Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
Download 340.5 Kb. Pdf ko'rish
|
ijodiy-tanqidiy-fikrlashning-xorijiy-tillarni-o-rganishga-ta-siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- E-mail: carjisor@carjis.org 188
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194 E-mail: carjisor@carjis.org 188 isbotlangan ma’lumotlarni yetkazib berish va ushbu o’ta muhim hisoblangan jarayonlarga yosh izlanuvchi sifatida tahliliy fikrlarni bildirishdan iborat. Ko’p hollarda guvohi bo’lamiz-ki, yoshlar ta’limi masalasi ko’tarilganda, salmog’i kundan kun oshib, tarozi pallasida og’irlashib borayotgan dunyo bilimlari va ma’lumotlarini yoshlar ongiga qanday qilib singdirish, ularning ta’lim olish sifatini yaxshilash va sifatli ta’limdan aniq bir maqsadlarga yo’naltirilgan natijalarni qanday qilib olish muammolari yuzaga keladi. Xususan yoshlikdanoq berilgan bilimning kelajakdagi o’rni haqida bir qancha baxs-munozaralar bo’lishiga guvoh bo’lamiz. Sababi shundan iborat-ki, insonning bolalik yillarida uning xotirasi o’tkir va o’rganishga bo’lgan immuniteti va ehtiyojlari katta yoshga nisbatan juda yuqori bo’ladi. Ma’lumotlarni qabul qilish darajasi ham shu asosda paydo bo’ladi. Aynan shu vaqtda , ya’ni bolalik yillarini qamrab oluvchi 4-5 yoshdan boshlab yangi bilimlarni hech qanday qarshilik va e’tirozlarsiz qabul qilish sog’lom insonda shakllanadi. Olimlarning fikrlariga ko’ra yoshlik chog’ida miya faoliyati bir muncha yaxshi ishlaydi va qanday ko’nikmalar hosil qilinsa aynan shu ko’nikmalar eng mayda neyronlarda ham shakllanib, “adaptatsiya” jarayonini hosil qiladi va yillar sayin o’z ustida ishlash orqali sayqallanib, rivojlanib boradi. Bilimlarni o’rgatishning eng yaxshi usuli bu xotiradan foydalanish bo’lganligi sababli ko’p maktab o’quvchilarining darsiklarida ifodali o’qish va yodlash uchun maqollar hamda she’rlar berilgan bo’lib. o’quvchilar bu vazifalarni bajarish davomida bosh miyyaning markaziy qismidagi xotira bo’limiga yangi ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga qabul qiladilar. Nima uchun birinchi sinfdanoq yodlashga katta e’tibor beriladi? Ko’proq qaytarilgan ma’lumotni bola eslab qola olgani uchun. Agarda, bu ma’lumotlar aniq tushuntirib berilsa va alohida e’tibor qaratilsa, tafakkur qilish qobilyati ham shakllanadi va bu orqali o’rganuvchilar nafaqat yoshlikda balkim katta yoshda ham fikrlab ma’lumotlarni ko’proq muddatga eslab qola bilish imkoniyatiga ega boladi. Fikrlash orqali inson kreativ-yangicha o’ylaydi, har bir masalaga alohida e’tibor qaratadi va mulohazalarni saralaydi,muhokama qiladi, kerak joyda o’z fikrini himoya ham qiladi, hamda xotiraga o’zining uzoq muddat sarflab chiqargan xulosasini joylaydi. Bu esa yangi kelayotgan ma’lumotlarning tahlili va rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Dunyodagi barcha bilimlarni, xususan tillarni o’rganishda ham tanqidiy-ijodiy fikrlashga katta ahamiyat qaratiladi. Barchaga ma’lumki, tillarda asosan yangi so’zlarni yodlash, grammatik jihatdan qoidalarni eslab qolish va ular asosida muloqot qila olish asosiy vazifa hisoblanadi. Buning uchun tilni o’rganayotgan o’rganuvchi nimani o’qiyotganiga e’tiborini qaratadi. Ma’noni aniq tushungandagina uni to’liq o’rganilgan deb qarash mumkin. Zamonaviy texnalogiyalar davrida tillarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling