Byudjet tashkilotlarida smetalarni tuzish tartibi va uni ng nazorati
Download 144.35 Kb.
|
Eshboyev Elbek
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashchda byudjet tashkilotlaridasmetalarni tuzish va uni ijrosi hisobini tashkil qilish va umuman iqtisodiyotda xorijiy davlatlarning etakchi iqtisodchi olimlari V.I.Xorujiy, K. Druri, B.Rayan, Ch.T.Xorngren, Dj.Foster, V. Govindaradjan, Dj.K. Shim va boshqalar, respublikamizda qator iqtisodchi olimlar va amaliyotchi mutaxassislar M.Sh.Sharifxo‘jaev, A.Ibragimov., B.A.Xasanov, A.S.Sotivoldiev, L.P.Yugay, A.T.Ibrohimov, M.M.To‘laxodjaeva, B.K.Hamdamov,
Mexmonov, Sh.V. G‘aniev va boshqalarning ilmiy ishlari bag‘ishlangan bo‘lib, ularda iqtisodiyotni rivojlanishi davrlari bo‘yicha ilmiy yondashuvlar aks ettirilgan. Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekistonning o‘ziga xos hususiyatlarini aks ettirgan holda byudjet tashkilotlari rivojlanishiga ijobiy tasir etish imkoniyatini beruvchi va ayni paytda tashkilot daromadlarining barqaror, mustahkam manbaini shakllantirishga qaratilgan hisob siyosatini ishlab chiqish, va amaliyotini uyg‘unlikda kompleks tadqiq qilishga yo‘naltirilgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan. Mana shu holat O‘zbekiston iqtisodiyotidagi byudjet jarayonni nazariy jihatdan tadqiq qilish hamda byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining buxgalteriya hisobi xususiyatlarini bozor munosabatlari talablari va mezonlari darajasida tashkil qilish va takomillashtirish, uslubiy jihatdan asoslab berish, byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining hozirgi davr shart-sharoitlariga mos keladigan qoidalarini ishlab chiqish zaruratini talab etmoqda. Download 144.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling