Chaqiruvga qadar
Download 5.42 Kb. Pdf ko'rish
|
kelganda bemalol otib ketish mumkin bolmasa, undan boysu-
nuvchi (kichik) unga yol berishi va salom berganicha otkazib yuborishi, boshliq (katta)ning yonidan otib ketish zarur bolib qolganda boysunuvchi (kichik) bunga undan ijozat sorashi lozim. 267 266 komandir (boshliq)larning oz qol ostidagilarga talab- chanligi va ularning ijrochiligini nazorat qilish, harbiy xizmat- chilarning shanini hurmat qilish va bu haqida doimiy qaygurish, ishontirish, jamoatchilik tasiri kabi omillarni togri uygunlash- tirish va ornida qollash; harbiy qism (bolinma)larda zarur moddiy-maishiy sharoitlarni yaratish; harbiy intizomni mustahkamlashda xizmatga masuliyat hissini oshirish, tarbiya sifatini yuqori darajaga kotarishda harbiy xizmatchilarni ragbatlantirish alohida ahamiyatga ega. Har bir insonning ozi qilgan mehnati samarasini korishi uni yangi-yangi yutuqlar sari yetaklaydi. Shularni inobatga olgan holda Intizom Nizomida harbiy xizmatchilarni ragbatlantirish masalasiga alohida etibor berilgan. VAQTNING TAQSIMLANISHI VA KUNDALIK TARTIB Harbiy qismda vaqtning taqsimlanishi uning doimiy jangovar shayligi taminlanadigan va shaxsiy tarkib jangovar oquvini uyushgan holda otkazish sharoitlari yaratiladigan, tartib, harbiy xizmatchilarning harbiy intizomi va tarbiyasi saqlanadigan, ularning madaniyati darajasi oshiriladigan, har tomonlama mai- shiy xizmat korsatiladigan, oz vaqtida hordiq va ovqat beriladigan darajada amalga oshiriladi. Harbiy qism yoxud qoshilma komandiri kun tartibini Qurolli Kuchlar xili va qoshinlar turi, harbiy qism oldida turgan vazifa- lar, yil fasli, mahalliy va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda belgilaydi. Kun tartibida tongi jismoniy mashq, ertalabki va kechki yuvi- nish, ertalabki korik, oquv mashgulotlari va ularga tayyorlanish, maxsus (ishchi) kiyimini almashtirish, ovqat yeyishdan oldin poyabzal tozalash va qol yuvish, ovqat yeyish, qurol-aslaha va harbiy texnikaga qarov va xizmat korsatish, tarbiyaviy va ommaviy sport mashgulotlari, shaxsiy tarkibga axborot berish, radio ting- lash va teledasturlarni tomosha qilish, xastalarni tibbiyot punktida qabul qilish, harbiy xizmatchilarning shaxsiy ehtiyojlari (kamida 1 soat), kechki sayr, yoqlama va 8 soatlik uyqu uchun vaqt kozda tutilgan bolishi lozim. Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchidan: harbiy qasamyodga sodiq bolishni, Ozbekiston Respub- likasi Qonunlari va Konstitutsiyasiga qatiy boysunishni; oz harbiy burchini mohirlik va jasorat bilan bajarishni, harbiy ishni sidqidildan organishni, harbiy va davlat mulkini asrashni; harbiy xizmat qiyinchiliklarini mardonavor yengishni, harbiy burchni bajarish uchun oz jonini ham ayamaslikni; sergak bolishni, harbiy va davlat sirlarini qatiy saqlashni; harbiy xizmatchilar ortasidagi harbiy nizomlarda korsatib berilgan ozaro munosabatlarni qollab-quvvatlashni, jangovar birodarlikni mustahkamlashni; komandir (boshliq)larga va bir-biriga hurmat korsatish, harbiycha salom-alik va xushfellik qoidalariga rioya qilishni; jamoat joylarida ozini munosib tutishni, nomunosib xatti- harakatlardan ozini va boshqalarni tiyib qolishni va fuqarolarning or-nomusini himoya qilishni talab etadi. Harbiy intizomni vujudga keltirish, uni yuqori darajaga kotarish har bir harbiy xizmat- chidan avvalo ozida insoniylik, togri sozlik, halollik, shaxsiy masuliyat, Harbiy Qasamyodga sadoqat, harbiy burchga sharaf, deb qarash kabi xislatlarni vujudga keltirishni talab qiladi. Yuqorida sanab otilgan xislatlarni shakllantirishda, avvalo, har bir harbiy xizmatchi mazkur xislatlarni ozida qaror toptira olishga intilishi kerak. Armiyada mustahkam intizom bolmasa, uning tanazzulga uchrashi muqarrar. Intizom galabaning asosi sanaladi. Buyuk sarkarda ajdodlarimiz Òomaris, Spitamen, Jaloliddin Mangu- berdi, Amir Òemur, Zahiriddin Muhammad Bobur, general Sobir Rahimov oz qoshinlaridagi yuksak intizom tufayli doimo galabaga erishganlar. Yuksak harbiy intizomga ushbu jihatlar orqali erishiladi: harbiy xizmatchilarda yuksak axloqiy-ruhiy va jangovar fazilatlarni tarbiyalash, komandir (boshliq)larga sozsiz boysunish; har bir harbiy xizmatchining oz majburiyatlari va harbiy nizomlar talablarini bajarishga shaxsiy masuliyati; harbiy qism (bolinma)da ichki tartibga boysunish, barcha harbiy xizmatchilar tomonidan kun tarkibiga qatiy rioya qilish; jangovar tayyorgarlikni puxta tashkil etish va u barcha shaxsiy tarkibni qamrab olishi; 269 268 serjantlar va starshinalar oxirgi xizmati davrida alo korsatkichlarga erishganliklari uchun zaxiraga boshatishlari oldidan qollaniladi. Qisqa muddatli tatil ragbatlantirish tartibiga asosan, muddatli xizmat davomida askarlar, matroslar, shuningdek, serjantlar va starshinalarga bir yilda bir marta, matros va starshinalarga bir yarim yillik muddatli xizmatlari davomida ikki marta beriladi. Ragbat- lantirishlar Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarida protokol asosida xizmat otayotgan askarlar, matroslar, serjant va starshinalarga ham qollaniladi. HARBIY XIZMATCHILARGA QOLLANILADIGAN INTIZOMIY TAZIRLAR Askarlar va matroslarga qollaniladigan intizomiy tazir ham, shuningdek, ragbatlantirish singari harbiy xizmatchilarni tarbiya- lash, harbiy intizomni mustahkamlashdagi asosiy turlaridan ragbatlantirish bilan birga intizomiy tazirlar ham qollaniladi. Intizomiy tazirni qollashdan asosiy maqsad boshqa harbiy xizmatchilar tomonidan bunday kamchilik nuqsonlarga yol qoymaslik. Harbiy intizomni buzgan va mamuriy qonunbuzarlik uchun harbiy xizmatchi shaxsan javobgardir. Askar, matros, serjant va starshinalarga beriladigan intizomiy tazirlar; hayfsan; qattiq hayfsan; askar va matrosni navbatdagi javob berishdan yoki kemadan sohilga chiqarishdan mahrum qilish; muddatli xizmatdagi askar va matroslarni besh naryadgacha navbatdan tashqari naryadga tayinlash; 10 sutkagacha gauptvaxtaga band qilish, harbiy xizmatni otayotgan serjant va starshinalarga ulardan tashqari lavozimidan pasaytirish; harbiy unvonidan bir pogona pasaytirish; harbiy unvonidan bir pogona pasaytirib, past lavozimga otkazish; quyi lavozimga otkazib serjant (starshina) unvonidan mahrum qilishlar qollaniladi. Harbiy xizmatni protokol asosida otayotgan askar matros, serjant va starshinalarga ulardan tashqari, zaxiraga muddatidan oldin boshatish, mudda- tidan oldin zaxiraga boshatib, serjant (starshina) unvonidan mahrum qilish belgilangan. Intizomiy tazir chorasi va aybi aniqlanganda quyidagilar etiborga olinadi: xatti-harakatlarining tavsifi, u sodir etilgan Ovqat tanovullari ortasidagi oraliq 7 soatdan oshmasligi kerak. Òushlikdan song yarim soat (30 minut) mobaynida mashgulotlar yoxud ishlar otkazilmasligi lozim. Brigada har hafta qurol-aslaha, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalarga xizmat korsatish, parklar va oquv-moddiy inshootlarni jihozlash va obodonlashtirish, harbiy shaharchani tartibga keltirish va boshqa ishlarni bajarish maqsadida park xojalik kuni otkaziladi. Ayni shu kuni odatda barcha xonalarni yalpi yigishtirish, shuningdek, shaxsiy tarkibni hammomda chomil- tirish otkaziladi. ASKAR VA MATROSLARGA QOLLANILADIGAN RAGBATLANTIRISHLAR Ragbatlantirish harbiy xizmatchilarni tarbiyalashning va harbiy intizomni mustahkamlashning muhim vositasidir. Har bir komandir (boshliq) Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari- ning Intizom Nizomida berilgan huquqlar doirasida oz qoli osti- dagi harbiy xizmatchilarni korsatgan jasorati, foydali tashabbusi, tirishqoqligi va alo xizmati uchun ragbatlantirishi lozim. Askarlar, matroslar, serjantlar va starshinalarga qollaniladigan ragbatlantirish korinishlari quyidagilardir: oldindan berilgan intizomiy tasir choralarini bekor qilish; minnatdorchilik elon qilinishi; harbiy xizmatchining yurtiga yoki xizmatgacha bolgan oquv joyi (ish joyi)ga u harbiy burchini namunali bajarayotganligi va ragbatlantirish olganligi togrisida xabar berish; Faxriy yorliq; qimmatbaho sovga yoki pul bilan mukofotlash; harbiy xizmat- chining harbiy qism Jangovar Bayrogi yonida suratga olish bilan taqdirlash; serjantlar (starshinalar)ga ular shtat boyicha egallab turgan lavozimida harbiy unvonida bir pogona yuqori harbiy un- von berish, alochilik kokrak nishoni bilan taqdirlash; askar, mat- ros, serjant, starshinalarga yolga ketgan vaqtdan tashqari 10 sutka- gacha tatil berish. Alochi kokrak nishoni bilan faqat askarlar, matroslar, ser- jantlar va starshinalar hamma oquv yili davomidagi alo kor- satkichlarga erishganlar taqdirlanadi. Harbiy qism (kema)ning hurmat kitobiga yozish esa, askarlar, matroslar, shuningdek, 271 270 holat, uning aybdorlari, aybdorning oldingi xulqi, shuningdek, tartibini bilish darajasi. Intizomiy tazirning qattiqligi, agar voqea jangovar navbatchilik (jangovar xizmat) va boshqa xizmat vazifalarini bajarishda, mast holatda yoki tartibini jiddiy buzishga olib kelsa kuchayadi. Intizomiy tazirlar qoidaga kora, zudlik bilan ijro etiladi va favqulodda holatlarda bir oy ichida ijro etiladi. Bir oylik muddat tugagach, tazir ijro etilmaydi, lekin u haqdagi qayd xizmat varaqasida saqlanadi. Ragbatlantirish va intizomiy tazir choralarini togridan togri boshliqlar, ayrim hollarda garnizon boshliqlari, dengiz kattalari va garnizon harbiy komendantlari tomonidan belgilanishi mumkin. HARBIY XIZMATCHILARNING MODDIY JAVOBGARLIGI Oziga ishonib topshirilgan qurollarni va harbiy texnikalarni saqlash tartibini buzgan, belgilangan vazifa hamda majburiyatlarni bajarmagan harbiy xizmatchilar intizomiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Intizomiy javobgarlik askarga jamoat tartibini va harbiy intizomni buzgan holatlarda qollaniladi. Jinoiy javobgarlikka askar Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari holatlari ancha-muncha xavf etsa, bu qonunbuzarliklar quyidagilar: • boysunmaslik, boshliqqa qarshilik korsatib yoki uning xizmat vazifalarini bajarish vaqtida buzilishga olib kelish; boshliqqa nisbatan kuch ishlatib qorqitish; harbiy xizmatchini haqorat qilish; harbiy xizmatdan bosh tortish; harbiy sirlarni oshkor qilish; topshirilgan qurol va harbiy texnikalarni buzish va yoqotish; mashinalarni haydash qoidasini buzish; jangovar navbatchilik, qorovul va ichki xizmat tartibini buzish holatlaridir. Harbiy xizmatchining xatti-harakatida jinoyat tarkibi borligi aniqlansa, komandir (boshliq) harbiy prokurorni xabardor qiladi, zarurat taqozosidan jinoiy ish qozgab, tergov boshlaydi. Xizmat majburiyatlarini bajarish paytida notogri harakat natijasida keltirilgan zarar uchun moddiy javobgarlikka tortiladi va intizomiy tartibda jazolanish moddiy javobgarlikdan saqlab qolmaydi. Muddatli harbiy xizmatchilar shaxsiy foydalanishida bolgan kiyim-kechaklarni sovurib yuborsa, hisobsiz badalidan tashqari bahosini toliq tolaydilar. HARBIY JINOYATLARNING TURLARI VA ULAR UCHUN JAVOBGARLIK Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni otayotgan askar-matroslar, serjant-starshinalar va ofitserlar sodir etgan nojoya harakatlari qilmishlari uchun Ozbe- kiston Respublikasi Jinoyat kodeksida korsatilgan asosda jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Boysunmaslik, yani buyruqni baja- rishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik 279-moddaga asosan, 2 yilga- cha xizmat boyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. Osha qilmish bir guruh shaxslar tomo- nidan sodir etilgan bolsa, ogir oqibatlarga sabab bolsa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bolsa 5 yildan 15 yilga- cha ozodlikdan mahrum etilish bilan jazolanadi. Buyruqni ehtiyotsizlik tufayli bajarmaslik kop miqdorda zarar yetkazilishi yoki ogir oqibatlarga sabab bolsa 280-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. Osha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bolsa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Boshliqqa, shuningdek, harbiy xizmat yuzasidan oziga yukla- tilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik korsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish 281-mod- daga asosan, 2 yilgacha xizmat boyicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan, qurol ishlatib sodir etilgan bolsa, ogir oqibatlarga sabab bolsa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bolsa 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Jangovar vaziyatda boshliqni oldirish yoki zorlik ishlatish bilan qorqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud bolsa 282-moddaga asosan, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 273 272 (shartnoma) boyicha otayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini ozboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan on kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan kop bolmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi 2 yilgacha xizmat boyicha cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Harbiy qism yoki xizmat joyini ozboshimchalik bilan tashlab ketish, shuning- dek, xizmatga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu muddatning ikkinchi qis- mida korsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bolsa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bolsa, muddatidan qatiy nazar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mah- rum qilish bilan jazolanadi. Dezirtirlik, yani harbiy xizmatdan butunlay boyin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini ozboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kel- maslik 288-moddaga asosan, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha qilmish ofitserlar tarkibidan bolgan shaxs, praporshik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shart- noma) boyicha otayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bolsa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Halok bolayotgan harbiy kemani oz xizmat vazifalarini oxi- rigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, koman- dirning tegishli farmoyishi bolmasdan kema jamoasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi 289-moddaga asosan, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bolsa 10 yildan 15 yil- gacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ozining biron azosini mayib qilish, yani harbiy xizmat- chining oz badaniga biron shikast yetkazish yoli bilan, shu- ningdek, ozini yolgondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbaki- lashtirish yoki boshqacha aldash yoli bilan harbiy xizmat vazifa- larini bajarishdan boyin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortish 290-moddaga asosan, 6 oygacha qamoq yoki 1 yil- gacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bolsa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Boshliqni dopposlash, uning badaniga yengil yoki ortacha, ogir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan oz vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan bolsa 283-moddaga asosan, uch yilgacha xizmat boyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Badanga ogir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan, qurol ishlatib sodir etilgan bolsa 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bolsa 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Boysunuvchining oz boshligini, shuningdek, boshliqning oziga boysunuvchini haqorat qilishi shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qollanilganidan keyin sodir etilgan bolsa 284-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat boyicha cheklash yoki 3 oygacha qamoq bilan jazolanadi. Bir-biriga tobe bolmagan harbiy xizmatchilar ortasidagi ozaro munosabatlarga oid Nizom qoidalarini buzish, yani muntazam xorlash, azob berish, sogliqning buzilishiga sabab bolgan badanga yengil shikast yetkazish yoki ortacha ogir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish 285-moddaga asosan, 6 oyga qamoq yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Marodyorlik, yani halok bolganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda egallash 286-moddaga asosan, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Muddatli harbiy xizmatchining harbiy qism yoki xizmat joyini ozboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga otkazilganda, xizmat safaridan, tatildan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin on kecha-kunduzdan kop bolmagan muddat davo- mida xizmat joyida hozir bolmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qollanilmaganidan keyin sodir etilgan bolsa 287-moddaga asosan, 6 oygacha qamoq yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. Muddatli xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan bol- gan shaxs, praporshik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt 275 274 5-bob. KUNDALIK NARYAD, VZVOD BOYICHA POSBONNING VAZIFALARI Kundalik naryad harbiy qismning ichki tartib-intizomini saqlash, shaxsiy tarkibni qurol-aslahasi, harbiy texnikasi, oq- dorilari, inshootlari va mulkini qoriqlash bolinmalarida ishlarning ahvolini nazorat qilish hamda huquqbuzarliklardan ogohlantirish boyicha chora-tadbirlarni oz vaqtida qabul qilishi, shuningdek, ichki xizmat boyicha boshqa majburiyatlarni bajarish uchun belgilanadi. Vzvodning kundalik naryadiga navbatchi va posbonlar tayinlanadilar. Posbonlarining almashinishi va ularning soni brigada komandiri tomonidan korib chiqiladi. Kundalik naryadning shaxsiy tarkibi kun tartibida korsatilgan soatda xizmat ornini egallaydigan, 3 soat oldin qorovul ornini egallaganda esa, kamida 4 soat oldin xizmatni otashga tayyorgarlik korishi, shu jumladan, amaliy mashgulotlar otkazish kamida 1 soatdan dam olish (uxlash) uchun berilishi shart. Navbatchi va posbonlar nayza-pichoq bilan qurollanadi. Navbatchi serjant- lardan, istisno tarzida hammadan kora, yaxshi tayyorlangan askarlar orasidan tayinlanadi. U vzvodda kun tartibining aniq bajarilishi va ichki tartib rioya qilinishi, qurollar, oq-dorili qutilar, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlari saqlanishi va posbonlar xizmatni togri otashi uchun javob beradi. Nav- batchi brigada boyicha navbatchiga, uning yordamchisiga, vzvod- dagi ichki xizmat yosinida esa, vzvod komandiriga, vzvod starshinasiga boysunadi. Navbatchida metalldan tayyorlangan kokrak nishoni yoki chap qolida nimqattiq matodan yengbogich bolib, unda «Vzvod boyicha navbatchi» yozuvi bolishi kerak. VZVOD BOYICHA POSBONNING MAJBURIYATLARI Vzvod boyicha posbon askarlardan tayinlanadi. Uning muho- fazasida bolgan qurollar, toplangan javonlar (qutilar), oq-dori qutilari, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlarini saqlanishi uchun javob beradi. Vzvod boyicha navbatchiga boysunadi. Navbatchilikdagi vzvod posboni quyidagilarni bajarishga majbur: vzvod boyicha navbatchining ruxsatisiz vzvod xonasidan hech qayoqqa jilmaslikka, qurol saqlash xonasini doimiy kuzatib Qorovul (soqchilik) xizmati Nizom qoidalarini qorovul tarki- biga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bolsa 291-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat boyicha cheklash yoxud 3 oygacha qamoq yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. Osha qilmish badanga ogir shikast yetkazishga, odam olimiga, boshqa ogir oqibatlarga sabab bolsa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bolsa 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ichki xizmat Nizomi qoidalarini, shuningdek, garnizonda pat- rullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bolsa 292-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat boyicha cheklash yoki 6 oygacha qamoq yoxud 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Jangovar navbatchilikni otash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qoriqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab bolsa 293-mod- daga asosan, 2 yilgacha xizmat boyicha cheklash yoki 6 oygacha qamoq yoxud 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha qilmish Ozbekiston Respublikasiga tosatdan qilingan hujumni oz vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, ogir oqibatlarga sabab bolsa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. NAZORAT SAVOLLARI 1. Harbiy xizmatchining umumiy majburiyatlari nimalardan iborat? 2. Harbiy unvonlar va farqli belgilar haqida nima bilasiz? 3. Buyruq berish va uni bajarish tartibini bayon eting. 4. Harbiy intizomning qonun-qoidalarini bilasizmi? 5. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida harbiy tartibni buz- ganlik uchun qanday javobgarlik choralari korilishi kozda tutilgan? ? Download 5.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling