Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari docx


Download 384.1 Kb.
bet3/9
Sana20.06.2023
Hajmi384.1 Kb.
#1630712
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BYUDJET TAQCHILLIGINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI

Davlat byudjeti taqchilligi — muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi.
Kamomad rejali ravishda belgilanishi ham mumkin. Ko‘pincha byudjet taqchilligi rejalashtirilgan byudjet bilan ijro etilgan byudjetning nomutanosibligi natijasida sodir bo‘ladi va xarajatlarning daromadlardan yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va Davlat byudjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining xarajatlarini alohida modda bo‘yicha qisqartirish to‘g‘risida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi. Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni to‘g‘rilash maqsadida moliya

  1. mobaynida ularga tegishli byudjetlardan byudjet ssudalari ajratilishi mumkin. Byudjet ssudalarini berishning eng kech muddati va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni moliya yili mobaynida aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga uni moliya yili oxirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklangan holda, byudjet mablag‘larining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hisobiga qoplash mumkin.

Quyidagi rasmdan byudjet taqchilligining vujudga kelishidagi eng umumiy sabablarini ko‘riishimiz mumkin.



Byudjet taqchilligining vujudga kelishidagi eng umumiy sabablari


Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini
taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi tez sur'atlar bilan o‘sadi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayottining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib orishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Byudjet taqchilliganing o‘zgarishi xo‘jalik konyukturalariga joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va rsjalanishlarni ham aks ettiradi, krizislar davrida davlat byudjetga mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma'lum sektorlari ishlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlarda, investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash) ning muhim sharoiti davlat krediti bo‘lib chiqadi. Davlat krediti deganda, mavlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida chiqadigan barcha moliyaviy iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi. Moliyaviy resurslarni davlat qarz olishning asosiy shakli bu davlat zayomlarini chiqarish hisoblanadi.Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi. Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha massasini chiqaradi. Mazkur holda, davlat byudjeti moliyalashtirish pul muomalasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyatsion ta'sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi. Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi,
taqsimlanishga olib keladi. Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish sharoitida, davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berish va vaqtincha davlatnin moliyaviy ahvolini yengillashtirish mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshiish va
qarzlar umumi miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq. Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun, bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan tashqaridagi manbaalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Shunday qilib, davlat zarur moliyaviy resurslarini ham ssuda kapitallarining milliy bozoridan va ham tashqi bozoridan qarz oladi. Xalqaro kreditning tez o‘sishi kapitalning mamlakatlarar» migratsiyasi, mamlakat va regionlar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligining chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning extiyojlarini qondirish, ham davlat budjei taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o‘sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiy milliy vositalar bilan nazorat qilib bo‘lmaydigan ham kreditor va ham debitor mamlakatlar iqtisodiyotini kuchayib boruvchi bog‘liqligi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 152-moddasida Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish tartibi keltirilgan. Unga ko‘ra davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishdan iborat.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablag‘larni jalb etish bo‘lib, bu mablag‘lar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi- rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi. Chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablag‘larni jalb etish davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘lib, bu mablag‘ bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.
Davlat tomonidan mablag‘ jalb etish bo‘yicha qarorlar belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish:



Download 384.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling