Ilohiy Xoch kostelida
ehtiyotkorona saqlanib kelmoqda.
S H O P E N I J O D I N I N G T A V S I F I
Bastakorning m usiqiy uslubi favqulodda yagonaligi bilan ajraiib
turadi. «Shopencha intonatsiya», tabiiy va takrorlanmas holda polyak
bastakorining avval yaratgan, shuningdek ijodiy y o ‘lining oxirida
yaratgan asarlarini ham bir ipga chizib beradi.
Shopen o ‘z ijodini fortepiano musiqasi doirasida chegaralab beradi,
bu sohada esa u juda baland darajalarga hamda badiiy ko‘p qirralikka
www.ziyouz.com kutubxonasi
erishdi. U ayni shu cholg'u asbobidan butun boshli orkestr uchun rangia»
palitrasini chiqara oldi. Jahonning mashhur
pianinochilaridan
biri
Anton Rubinshteyn bejiz «Shopen- fortepianoning
«bardi (kuychi
shoir), rapsodi (xalq kuychisi), ruhi, joni» demagan edi. Shopenning
musiqiy fikrlari fortepiano ustida badihatan tug‘ilgan hamda so f pianino
jarangi
bilan
ifodalangan.
Uning
fortepiano
ijodi
fortepiano
musiqasining keyingi taraqqiyottida juda katta rol o ‘ynadi. Shopenng
ta’siri faqat List va bastakorning boshqa zamondoshlarigagina bo‘lgan
emas; rus bastakorlarining ko‘plab avlodi, XIX asr o'rtalaridan boshlab
to Skryabin va bizning zamonamizacha bo‘lgan bastakorlar ijodiga o'z
ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.
Shopen ijodining asosini uning vatani, shu vatan tarixi, tabiati,
kishilari, urf-odatlari, an’analari bilan bog‘liq b o ig a n mavzular
tashkil etadi. Shopen original musiqiy janrlar va shakllar ijodkori
bo‘lgan. Uning cholg'u miniatyuralari yangicha hayot kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |