Цементнинг эгилишга муста камлик чегарасини аниулаш


SEMENT BO’TQASINING NORMAL QUYUQLIGINI ANIQLASH


Download 17.55 Kb.
bet3/4
Sana01.04.2023
Hajmi17.55 Kb.
#1315479
1   2   3   4
Bog'liq
ЦЕМЕНТНИНГ ЭГИЛИШГА МУСТА

SEMENT BO’TQASINING NORMAL QUYUQLIGINI ANIQLASH
Umumiy malumotlar: Tsement toshining mustahkamligi, asosan undagi suv-sement nisbatiga, yani normal sement bo’tqasini tayyorlash uchun ketgan suv miqdorga bog’liq.
isimiiig maqsadi: Sement bo’tqasining normal quyuqligini (suv miqdorini) aniqlashdan iborat.
Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar: sement namunasi, Vika asbobi (to’la komplekti bilan), tunuka idish; standart kesik konusli po’lat halqa, o’lchamli shisha silindr, tarozi, suv, pichoq, mashina moyi, sekundomer.
Tajriba tartibi. Tarozida 400 g sementdan tortib, tagi yumaloq chuqurligi 100 mm li tunuka idishga solinadi va o’lchamli silindr idishda sementga suv quyiladi. Suv miqdori sement og’irligiga nisbatan 25-30% da olinadi. Quyilgan suv bilan sement kurakcha yordamida avval sekin, keyin tez ezib 5 minut davomida qorishtiriladi. Mashina moyi surtilib, shisha plastinkaga qo’yilgan kesik konus halqa tayyorlangan sement qorishma bilan to’ldiriladi. Shisha plastinkani stolga 5-6 marta oxista urib, sement bo’tqasi zichlanib, ortiqchasi esa xo’llangan pichoq bilan sidirib olinadi.
Shisha plastinkadagi halqaga solingan sement qorishma Vika asbobining temir staninasiga qo’yiladi. Keyin, pestikning quyi uchi sement korishma yuzasiga tekkiziladi va vint tezda bo’shatiladi.
Umumiy og’irligi 300 g li yuk (steijen va pestik) erkin holatda sement bo’tqaga bota boshlaydi. Vint bo’shatilgandan 30 sek o’tgach, shkaladan pestikning bo’tqaga botish darajasi aniqlanadi. Agar pestik tezda botib halqa tagiga tegsa, suv ko’p solingan bo’ladi, pestik 5-7 mm yuqorida to’xtasa, suv oz qo’shilgan bo’ladi. ikkala holda ham suv miqdorini ko’paytirib yoki kamaytirib yangi sement bo’tqasi tayyorlanib, qaytadan sinaladi. Agap pestik uch marta bo’tqaga tushirilganda shkala ko’rsatgichi 5-7 mm orasida to’xtasa, bu sement bo’tqasining quyuqligi normal bo’ladi. Shunday qilib, oxirgi marta olingan suv miqdori sement bo’tqasining normal quyuqligini ko’rsatadigan qiymat hisoblanadi.

Download 17.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling