Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari docx


Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi


Download 384.1 Kb.
bet7/9
Sana20.06.2023
Hajmi384.1 Kb.
#1630712
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BYUDJET TAQCHILLIGINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI

Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi


Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning ichki manbalarini tasniflash O‘zbekiston Respublikasi hukumati, respublika ijroiya organlari tomonidan mamlakatning moliya bozoridan jalb qilinayotgan qarz mablag‘larini guruhlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 24-moddasida Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi keltirilgan. Unga ko‘ra davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat byudjeti taqchilligi:



    • O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘larining moliya yili

boshidagi qoldiqlari;





    • davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlarini Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbasi sifatida jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat byudjetining daromadlari uning xarajatlaridan ortishi davlat byudjeti profitsitidir.
Davlat byudjeti profitsiti faqat davlat byudjeti bo‘yicha aniqlanadi.



Davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat byudjetining


daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida byudjet tasnifi yotadi. Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash hisoblanadi. Byudjet tasnifi hamma byudjetlarnii bir yagona davlat byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyasini amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar byudjet tasnifi bo‘linmalari hisoblanadi. Byudjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif ob’ektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi.

Download 384.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling