Chala dominantlik Bir necha belgisi bo'yicha


Download 56.5 Kb.
Sana29.12.2022
Hajmi56.5 Kb.
#1071671
Bog'liq
Chala dominantlik


Chala dominantlik Bir necha belgisi bo'yicha
1.G'o'za o'simligida ko'saklarni yirik bo'lishi mayda bo'lishi ustidan to'liq dominantlik qiladi. Tolasining qo'ng'irligi tolasining oqligi ustidan chala dominantlik qiladi va geterozigotalar novvotrang bo'ladi.Digeterozigota organizmlar o'zaro chatishtirilganda F1 da 960 ta o'simlik olindi shu o'simliklardan nechtasida tola novvotrang bo'ladi?
A)480 ta B)540 ta C)600 ta D)720

2. G'o'za o'simligida ko'saklarni yirik bo'lishi mayda bo'lishi ustidan to'liq dominantlik qiladi. Tolasining qo'ng'irligi tolasining oqligi ustidan chala dominantlik qiladi va geterozigotalar novvotrang bo'ladi.Digeterozigota organizmlar o'zaro chatishtirilganda F1 da 960 ta novvotrang o'simlik olindi.Jami o'simliklar sonini toping.


A)960 B)1500 C)1920 D)3000

3. G'o'za o'simligida ko'saklarni yirik bo'lishi mayda bo'lishi ustidan to'liq dominantlik qiladi. Tolasining qo'ng'irligi tolasining oqligi ustidan chala dominantlik qiladi va geterozigotalar novvotrang bo'ladi.Digeterozigota organizmlar o'zaro chatishtirilganda F1 da 960 ta o'simlik olindi shu o'simliklardan nechtasi faqat 1-belgisi bo'yicha geterozigotali?


A)240 B)480 C)720 D)360

4. G'o'za o'simligida ko'saklarni yirik bo'lishi mayda bo'lishi ustidan to'liq dominantlik qiladi. Tolasining qo'ng'irligi tolasining oqligi ustidan chala dominantlik qiladi va geterozigotalar novvotrang bo'ladi.Digeterozigota organizmlar o'zaro chatishtirilganda F1 da 960 ta o'simlik olindi shu o'simliklardan nechtasi o'zaro chatishtirilsa ajralish ro'y beradi?


A)240 B)480 C)720 D)360

5. G'o'za o'simligida ko'saklarni yirik bo'lishi mayda bo'lishi ustidan to'liq dominantlik qiladi. Tolasining qo'ng'irligi tolasining oqligi ustidan chala dominantlik qiladi va geterozigotalar novvotrang bo'ladi.Digeterozigota organizmlar o'zaro chatishtirilganda F1 da 960 ta o'simlik olindi shu o'simliklardan nechtasi ota-onaga genotip va fenotip jihatdan o'xshash?


A)240 B)480 C)720 D)360

6.Odamlarda mehnatkashlik


(A) va e'tiborlilik (B), ishyoqmaslik (a) va e'tiborsizlik ( b) ustidan chala dominantlik qiladi. Natijada Aa genotip odamlar yalqov, Bb genotip odamlar esa loqayt bo'lib qoladi.
Yalqov va loqayt yigit bilan ishyoqmas e'tiborsiz qiz turmush qurdi va ular 4 ta farzand ko'rishdi.
Farzandlarning necha % faqat yalqov ?
A)25 B)50 C)75 D)100

7.Andaluz tovuqlarida pat rangi va tuxumining xajmi oraliq irsiylanishga ega.


Pat rangi qoraligi (A) oq (a) rang ustidan chala dominantlik qilib quyidagi holatda Aa pat ola bo'ladi.Tuxumni yirikligi maydaligi ustidan chala dominantlik qilib Bb holatda tuxum o'rtacha bo'lib

qoladi.Quyidagi genotipga ega AaBb organizmlar ozaro chatishtirilganda necha xil fenotipik sinf xosil bo'ladi?


A)6 B)9 C)3 D)12

8. Andaluz tovuqlarida pat rangi va tuxumining xajmi oraliq irsiylanishga ega.


Pat rangi qoraligi (A) oq (a) rang ustidan chala dominantlik qilib quyidagi holatda Aa pat ola bo'ladi.Tuxumni yirikligi maydaligi ustidan chala dominantlik qilib Bb holatda tuxum o'rtacha bo'lib qoladi.Quyidagi genotipga ega AaBb organizmlar o'zaro chatishtirilganda F1 da 1200 ta tovuq olindi ularning nechtasi ola patli mayda tuxum xosil qilsh geniga ega?
A)600 B)1000 C)300 D)150

9.Otasi qora sochli sepkilli, onasi malla sochli


sepkilsiz yigit otasi malla sochli sepklli, onasi qora
sochli sepkilsiz qizga uylangan. Bu nikohdan tug’ilgan farzandlarning necha foizi ota-onaga genotip jihatdan o’xshaydi?
A) 18,75 B) 12,5 C) 25 D) 6,25

10. G’o’za bargini qirqma bo’lishi o’yma bo’lishi ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigotalilarni bargi panjasimon bo’ladi, bargini to’q yashil bo’lishi och yashil bo’lishi ustidan chala dominantlik qiladi.


Geterozigotalilarni bargi yashil bo’ladi. Panjasimon
yashil bargli g’o’za navlari o’zaro chatishtirilganda F1
da 960 ta o’simlik olingan bo’lsa ulardan nechtasi
digeterozigota genotipga ega bo’ladi?
A) 240 B) 40 C) 120 D) 480

11. G’o’za o’simligida bargning qirqma bo’lishi o’yma


ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigotalar
panjasimon shaklga ega. Tolasining malla bo’lishi oq
rangi ustidan chala dominantlik qiladi, getorozigotalar novvotrang rangda bo’ladi. Digeterozigota ota onalardan olingan avlodlarning necha foizini panjasimon bargli, novvotrang tolali o’simliklar tashkil qiladi?
A) 25 B) 12,50 C) 18,75 D) 6,25

12. Itlarda junning qora rangi va quloqlarning osilib


turishi, junning qo’ng’ir rangi va quloqning tikka
turishi ustidan dominantlik qiladi. “Tozi” zotli qora,
quloqlari osilib turuvchi it zoti bilan qo’ng’ir junli
quloqlari tik turuvchi zotlari chatishtirilib olingan
kuchuklar o’zaro bir-biri bilan chatishtirilgan. Olingan kuchuklarning nechtasi fenotip bo’yicha F1 da olingan kuchuklarga o’xshash bo’ladi?
A) 3 B) 4 C) 9 D) 1

13.Pomidor o’simligida mevasining qizil rangi (A),


pushti rangi (a) ustidan, dumaloq shakli (B), noksimon (b) shakli ustidan dominantlik qiladi. Quyidagi genotipli o’simliklarning qaysi biri chatishtirilganda 25 % qizil dumaloq, 25 % qizil noksimon, 25 % pushti dumaloq, 25 % pushti noksimon pomidorlar va 50 % qizil dumaloq, 50 % pushti noksimon mevalar hosil bo’ladi?
1) AaBb x AaBB; 2) AABB x aabb;
3) aaBb x Aabb; 4) aabb x aabb;
5) AaBB x aaBb; 6) AaBb x AABb;
7) AAbb x AaBB; 8) AABb x AABb
A) 7-8 B) 3-5 C) 1-3 D) 2-4

14. Quyonlarda junning hurpaygan bo’lishi silliqligi


ustidan, qora bo’lishi oq bo’lishi ustidan to’liq
dominantlik qiladi. Digeterozigota ota-onadan
tug’ilgan 320 ta avloddan nechtasi ota-onaga fenotip va genotip jihatdan o’xshash bo’ladi?
A) 180 B) 80 C) 120 D) 60

15.G’o’za bargini to’q yashil bo’lishi och yashil bo’lishi


ustidan chala dominantlik qiladi. Geterozigotalilarni
bargi yashil bo’ladi. Tolasining malla bo’lishi oq rangi
ustidan chala dominantlik qiladi, getorozigotalar
novvotrang rangda bo’ladi. Digeterozigota ota
onalardan olingan avlodlarning necha foizini och yashil bargli, novvotrang tolali o’simliklar tashkil qiladi?
A) 25 B) 12,50 C) 18,75 D) 6,25

16. Agar diduragay chatishtirishda har ikkila


dominant belgi o’z alleli ustidan chala dominantlik
qilsa, u holda F2 da nechta fenotipik guruh hosil
bo’ladi?
A) 4 B) 6 C) 9 D) 16

17.Sulida poyaning balandligi, kechpisharligi va zang


zamburug’iga chidamsizligi poyaning normalligi,
ertapisharligi, zang zamburug’iga chidamlilik
belgilariga nisbatan retsessivdir. Baland poyali,
kechpishar va zang zamburug’iga chidamsiz suli navi
barcha belgilari bo’yicha gomozigotali bo’yi normal,
ertapishar, zang zamburug’iga chidamli navi
bilan chatishtirilishi natijasida olingan F1
duragaylarini barcha belgilari dominant gomozigotali
bo’lgan ota forma bilan chatishtirish natijasida avlodda 472 ta o’simlik olingan. Ular necha xil genotipga ega bo’lishi mumkin?
A) bir xil B) ikki xil C) to’rt xil D) sakkiz xil
Berilgan genotiplar necha xil gameta hosil qiladi?
a) AABBCCDD; b) aabbccDdmm;
c) aabbCCee; d) aaBb; e) AaBBCcDdmnv
A) a-1; b-1; c-2; d-2; e-16
B) a-1; b-1; c-2, d-2; e-8
C) a-1; b-16;c-4; d-2; e-16
D) a-1; b-2; c-2; d-2; e-8

18. Qanday genotipli organizmlami tahliliy


chatishtiriliganda 1:1:1:1 nisbatda ajralish
namoyon bo’ladi?
A) Aabb x Aabb В) AABb x aabb
C) aaBb x aabb D) AaBb x aabb

19. Pomidor mevasining yumaloq shakli (A),


noksimon shakli (a) ustidan, qizil rangi (B) sariq rangi (b) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada
digeterozigota yumaloq qizil rangli pomidor noksimon
sariq rangli pomidor bilan o’zaro chatishtirildi. F1
duragaylarining fenotipini toping.
A) 9 ta yumaloq qizil rangli, 3 ta yumaloq sariq rangli,
3 ta noksimon qizil rangli, 1 ta noksimon sariq rangli
B) hammasi yumaloq qizil rangli
C) 3 a yumaloq qizil rangli, 1 ta noksimon sariq rangli
D) 25 % yumaloq qizil rangli, 25 % yumaloq
sariq rangli, 25 % noksimon qizil rangli, 25 %
noksimon sariq rangli

20. Agar AaBbCcDd genotipiga ega duragay bilan


aabbccdd forma chatishtirilsa, u holda F1 da necha xil
gcnotipli duragay hosil bo’lishi mumkin?
A) 16 B) 8 C) 64 D) 24

21.Onasi shapko’r (geterozigota), otasi polidaktiliya


bilan kasallangan sog’ qiz otasi shapko’r va
polidaktiliya bilan kasallangan, onasi sog’ yigitga
turmushga chiqdi. Yigit shapko’rlik bilan, uning ukasi
polidaktiliya bilan kasallangan. Shu oiladan
tug’iladigan farzandlarning necha % sog’ bo’lishi
mumkin?
A) 33 B) 25 C) 100 D) 50

22. Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B)


silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi
sariq (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala
belgi bo’yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq
mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta
o’simlikdan 75 % ning mevasi tukli va rangi oq, 25 %
ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan. Olingan
o’simliklardan nechtasi bitta belgi bo’yicha
geterozigotali bo’ladi?
A) 12 ta B) 72 ta C) 24 ta D) 48 ta

23.Odamlarda qoshlarning sertuk bo’lishi, yuqori


qovoqning osilgan bo’lishi, buninning katta bo’lishi
dominant belgi hisoblanadi. Agar qoshi sertuk, qovog’i
normada, burni katta, genotip bo’yicha gomozigota
erkak siyrak qoshli, qovog’i osilgan va burni kichik
gomozigotali ayolgan uylansa, ularning farzandlari
orasida necha foizining qoshi sertuk, qovog’i osilgan va
burni katta bo’ladi?
A) 75 В) 0 С) 25 D) 100

24. Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan


chala dominantlik qiladi, geterozigotali
organizmlarning sochi to’lqinsimon bo’ladi. O’ng qo’lni
ishlatish va normal eshitish chapaqaylik va karlik
ustidan to’liq dominantlik qiladi. Jingalak sochli,
o’naqay, normal eshituvchi (ikkita belgisi bo’yicha
geterozigota) ayol, to’lqinsimon sochli, chapaqay,
normal eshituvchi (geterozigota) erkakka turmushga
chiqqan. Bu nikohdan tug’ilishi mumkin bo’lgan
tug’iladigan to’lqinsimon sochli farzandlar orasida
chapaqay normal va chapaqay kar farzandlaming
tug’ilish ehtimolini aniqlang.
A) 12,5 % va 12,5 % B) 37,5 % va 37,5 %
C) 37,5 % va 12,5 % D) 25 % va 25 %

25. Kataraktaning ikki xil irsiy shakllari bor.


Birinchisi autosoma dominant tipda, ikkinchisi
autosoma retsessiv tipda birikmagan holda irsiylanadi.
Kataraktaning autosoma dominant tipi bilan
kasallangan geterozigotali, retsessiv tipi bo’yicha sog’
va gomozigotali qo’yko’z er-xotin nikohidan sog’lom,
ko’k ko’zli farzand tug’ilgan. Tug’ilgan farzandlaming
necha foizi uchta belgi bo’yicha gomozigotali bo’ladi?
A) 25 B) 43,75 С) 50 D) 31,25

Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling