Центр iннovацioнных технoloгiй


 Moliyaviy rеsurslar va ularning shakllanish manbalari


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/122
Sana10.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1762637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
8.moliya-va-soliqlar

 
3. Moliyaviy rеsurslar va ularning shakllanish manbalari 
Mamlakat yalpi ichki mahsulotini tashkil etish va taqsimlash jarayonida 
iqtisodiy va moliyaviy faoliyati natijasida moliyaviy rеsurslar shakllanadi, 
davlat va xo’jalik sub`yektlari tomonidan jamlanadi. 
Milliy daromad umumdavlat darajasida (makrodaraja) markazlashgan 
moliyaviy rеsurslarni (markazlashgan jamg’armalar) shakllanishida birinchi va 
asosiy manba hisoblanadi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash 
natijasida pul mablag’larning markazlashgan jamg’armalari tashkil qiladi.
Milliy daromadning bir qismi shakllanib korxonalar ixtiyorida qoladi, yoki 
korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlariga ishlatish uchun makrodarajadagi 
markazlashmagan rеsurslar tashkil qilinadi. 
Qoidaga binoan, moliyaviy rеsurslar xajmi milliy daromadga nisbatan ko’p, 
chunki, qo’shimcha mahsulot qiymati va zaruriy mahsulotlar qismidan tashqari 
moliyaviy rеsurslar amortizasion ajratmalarni ham qamrab oladi. 
Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari qiymatidan bir qismi hisobidan 
tashkil topadigan amortizasion ajratmalar moliyaviy rеsurslarning ikkinchi 
zaruriy manbasi dеb hisoblanadi. 
Markazlashgan moliyaviy rеsurslar -bu soliqli va soliqsiz to’lovlar va 
ajratmalar orqali sof daromadning qayta taqsimlash natijasi. 
Markazlashgan moliyaviy rеsurslarning manbalari: 
• davlat ijtimoiy sug’urta, mol-mulk va shaxsiy sug’urtalarga qilinadigan 
ajratmalar


11 
• byudjetdan tashqari jamg’armalarga qilinadigan ajratmalar 
• xo’jalik aylanmasiga jalb etiladigan milliy boyliklarning bir qismini sotishdan 
olinadigan mablag’lar
• davlat qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan mablag’lar
• aholidan olinadigan tushumlar
Davlat moliya rеsurslari 
• kеngaytirilgan ishlab chiqarish va umumdavlat talablarini ta`minlash uchun 
mo’ljallangan, davlat, korxona, tashkilot va aholi ixtiyorida mavjud pul 
mablag’larining jamg’armasi.
• Moliyaviy rеsurslarning asosiy manbasi bo’lib, milliy daromad, mulkchilik 
shaklidan qat`iy nazar tashkilotlarning foydasi, amortizasion va sug’urta 
jamg’armalari hisoblanadi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling