Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari docx


Download 384.1 Kb.
bet8/9
Sana20.06.2023
Hajmi384.1 Kb.
#1630712
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BYUDJET TAQCHILLIGINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI

Xulosa


Davlat byudjeti moliya tizimining muxim bo‘gini sifatida mamlakatning asosiy


moliya rejasini tashkil etuvchi va foydalanuvchi umumdavlat pul fondidir.


Byudjet so‘zi inglizcha “budget” – xalta ma’nosini anglatib davlatning ma’lum


muddatga mo‘ljallab tuzilgan va qonun bilan tasdiqlangan daromadlari xamda xarajatlari xisobi bandlar bo‘yicha tasdiqlangan xujjatidir.


Davlat o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo‘lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo‘lishi davlat byudjetining mavjud bo‘lishini va amal qilishini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 3-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti (Davlat byudjeti) davlatning davlat vazifalari
va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi;
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘lgan bo‘lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjetning
taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi.

Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to‘plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo‘naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumenti (vositasi)dir.


O‘zining mohiyatiga ko‘ra, davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo‘lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo‘lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo‘lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o‘rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo‘lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo‘ladi.
Davlat byudjeti moliya tizimining markaziy bo‘g‘ini, qayta taqsimlash munosabatlarining iqtisodiy shakli hisoblanadi. Byudjet orqali milliy daromad qayta taqsimlanadi. Byudjet orqali qiymatni qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bo‘g‘inlariga nisbatan katta miqdorni tashkil etadi. Byudjet orqali qayta taqsimlash
davlat moliyasi tarkibida markaziy o‘rinda.

Davlat byudjetida, moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan farqli o‘laroq, ikki tushunchaning terminologik qo‘shilishi mavjud:





  1. byudjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida;




  1. byudjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.

Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat byudjeti - ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan YaIM va milliy daromadning

taqsimlanishi jarayonida davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir.



Download 384.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling