CamScanner 02-19-2023 18. 11
To'plam elementlari chekli va cheksiz to'plamlar
Download 265.09 Kb.
|
1MI 22IM Matematika va informatika Jumamuratov Shakirjan kurs ishi
1.2 To'plam elementlari chekli va cheksiz to'plamlar.
To‘plamni tashkil qiluvchi ob’ektlar (narsalar) uning elementlari deyiladi. To‘plam odatda lotin alifbosining bosh harflari bilan (masalan, A,B,C,...), elementlari esa shu alifboning kichik harflari bilan belgilanadi (masalan, a, ,c, ...). “a ob’ekt A to‘plamning elementi” yoki “a ob’ekt A to‘plamga tegishli” degan ibora qisqacha (1) kabi yoziladi. Bu yerdagi belgi tegishlilik kvantori deyiladi. (1) ning aksi yoki kabi yoziladi (bu yerdagi yoki belgi tegishli emas degan ma’noni anglatadi). Elementarlarining soniga ko‘ra to‘plamlar 2 turli bo‘ladi: 1) chekli to‘plamlar; 2) cheksiz to‘plamlar. Masalan, auditoriyadagi talabalar to‘plami-chekli to‘plam , barcha natural sonlar (1, 2, 3, ...) to‘plami esa cheksiz to‘plam. To‘plamni tashkil etuvchi elementlar soni chekli yoki cheksiz bo‘lishiga qarab, to‘plam chekli yoki cheksiz to‘plam deyiladi. Chekli A to‘plamning elementlar soni | | A kabi belgilanadi. Birorta ham elementga ega bo‘lmagan to‘plam bo‘sh to‘plam deyiladi va kabi belgilanadi Matematikada ko‘pincha sonli to‘plamlar, ya’ni elementlari sonlardan iborat bo‘lgan to‘plamlar ishlatiladi. Maktab matematika kursidan bilamizi, ular ma’lum belgilar bilan belgilanadi: N – barcha natural sonlar to‘plami; Z – barcha butun sonlar to‘plami; Q – barcha ratsional sonlar to‘plami; R – barcha haqiqiy sonlar to‘plami S – barcha kompleks sonlar to‘plami. Odatda to‘plam elementlarini ko‘rsatib yozish uchun katta qavs (figurali qavs – {})dan foydalaniladi. Masalan, N = {1, 2, 3, …..n, ….} Z = {…., -n, …., -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, ….., n, …..} Chekli to‘plam bitta yoki bir nechta elementdan tashkil topgan bo‘lishi yoki hatto bitta ham elementga ega bo‘lmasligi mumkin. Bitta ham elementga ega bo‘lmagan to‘plam bo‘sh to‘plam deyiladi va {Ø} belgi bilan belgilanadi. Masalan, ma’lum auditoriyadagi talabalar ichidan familiyalari A harfi bilan boshlanadigan talabalar to‘plamini qaraylik. Bu to‘plam bitta yoki bir nechta elementli yoki hatto bo‘sh to‘plam bo‘lishi mumkin. Download 265.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling