Byudjet nazorati va g’aznachiligi” yo’nalishi 4-bosqich 59-2 guruh talabasi Xoliqberdiyev Ikrom tomonidan “Soliqlar va Soliqqa” fanidan jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarni soliqqa tortishning o'ziga xos xususiyatlari mavzusida


“Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti, vazifasi va o’rganish usullari


Download 69.16 Kb.
bet4/5
Sana20.12.2022
Hajmi69.16 Kb.
#1039595
1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq Ikrom

2. .“Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti, vazifasi va o’rganish usullari. Har qanday fan o‘zining predmetiga, ya‘ni izlanish ob‘ektiga ega bo‘ladi. Masalan, c predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‘rganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmini xarakteristikasi bo‘lsa, “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti soliq munosabatlarini (harakatini), soliqlar mexanizmini har tomonlama o‘rganishdan iboratdir.
Fanning predmeti soliq voqe’liklari pul munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar (yuridik shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi (soliq oluvchi) davlat o‘rtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil qilishni ta‘minlashdir. To‘g‘ri tashkil etish deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlik va insoflik tamoyiliga amal qilishi zarur. Tushunarliroq qilib aytsak, byudjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik osmaslik, ularni o‘z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez - tez o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor berish ko‘zda tutiladi. Bu erda tomonlarning do‘stona munosabatda bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‘lishini o‘rgatadi.
Fanning predmetini chuqur o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zo‘ravonlik munosabati bo‘lguday bo‘lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‘z daromadlari, boshqa soliq ob‘ektlarini har xil yo‘llar bilan yashiradi. Bunday hollarda har qanday xuquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay qolishi mumkin. Daromadlarni, soliq ob‘ektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi. Demak, soliqlar va soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.
Fanning vazifalari soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini o‘rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini o‘zimizning amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir.
Demak, fanning asosiy funktsiyasi yuqori malakali soliq mutaxassislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta‘minlashdir.
Har bir fanning shakllanishi fanning predmetini shakllanishi bilan birgalikda, uning ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan ham bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘z predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega. Shuning uchun, fanni o‘rganishdagi usullar umumiyva alohida usullarga bo‘linadi.
Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini o‘rganishning birdan-bir to‘g‘ri ilmiy usuli dialektik usuldir. Shuning uchun, ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu jumladan jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fanining ham nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. Dialektik usul shuni ko‘rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‘ladi. Bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib boradi. Shuning uchun, ushbu usul tadqiqotning induktsiya va deduktsiya usullarini o‘z ichiga oladi.
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo‘lsa - bu induktsiyadir. Avval, boshdanoq barcha xususiy hollarni o‘z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu - deduktsiyadir.
Shu bilan, birga barcha iqtisodiy fanlar kabi «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fanining ham o‘ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. Ulardan biri ilmiy abstraktsiya usulidir. Ilmiy abstraktsiya usulining mohiyati shundan iboratki, bunda tahlil paytida ob’yektning faqat bir tomoniga, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibor qaratiladi va halal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta’siri e’tiborga olinmaydi.
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fani shuningdek, o‘z predmetini o‘rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil - bu o‘rganilayotgan butun obyektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, bo‘lsa, sintez esa, o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir 9
butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir. Soliqlarga doir murakkab nazariy masalalar mana shu yo‘l bilan o‘rganiladi.
Fan o‘z predmetini o‘rganishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy holda tahlilni qo‘shib olib borish muhim o‘rin tutadi. Soliqlarning nazariy masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan o‘rganishda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar nuqtai-nazaridan, ular bilan davlat budjeti o‘rtasidagi munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat miqyosida, ya’ni soliqlarning nazariy masalalari makroiqtisodiy darajada o‘rganiladi.
Shuningdek, fan o‘z predmetini o‘rganishda taqqoslash, statistik, grafik usullaridan ham foydalanadi. Jumladan soliqlarni davrlar bo‘yicha taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‘zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta’sirini grafik usulida tasvirlash va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o‘zgarishini yalpi talab va yalpi taklifga ta’sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin.



Download 69.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling