan o‘tkazilgan summalar; v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan quyi byudjetlardan undirib olinishi lozim bo‘lgan ortiqcha daromad summalari yoki yuqori byudjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari; g) boshqa mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunicha tashkilotlar va korxonalarning moliyalashtirish bo‘yicha hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘larning summalari. 062-sonli hisobvaraqning kreditida quyidagilar aks ettiriladi: a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mahalliy byudjetlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalar; b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun boshqa mahalliy byudjetlardan kelib tushgan summalar; v) quyi byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari yoki yuqori byudjetga o‘tkaziladigan, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan ortiqcha daromad summalari; g) boshqa mahalliy bo‘ysunishdan o‘tkazilgunga qadar korxonalar va tashkilotlarni moliyalashtirish hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar summalari; g) respublika bo‘ysunishidan tuman yoki shahar bo‘ysunishiga o‘tkazilishda, tuman yoki shahar moliya bo‘limlarida 062-sonli hisobvaraqning kreditiga respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalarining summasi o‘tkaziladi. Ushbu hisobvaraq bo‘yicha debet qoldiq boshqa mahalliy byudjetning mazkur byudjetga qarz summasini ko‘rsatadi, kredit qoldiq esa - mazkur byudjetning boshqa byudjetga qarz summasini ko‘rsatadi. “Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar” nomli 071-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlardan Respublika byudjetiga o‘tkaziladigan hamda Respublika byudjetidan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi. "Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi. 072-sonli hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi; 072-sonli hisobvaraqning kreditida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo‘lgan summalar aks ettiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling