Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari docx
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari turlari
Download 384.1 Kb.
|
BYUDJET TAQCHILLIGINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari turlari.Byudjet taqchilligi vaqtinchalik hisoblanadi, agarda uni zabt etish uchun imkoniyatlar va sharoitlar yetarli bo‘lsa. Jaxon tajribasida iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi sharoitida passiv byudjet taqchilligi YaIMga nisbatan 2-3 % bilan chegaralanadi, milliy daromadga- 5%, byudjetnin xarajatlar qismiga nisbatan – 8-10%. Davomiyligiga ko‘ra byudjet taqchilligi surunkali va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Surunkali byudjet taqchilligi yildan yilga uzoq davr mobaynida yuzaga keladi va “qiyin davolanadigan” hisoblanadi. Uning paydo bo‘lishining asosiy sabablari bo‘lib iqtisodiy krizisning uzoq muddatli sikli, uzoq davom etadigan urushlar, favqulotda hodisalar, tinch davrda harbiy sohaga haddan ziyod xarajatlar va boshqa shu kabi sabablar bo‘lishi mumkin. Surunkali byudjet taqchilligidan farqli o‘laroq vaqtinchalik taqchillik unchalik xavfli va bartaraf etish juda ham mushkul hisoblanmaydi. Uning davomiyligi bir necha oyga teng bo‘lishi mumkin. Uning asosida qoidaga ko‘ra iqtisodiyotdagi chuqur bo‘lmagan krizis hodisalari yotadi, balki bir qator ob’ektiv (tabiiy ofatlar va boshqalar) va sub’ektiv (rejalashtirish va prognoz qilishdagi xatolar, jaxonda tovar va fond bozorlaridagi narxlarning tebranishi va boshqalar) sabablar hisoblanadi. Byudjet taqchilligini yana bir qator kriteriyalar bo‘yicha turlarga bo‘lishimiz mumkin. Vujudga kelish xarakteriga qarab byudjet taqchilligini tasodifiy va haqiqiy bo‘lishi mukin. Tasodifiy (kassaviy) byudjet taqchilligi daromadlarni tushishi va xarajatlarni amalga oshirilishidagi vaqtinchalik uzilishlarida paydo bo‘ladi. Tasodifiy byudjet taqchilligi asosan mahalliy byudjetlarga xos, chunki ular ko‘pincha yagona moliyalashtirish manbasiga bo‘g’liq bo‘ladilar. Haqiqiy byudjet taqchilligi byudjet daromadlarining o‘sishi byudjet xarajatlari o‘sishidan ortda qolishi sababli vujudga keladi. Shunday qilib byudjet taqchilligi – bu tasodifiy hodisa emas, u iqtisodiyotni rivojlanishida qator faktorlar orqali siklli jarayonlarda vujudga keladi. Byudjet barqaroqligini ta’minlash va byudjet taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu byudjetni to‘g’ri rejalashtirish hisoblanadi. Byudjet barqaroqligiga erishish uchun byudjetni rejalashtirishda qator usullar qo‘llaniladi: Budet xarajatlarini limitlash, aniqrog’i har bir byudjet muassasasi uchun har bir xarajat turi bo‘yicha chegara miqdorini belgilash; Turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida daromadlarni ularning xarajatlar vakolatiga muvofiq taqsimlash; Byudjet tashkilotlari faoliyatlarini monitoring qilish asosida byudjet daromadlarini maksimallashtirish bo‘yicha tadbirlar va qo‘shimcha manbalar aniqlash; Byudjetlararo munosabatlar sohasida byudjetni tartibga solishni modernizatsiya qilish; Iqtisodiyotni rag’batlantirish va ijtimoiy muammolarni samarali hal etish hisobiga daromadlarni o‘sish imkoniyatlariga olib keluvchi byudjet xarajatlarini rejalashtirish; Xarajatlarni iqtisod qilish tamoyiliga amal qilish, jamiyat ravnaqi nuqtayi nazaridan muhim bo‘lmagan xarajatlardan voz kechish. Ko‘plab rivojlangan davlatlarda byudjet taqchilligini moliyalashtirishning quyidagi asosiy usullaridan foydalanishadi: Download 384.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling