Tadqiqotning predmeti va ob’ekti. faoliyatlari byudjet jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tashkilotlarlar hisoblanadi. Ishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritilishi haqida, byudjet tashkiloti buxgaltkeriyasi ma’lumotlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Tadqiqotning nazariy asosini xorij va mamlakatimizdagi iqtisodchi olimlar hamda etakchi mutaxassislarni byudjet tashkilotlarida smetalarni hamda shtatlar jadvalini tuzish va uni ijrosi hisobiga oid qabul qilinayotgan me’yoriy xuquqiy xujjatlar, Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning byudjet tashkilotlari barqarorligini mustaxkamlashga oid asarlarida ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar va fikrlari ilmiy izlanishni nazariy va uslubiy asosi sifatida qo‘llanildi.
Kurs ishi predmetini tadqiq qilishda, yillik hisobotlar, ommaviy axborot vositalarida nashr qilingan statistik materiallar, qonun va me’yoriy xujjatlardan keng foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |