Byudjet tashkilotlarida smetalarni tuzish tartibi va uni ng nazorati
Download 144.35 Kb.
|
Eshboyev Elbek
KirishTadqiqot mavzusining dolzarbligi. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, iqtisodiyot sohalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan choralar joriy yil uchun belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlab berayapdi. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi erkinligini oshirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek, agrar sektorni isloh qilish va valyuta bozorini liberallashtirish boʻyicha qabul qilingan tadbirlar natijasida 2018 yil yakunlariga koʻra, Davlat byudjetiga daromad tushumlari prognoz koʻrsatkichlarining oshirib bajarilishi kutilmoqda. Soliq va byudjet siyosatini takomillashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash, aholi turmush darajasini oshirish, aholining muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning manzilliligini oshirishga qaratilgan tizimni yaratish, ish haqi va boshqa toʻlovlarning inflyatsiyaga taʼsirini baholash asosida tabaqalashtirilgan holda oshirish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni 2019 yilda ham davom ettirish koʻzda tutilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son Farmoni bilan tasdiqlangan soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlari doirasida 2019 yildan eʼtiboran: 1) ish haqi fondiga soliq yuki quyidagicha kamaytirilmoqda: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasining 12 foiz miqdorida oʻrnatilishi va fuqarolarning majburiy sugʻurta badallarining (ish haqidan 8 foiz) bekor qilinishi natijasida “qoʻlga” tegadigan ish haqi miqdori oʻrtacha 6,5 foizga oshadi; ish haqi fondidan yagona ijtimoiy toʻlov miqdori 12 foizgacha pasaytirilmoqda; 2) davlat maqsadli jamgʻarmalariga aylanmadan (oborotdan) 3,2 foiz miqdorida undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinmoqda; 3) yuridik shaxslarning foyda soligʻi stavkalari 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha, dividend va foiz koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha toʻlov manbaidan soliq – 10 foizdan 5 foizgacha, yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi – 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirilmoqda. Oldingi yillar kabi 2019 yilda ham ustuvor yoʻnalish sifatida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari (Davlat byudjeti jami xarajatlarining 54 foizi) saqlab qolinmoqda. Shuningdek, ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini oshirish, shu jumladan, 2019 yil 1 yanvardan: Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va rahbarlari ish haqlarini 10 foizga, malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarning ish haqlarini esa tabaqalashgan holda 15 foizdan 25 foizgacha; Mehnatiga kam haq toʻlanadigan byudjet sohasida ishlovchi xodimlar ish haqlarini 5 foizdan 15 foizgacha oshirish koʻzda tutilmoqda. Taklif etilayotgan choralar byudjet sohasida mehnat qilayotgan 360 mingdan ortiq xodimlarni qamrab olishi aytib oʻtildi. Misol uchun, byudjet tashkilotining eng past oylik oluvchi texnik xodimlarining ish haqlari, ustama va qoʻshimchalardan tashqari, 502 ming soʻmdan 577 ming soʻmgacha oshiriladi. Ko‘rib chiqilayotgan ishning dolzarbligi, respublikamizdagi byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi, tahlili va audit tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi va audit standartlari bilan taqqoslash muammolari, ularning nazariy jihatdan etarli darajada ishlab chiqilmaganligi hamda hozirgi sharoitda 1 SH.M.Mirziyoyev 2018 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2019 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi, 05 Noyabr 2018 alohida amaliy ahamiyatga ega ekanligi kurs ishining mavzusi, maqsadi va vazifasini hamda tadqiqot natijalarining yo‘nalishini tanlashni belgilab berdi. Download 144.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling