Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)


Download 340.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana22.08.2023
Hajmi340.5 Kb.
#1669095
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ijodiy-tanqidiy-fikrlashning-xorijiy-tillarni-o-rganishga-ta-siri

MUHOKA VA NATIJALAR 
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlar “Demokratik ta’lim uchun” 
konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan “Tanqidiy fikrlash uchun o’qish va 
yozish” loyihasi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha asosida juda ko’p izlanishlar 
olib borildi va buning natijasida endilikda Amerika Qo’shma Shtatlarida Critical 
thinking – tanqidiy fikrlashning darajasi ikkinchi o’ringa ko’tarildi. Ma’lumotlar 
shuni ko’rsatadi-ki, tanqidiy va ijodiy fikrlash turli xil sohalarga joriy etilmoqda. 
Jumladan, Turizm yo’nalishi boyicha ham tanqidiy-ijodiy fikrlovchi kadrlarni 
tarbiyalash maqsadida I.S.Tuxliyev va B.SH.Safarovlarga tegishli “Turizm asoslari” 
o’quv qo’llanmasiga tanqidiy fikrlash va tahlil qilishga oid bobning joylashtirilgani 
ushbu fikrlarimizga yaqqol dalil bo’la oladi. Xorijiy tillarda yozilgan shaxsiy va 
ma’lum bir mavzuga tegishli bo’lgan fikrlarni o’rganilayotgan tilda tafakkur etish 
dastlab murakkabroq bo’lganligi sababli ham uni yozish metodidan foydalanib ifoda 
etish barchaga qulay bo’ladi.Bu borada ko’pgina psixolog va filosof olimlarning o’z 


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-187-194 
 
E-mail: carjisor@carjis.org 
192 
qarashlari mavjud bo’lib. bir nechta jiddiy izlanish ishlari olib borilgan. 
Chet tillarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun bir nechta metodlar 
mavjud bo’lib, ulardan eng samaralisi boshqotirma va interaktiv o’yinlardan 
foydalanishdir. Ulardan eng mashhuri klaster usuli bo’lib, unda berilgan yagona 
masalaning har tomonama aloqador jihatlari ko’rib chiqiladi. Olingan ma’lumotlarni 
tizimlashtirishda va hodisalar o’rtasidagi aloqani o’rnatishda ushbu texnikadan 
foydalanish o’rinlidir.Yoki bo’lmasa o’sha biz yoshlikdanoq bilgan “Baliq suyagi” 
usulida o’quvchi mavjud muammoni baliqning boshiga qiyos qilib, har bir qarama-
qarshi tarafdagi suyaklarga “vaziyat va yechim” tarzda baho berib keta oladi, hamda 
bu vaziyatdan chiqilganlik baliqning dum suzgichlari hisobida ko’riladi.Tanqidiy 
fikrlashni rivojlantirishning eng samarali usuli bu “6 ta shlyapa” bo’lib, unda ranglar 
jarayonlarga qiyoslanadi va har bir rangdagi jarayonga va xususiyatga xos tarzda 
vaziyat beriladi. Vaziyatni turli ko’rinishda, ham salbiy, ham ijobiy tomonlama 
yaqqol ko’rishning yana bir yo’li aynan shu usulda ko’rinadi.
Har doim manbaani tekshirishni olimlar tavsiya etishadi. Hatto-ki, hozirda 
o’qiyotgan maqolangizdagi manbaalarni ham tekshirib ko’rishingiz sizni 
bekorchiligingizni emas, balkim , o’z fikringizga ega ekanligingizni va tanqidiy-
ijodiy fikrlash qobilyatingiz mavjud ekanligini bildiradi. Tahlilar shuni ko’rsatdi-ki, 
tanqidiy fikrlashdan foydalanish uchun inson quyidagi 7 xususiyatni o’zlashtirishi 
kerak boladi: 1) Aks ettirmoqchi bo’lgan jarayonlarni aniqlash uchun vazyatdan 
xabardor bo’lish, 2)Ma’lumotlarni tartibga solish, 3)Vaziyatlarni anglay olish uchun 
yetarlicha ma’lumot to’plash, 4)To’plangan ma’lumotlarni yashirin ma’nosigacha
tushuna olish, 5)Haqiqiy va haqiqiy bo’lmagan ma’lumotlarni ajratib olish, 
6)Ma’lumotlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibli va izchil izohli holda topish, 7)Vaqt 
o’tishi bilan olingan tajriba va ma’lumotlar asosida o’z fikrlarini o’zgartira olish.
Olib borilgan izlanishlar davomida ma’lum bo’ldi-ki tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish ustida bosh qotirgan o’quvchi va talabalar o’rtasida o’tkazilgan kuzatuv 
natijasida ixtiyoriy tanlab olingan guruhdagi jami 30 nafar o’quvchilardan faqatgina 
6-8 nafari xorijiy tillarda muloqot qila oladi. Nima uchun qolgan o’quvchilar buni 
uddasidan chiqa olmaydi? Grammatik jihatdan bilimlar deyarli bir xil bo’lsada 
gapirishda turli xil muammolar mavjud: xotira – eslab qolish masalasi, mavzuni 
tushunmaslik, vaziyatlarni yetarlicha baholay olmaslik va boshqalar. Bu 
muammolarning asosida esa ong va ong osti tizmlari bilan muntazam ravishda 
ishlanmaganlik, tafakkur qilish va fikrlay olish qobilyatiga e’tibor qaratilmaganligi 
turibdi. Aksincha, doimiy tarzda juda uzoq vaqtdan buyon o’z ustida va o’z fikrlari 
tahlili ustida ishlab, turli xil mavzudagi asarlarni tahlil qilgan o’quvchilarda esa 



Download 340.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling