Цементнинг эгилишга муста камлик чегарасини аниулаш


SEMENTNING QUYUQLANISH DAVRINING BOSHLANISHI VA OXIRINI ANIQLASH


Download 17.55 Kb.
bet4/4
Sana01.04.2023
Hajmi17.55 Kb.
#1315479
1   2   3   4
Bog'liq
ЦЕМЕНТНИНГ ЭГИЛИШГА МУСТА

SEMENTNING QUYUQLANISH DAVRINING BOSHLANISHI VA OXIRINI ANIQLASH
Umumiy malumotlar: Qurilishda bog’lovchi moddalarni ishlatishdan oldin, ularni suv bilan
qorishtirgandan keyin quyuqlanishining boshlanishi va oxiri qancha vaqtdan keyin ro’y berishini bilish juda zarur.
Ishning maqsadi:
Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar: sement namunasi, suv, to’la komplektli Vika asbobi, tagi yumaloq tunuka idish, standart kurakcha, o’lchamli shisha silindr (150-200 ml li), sekundomer, tarozi, pichoq, mashina moyi.
Tajriba tartibi. Tsementning quyuqlanish davrining boshlanishi deb, sementga suv quyilgan vaqtdan boshlab, ignaning sement bo’tqa sirtidan erkin holatda 38-39 mm chuqurlikka botgunigacha ketgan vaqtga aytiladi, bunda po’lat igna uchi shisha plastinkaga 1-2 mm etmay to’xtaydi. Tsementning quyuqlashish davrining oxiri deb, sementga suv quyilgan vaqtdan boshlab, to ignaning sement bo’tqa sirtidan 1-2 mm botgunigacha ketgan vaqtga aytiladi.
ishni boshlashdan oldin shisha plastinka va kesik konus halqa mashina moyi bilan maylanadi va asbobdagi ko’rsatgich shkaladagi «0» ni ko’rsatib turishi kerak.
Tarozida 400 g sementdan tortib, tagi yumaloq idishga solinadi va o’lchamli silindr idishda normal quyuqlikdagi suv sementga quyiladi. Quyilgan suv bilan sement kurakcha yordamida avval sekin, keyin tez ezib 5 minut davomida qorishtiriladi. Normal quyuqlikda tayyorlangan sement bo’tqasi shisha plastinka ustiga qo’yilgan kesik konus halqaga qo’yiladi. Shisha plastinka stol qirrasiga 5-6 marta uriladi.
Bo’tqa zichlangandan keyin uning ortiqchasi pichoq bilan sidirib tekislanadi. Keyin kesik halqa plastinka bilan birga Vika asbobi ostiga qo’yiladi va sterjen vint bilan mahkamlanadi. Vint bo’shatilganda ignali sterjen o’z
og’irligi bilan bo’tqaga botadi. 20 minut davomida har 5 minutda vintni bo’shatib, igna sement bo’tqaga tushirib turiladi. Po’lat igna shisha plastinkaga zarb bilan tushmasligi uchun sterjen chap qo’l bilan ushlab tushiriladi. igna har botirilganda u nam latta bilan tozalanadi va shisha plastinkani siljitib turiladi.
Download 17.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling