Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
Download 340.5 Kb. Pdf ko'rish
|
ijodiy-tanqidiy-fikrlashning-xorijiy-tillarni-o-rganishga-ta-siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- E-mail: carjisor@carjis.org 189
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194 E-mail: carjisor@carjis.org 189 o’rganishning juda ko’p usullari mavjud ammo ijodiy-tanqidiy fikrlashi rivojlanmagan insonda bu holat ancha qiyinlashadi. Sababi, fikrlash va masalaga yangicha nazar bilan yechim topish qobilyati tillarni o’rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Xorijiy tillarni o’rganish uchun qoidalarni nima uchun tuzilganligining sababini tushunish shart. Bu esa insondan bir muncha ijodiy va tanqidiy fikrlashni, “nima, nima uchun, qanday qilib va natijasi nima bilan tugaydi?”, kabi savollarni yuzaga kelishini talab qiladi. Bir til bilan butun bir mamalakat va xalqning tarixi, madaniyati va bugungi kundagi fan manbaalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud. Tarjima masalasida ham tafakkur bilan tushuna olish masalaga bir muncha oydinlik kiritadi. Shu sababli ham bu mavzuni yoritish va bir nechta qarashlarni o’rganish maqsadida , hamda xorijiy tillarni o’rganishga ijodiy-tanqidiy fikrlashni ta’siri bo’yicha izlanishlarni ommaga taqdim qilishni maqsad qildik. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Mavzuni yanada isbotlab berish maqsadida maqolani yozishda asos bo’lib xizmat qiluvchi adabiyotlarga alohida to’xtalib o’tamiz. Juda ko’p fan doktori va dotsentlar ushbu mavzu bo’yicha sohalaridan kelib chiqqan holatda ilmiy izlanishlar olib borishgan. Shular jumlasidan, Fizika va matematika fanlari nomzodi, dotsent, Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali direktori Abduqahhor G’aniyevning “Ma’rifat” gazetasining 2020-yil 11-noyabrdagi 43-sonida va Baxtiyor.uz. saytidagi Edu.uz saytidan olingan “Tanqidiy fikrlash nima va uni qanday o’rganish mumkin?” nomli maqolaga o’z qarashlarini bildirgan holda ushbu fikrlarni ta’kidlagan: “2002 yil AQSH da o’tkazilgan XXI asr malakalari va ko’nikmalarini aniqlash bo’yicha hamkorlikda “4 Ss”konsepsiyasi qabul qilingan. Konsepsiya boshidayoq tanqidiy fikrlash (Critical thinking) tilga olingan. AQSH ta’lim tizimida esa allqachon ayni shu ko’nikmalarni o’rgatish asosiy o’ringa chiqqan”,- deya ta’kidlaydi izanuvchi mutahasis.Ammo maqola yakunida bu fikrlarning qarama-qarshisi ham namoyon bo’ldi. Albatta, bu fikrlar o’z – o’zidan paydo bo’lgan emas, haqiqatdan ham AQSH dagi ta’lim tizimi juda kuchli rivojlanganligi barchaga ma’lum. Mantiq va tanqidiy fikrlash yangicha dunyoqarashni, ya’ni ijodiy fikrlashni olib kirishini avvaldanoq ko’ra bilgan olimlar bu sohaga jiddiy qarashni boshlashgan va bu o’zining ijobiy natijasini bermoqda. Amerikalik psixolog, o’qituvchi, bir vaqtning o’zida Amerika psixologlar uyushmasining prezidenti, bir nechta muvaffaqiyatli kitoblarning muallifi, “Tanqidiy fikrlash va aql psixologiyasi”, “Bilim va bilmaslik” mavzularidagi ilmiy ishlar muallifi Diane Xolpernning “Tanqidiy fikrlash psixologiyasi” deb nomlangan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling