Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo‘lishi. Reja


Vegetativ va generativ hujayralarning vazifalari


Download 79.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi79.53 Kb.
#1765287
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo.

Vegetativ va generativ hujayralarning vazifalari. Otalik gametofitini 
rivojlanish davrida vegetativ va generativ hujayralarning bajaradigan vazifalarida 
ancha farqlar kuzatiladi. Hozirgi kunda generativ hujayraning asosiy vazifasi 


aniqlangan bo‘lib, ammo spermiylarni hosil qilish, vegetativ yadroning otalik 
gametofitini rivojlanishidagi vazifasi chang nayi ichida o‘sishini ta’minlashdan 
iboratligi hanuzgacha to‘liq isbotlanmagan. 
Ko‘pchilik tadqiqotchilar, guldagi chang nayini o‘sishida vegetativ 
yadroning ahamiyati katta ekanligini qayd etadi. Boshqa tadqiqotchilar aksincha, 
bu jarayonda vegetativ yadroning ahamiyati yo‘qligi va u atavik belgi ekanligini 
e’tirof etadi.
Vegetativ yadro bo‘linayotgan generativ yadroni yaqinida joylashganligidan 
spermatogenezda sekretor-trofik vazifani bajaradi. Vegetativ yadro chang nayi 
o‘sishi davomida funksional faol shuningdek, RNK va oqsillarning sintezida 
ishtirok etadi. 
Vegetativ va generativ yadrolarning hosil bo‘lganidan keyingi morfologik va 
funksional jihatdan farqlari bo‘yicha mutaxassislar orasida turlicha nuqtai nazarlar 
mavjud. Bunda asosiy fikr asimmetrik bo‘linish urchug‘ini joylanishi va ma’lum 
darajada egilgan fragmoplastni hosil bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, bu jarayon 
natijasida generativ va vegetativ hujayralar sitoplazmasi turlicha miqdorida 
bo‘ladi. 
Ayrim mutaxassislar vegetativ va generativ hujayralardagi tabaqalashuv 
sitoplazmaning miqdori va ayniqsa, uning sifatida, xususan, undagi RNK 
miqdoriga bog‘liq deyishsa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu hujayralarning 
tabaqalashuvi generativ yadrodagi DNK miqdorining ortishi bilan bog‘liq, degan 
fikrlarga kelishgan. Va nihoyat, shunday nuqtai nazar ham borki, tabaqalashuvga 
olib keladigan omil hujayralar orasidagi moddalarning almashinuvi yoki har bir 
hujayraning yadrosi bilan sitoplazmasi orasidagi moddalarning almashinuvi shu 
holatga olib kelgan deb hisoblashadi. Generativ hujayraning vegetativ hujayraga 
nisbatan rivojlanishi farq qilib, vegetativ hujayra tapetum hujayralarining hisobiga 
oziqlansa, 
generativ 
hujayra 
esa 
vegetativ 
hujayraning 
sitoplazmasida 
bo‘lganligidan, uning hisobiga oziqlanadi. 


Yuqorida bayon qilingan nuqtai-nazarlarda yakdillik yo‘q, shu boisdan 
hozirgacha ham vegetativ va generativ hujayralarning hosil bo‘lishi va 
ixtisoslashishi bo‘yicha muhum fikr yaratilmagan.
Spermiylar generativ hujayraning chang donasida yoki chang nayida 
bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Generativ hujayra chang donasi ichida mitoz 
bo‘linsa me’yordagi axromatin bo‘linish urchug‘i va metafazaning ekvatorial 
plastinkasi yuzaga keladi. 
Generativ hujayra chang nayida bo‘linishining o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud. Generativ hujayraning bo‘linish xarakteri chang nayining diametriga va 
xromosomalarning uzun-qisqaligiga bog‘liq. Agar chang nayini ichki yuzasi keng 
va xromosomalar qisqa bo‘lsa, generativ hujayraning bo‘linishida axromatin 
urchuq va metafaza plastinkasi yuzaga keladi. Aksincha, axromatin urchuq va 
metafaza plastinkasi hosil bo‘lishi kuzatilmaydi, shuningdek xromosomalar 
tartibsiz joylashadi. 
Hosil bo‘lgan spermiylardagi yadrolar dastlab oval shakliga ega bo‘lib, 
xromatin zich spirallashgan bo‘ladi, keyinchalik yadro cho‘zila boshlaydi, 
xromatin biroz siyraklashib, yadrocha hosil bo‘ladi. Keyinchalik spermiylarning 
rivojlanishida ularning shakli o‘zgarishi mumkin. Masalan, boshoqdoshlarga 
mansub o‘simliklarda spermiyning bir tomoni ingichkalashib nisbatan o‘tkirlashsa, 
ikkinchi uchi xolicha to‘mtoq qolishi aniqlangan . To‘mtoq tomonga yadrocha 
surilib o‘tadi, u keyinchalik yadrodan sitoplazmaga o‘tadi. Spermiylar yadrosidagi 
xromatin bu davrga kelib o‘ta spirallashadi. Xromatindagi DNK oqsillar bilan 
mustahkam bog‘langan holga o‘tadi. RNK bilan bog‘langan nukleoproteidlar ham 
bo‘ladi.
Spermiylar rivojlanishining boshlang‘ich davrida yadrolarda yadrochalarni 
bo‘lishi, spermiylar mitotik siklini tugallanishi va uni interfaza holatiga 
o‘tayotganini anglatadi. Yadrochani spermiydan chiqishi, yadro xromatinlarning 
spirallashishi, spermiylar yadrolarining bajaradigan vazifasiga ko‘ra, interfaza 
holatida ekanligini anglash mumkin. 


Gulli o‘simliklarning turli sistematik guruhlariga mansub o‘simliklarning 
turlarida spermiylar shakli va katta kichikligiga ko‘ra farq qiladi.

Download 79.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling