Chaqiruvga qadar


Download 5.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/24
Sana20.07.2017
Hajmi5.42 Kb.
#11689
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
olishi bilan ham o‘lchanadi.
Jangovar tayyorgarlik armiya hayotining barcha jabhalarini
qamrab olgan. Ular bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Jangovar
shaylikni ta’minlashga jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikni
barcha yo‘nalishlari, xizmatni tashkil etish, ichki va garnizon
qorovul xizmati, jangovar navbatchilikka yo‘naltirilgan. Jangovar
tayyorgarlikning asosiy elementlaridan biri sergaklikdir. Sergaklik
doim dushman tajovuzini qaytarishda bosh rolni o‘ynagan. Mana
shundan kelib chiqqan holda har bir yosh askar Qurolli Kuchlar
safiga kirayotganida, avvalo, sergak jangchi bo‘lishga, tantanali
ravishda qasamyod qiladi.
Mintaqamizda harbiy siyosiy vaziyatning murakkablashuvi
harbiy xizmatchilar tayyorgarligida komandirlar oldiga alohida

249
248
— samolyot va vertolyotlarning uchuvchi-muhandislari;
— uchish apparatlari va dvigatellaridan foydalanish;
— uchish apparatining aviatsion va radioelektron jihozlaridan
foydalanish;
— uchish apparatlarining aviatsion qurollaridan foydala-
nish.
1997-yilda ilk ofitser-uchuvchilar bilim yurtini bitirib chi-
qishdi.
Bilim yurti manzili: 708014, Jizzax shahri, H. Nosirov ko‘-
chasi.
Òoshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi
Mudofaa vazirligining maxsus fakulteti
Òoshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi
Mudofaa vazirligining maxsus fakulteti 1993-yil 13-mayda Vazirlar
Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan.
O‘qish muddati 4 yil-u 10 oy. Dastlabki ikki yilda fakultetga
qabul qilinganlar student hisoblanadilar, stiðendiya va yotoqxona
bilan ta’minlanadilar. Uchinchi kursdan boshlab qasamyod qabul
qilishgach, ularga maxsus fakultet tinglovchisi maqomi berilib,
kursantlarga berilishi lozim bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’min-
lanadi. Maxsus aloqa fakulteti bitiruvchilari uch yillik harbiy stajga
ega bo‘lishadi.
Bitiruvchilarga leytenant unvoni, ko‘krak nishoni va quyidagi
mutaxassisliklar bo‘yicha muhandis malakasi beriladi:
— radio va koinot aloqasi muhandisi;
— simli radiorele va tranosfera aloqasi muhandisi;
— elektr simli aloqa vositalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimi muhandislari;
— radio va radiotexnika razvedkachilari va radioelektron kurash
muhandislari;
— zenit-raketa qo‘shinlari bo‘linmalari ofitserlari;
— radiotexnik qo‘shinlari bo‘linmalari ofitserlari;
— axborot xavfsizligi xizmati ofitserlari.
Maxsus aloqa fakulteti manzili: 700084, Òoshkent shahri,
Amir Òemur ko‘chasi.
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
1918-yil 16-noyabrda tashkil topgan.
Zamonaviy o‘quv-moddiy baza, texnika va qurol-aslaha,
poligonlar, tankodromlarga ega.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha harbiy mutaxassislar tayyor-
laydi:
— tank qo‘shinlari komandiri;
— tank qo‘shinlari muhandislik ishlari ofitser-mutaxassislari;
— havo-desant qo‘shinlari komandirlari;
— havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari komandirlari;
— havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari muhandislik ishlari
mutaxassis-ofitserlari.
Bilim yurti  manzili: 702100, Chirchiq shahri.
Samarqand oliy harbiy avtomobil
qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik
bilim yurti 1969-yil 23-sentabrda dastlab tank bilim yurti, 1972-yil
may oyidan boshlab turli yo‘nalishlardagi harbiy mutaxassislarni
tayyorlaydi:
— avtomobil bo‘linmalari komandirlari;
— sapyor-muhandislik bo‘linmalari komandirlari;
— kimyoviy bo‘linmalar komandirlari;
— artilleriya bo‘linmalari komandirlari;
— front orti ta’minoti bo‘yicha ofitser-mutaxassislar;
— raketa-artilleriya qurollari bo‘yicha ofitser-mutaxassislar.
Bilim yurti manzili: 703056, Samarqand shahri, Spitamen
ko‘chasi.
Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti
Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-martidagi qaroriga binoan
tashkil topgan. O‘rta Osiyo mamlakatlarida ushbu yo‘nalishdagi
yagona bilim yurti. Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar
tayyorlaydi:

251
250
Muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar va xizmatni
o‘tab bo‘lishgan harbiy qismlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan
abituriyentlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolariga
qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan, ular to‘p-
lagan ballar soniga o‘tish bali eng ko‘p miqdorining 20 % ni
qo‘shish tarzida imtiyoz beriladi.
Harbiy kasbga yo‘naltiruvchi litseylar bitiruvchilariga ham ular
to‘plagan ballar soniga o‘tish bali eng ko‘p miqdorining 10 %
ni qo‘shish tarzida imtiyoz beriladi. Bilim yurtiga qabul qilinganlar
to‘liq davlat ta’minotiga ega harbiy xizmatda bo‘ladilar. O‘quv
sessiyalarining natijalariga ko‘ra, a’lochilarga oylik pullik to‘lovning
50 %, yaxshi baholarga o‘zlashtirganlarga esa, pullik to‘lovning
25 % miqdorida qo‘shimcha pul beriladi.
O‘qish davri mobaynida kursantlarga qishda ikki haftalik ta’til,
o‘quv yili tugagach esa, bir oylik ta’til va uni o‘tkazish joyigacha
bepul yo‘l hujjati beriladi. Bilim yurtidagi o‘qish muddati to‘rt
yil va u yillar Qurolli Kuchlar safida kadr tarkibidagi xizmat yillari
stajiga kiritiladi. Bilim yurtini tamomlaganlarga «leytenant» harbiy
unvoni beriladi va sohasiga muvofiq, davlat namunasidagi diplom
va ko‘krak nishoni topshiriladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING
JANGOVAR AN’ANALARI
Jangovar an’analar
 — bu armiya va harbiy flotda tarixdan yosh
avlodga o‘tuvchi jang qilish va harbiy xizmatni bajarish axloq-odob
qoidasi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xalqimizning
milliy tarzi, an’analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlari
qayta tiklanayotgan bir paytda, Qurolli Kuchlarimiz jangovarlik
an’analariga ega bir olamga — mardlik va sheryuraklikka undaydi.
Onadek, nondek aziz Vatan tushunchasiga oshno etadi, uning
posboni bo‘lish naqadar sharafli ekanligini uqtiradi. Jangovar
an’analar O‘zbekiston Respublikasi Vatan, Istiqlol, Hurriyat,
Davlat bayrog‘i, Madhiyasi, Respublika Prezidenti Oliy Bosh
Qo‘mondoni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Harbiy
qasamyod kabi mustaqillik tufayli vujudga kelgan muqaddas
atamalar qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi.
Jangovar an’analar — er kishini o‘z Vatanining sarhadlarini
munosib himoya qilishni, ota-ona oromini, uy-joyini ko‘z qora-
OLIY HARBIY O‘QUV YURÒLARIGA KURSANÒLARNI
QABUL QILISH ÒARÒIBI VA QOIDALARI
Oliy harbiy o‘quv yurtiga  tugallangan o‘rta ma’lumotli, qabul
shartlari hamda kasbga layoqatlilik tanlovining barcha talablariga
javob beradigan yuksak axloqli va ishchan sifatlarga ega O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari qabul qilinadi.
Kasbiy mutaxassisligi va xizmat muddatidan qat’iy nazar,
xizmatdagi harbiy xizmatchilar va zaxiraga bo‘shatilgan harbiy
xizmatga majbur shaxslar 23 yoshgacha, fuqaro yoshlar, harbiy
kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv maskanlarining bitiruvchilari o‘qishga
kirayotgan yili 1-sentabrgacha 17 yoshga to‘ladigan, boshqa o‘quv
maskanlarining o‘quvchilari 21 yoshgacha harbiy bilim yurtiga
qabul qilinadi.
Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar o‘qishga kirish yilining
1-apreligacha qoida bo‘yicha komandiri nomiga yozma raport
topshiradilar. Fuqaro yoshlar esa, o‘qishga kirish yilining 1-mayi-
gacha yashash joyidagi tuman yoki shahar mudofaa ishlari bo‘lim-
lariga ariza beradilar. Mudofaa vazirligi oliy o‘quv harbiy yurtlariga
o‘qishga kirish yilning 10-iyunigacha hujjatlar qabul qilinadi.
Kasbga layoqatlilik tanlovi uchun nomzodlarning kelish vaqti
va joyini bilim yurti boshlig‘i mudofaa ishlari boshqarmalari hamda
qism komandirlari orqali xabar qiladi. Ular esa, o‘z navbatida
nomzodlarni bepul yo‘lkira hujjatlari bilan ta’minlaydilar. Bilim
yurtiga kelgan abituriyentlar bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan
ta’minlanadilar.
Kirish imtihonlari boshlangunga qadar nomzodlar bilim
yurtida tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Sog‘lig‘ida kamchiligi borligi
tufayli tibbiy ko‘rikdan o‘tolmagan abituriyentlar imtihonlarga
qo‘yilmaydi. Barcha abituriyentlar umumjismoniy tayyorgarliklar
bo‘yicha kuchlilik, chidamlilik va chaqqonlik (turnikda tortilish,
3 km.ga kross va 100 m.ga yugurish) hamda kasbiy-ruhiy maxsus
tanlov usuli bo‘yicha malaka imtihonlari topshiradilar. Bo‘lg‘usi
harbiy kasb talablariga javob bermaydigan abituriyentlar umum-
ta’lim fanlari bo‘yicha imtihonlarga qo‘yilmaydilar va nomzodlar
ro‘yxatidan o‘chiriladi.
Barcha oliy o‘quv maskanlari abituriyentlari kabi kursantlikka
nomzodlar ham test tarzidagi matematika, fizika, ona tili va
adabiyot fanlaridan kirish imtihonlari topshiradilar. Òest sinovlari
uch tilda — o‘zbek, rus va qoraqalpoq  tilida o‘tkaziladi.

253
252
HARBIY QASAMYOD VA UNING QO‘SHINLAR
HAYOTI, O‘QISHI HAMDA JANGOVAR
FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI. HARBIY
QASAMYOD VA UNI QABUL QILISH TARTIBI
HARBIY QASAMYOD
Men (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman,
xalqimga, Prezidentimga sodiq bo‘lishga tantanali ravishda
qasamyod qilaman.
Men O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va
Qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy
nizomlarni, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz
bajarishga, harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga, halol, jasur
va sergak jangchi bo‘lishga qasamyod qilaman.
So‘nggi nafasim qolguncha ona-Vatanimning sadoqatli farzandi
bo‘lib qolishga, harbiy xizmatning butun  mashaqqat va
qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni
mustahkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Jonajon O‘zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning
davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo‘lishga
qasamyod qilaman.
Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam, qonunlarda
belgilangan jazoga va xalqning nafratiga mubtalo bo‘lay.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi marta harbiy xizmatga
qabul qilingan yoxud harbiy xizmatni o‘tamagan va birinchi marta
harbiy yig‘inlarga chaqirilgan fuqarosi harbiy qismning jangovar
bayrog‘i oldida harbiy qasamyod qabul qiladi.
Harbiy qasamyodni:
— madadga kelgan, safarbarlik chaqiruv rezerviga kelgan
askarlar va matroslar ular tegishli dasturlarni o‘taganlaridan, as-
kar va matroslarning asosiy majburiyatlarini, harbiy qasamyodning
harbiy qism jangovar bayrog‘ining va harbiy intizomning aha-
miyatini o‘zlashtirgandan so‘ng harbiy qismga yetib kelgan kundan
boshlab ikki oydan kechiktirmasdan;
chig‘idek asrash, posboni, egasi bor yurt eli tinch bo‘lishiga,
bepoyon dalalarda rizq-u ro‘z undirilishiga, tandirlari to‘la non
yopiladigan, yigit-qizlari alyor aytadigan, momolari beshik
tebratib bola allalaydigan, dono bobolari yoshlarni yurtning yetuk
farzandlari etib tarbiyalaydigan, ulkan davlatni jon jahdi bilan
qo‘riqlashga va himoya qilishga da’vat etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining an’analari
Milliy istiqlol g‘oyasi jamiyatimiz taraqqiyotining mafkuraviy
tamoyillarini ifoda etdi. Shu ma’noda, bu g‘oya mamlakatimiz
mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan,
erkin hamda farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit
va izchil ta’limotdir. U aynan nazariya ijtimoiy voqelikning ifodasi
tarzida namoyon bo‘lib, o‘ziga xos shakllanishi qonuniyatlari va
xususiyatlariga ega bo‘lgan umummilliy hodisa hisoblanadi. Milliy
istiqlol g‘oyasi yurtimizda yashaydigan har bir millat, ijtimoiy
guruhi, partiya yoki qatlam vakili uchun umumiy mezondir.
O‘zbekiston xalqining, mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidan
borayotgan jamiyatimizning umumiy g‘oyasidir.
Milliy davlatchilik an’analarimizni asrab-avaylash, mamla-
katimiz sarhadlari yaxlitligi hamda xavfsizligini ta’minlash,
fuqarolarimizda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni
shakllantirish, ularni erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida
birlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi ishiga
safarbar etish — bu g‘oyaning asosiy maqsadi.
Mustaqilligimizni iqtisodiy, siyosiy jihatdan mustahkamlayotgan
xalqimiz tinch va bunyodkorlik mehnatining himoyasi O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlarining eng oliy burchidir. Bu mamlakat
mudofaa qudratini mustahkamlash, uni zamon talablaridan kelib
chiqqan holda professional asosda tashkil etish, jangovarlik
qobiliyatini yuksak darajada ko‘tarishni ilgari suradi.
Vatan ravnaqi farzandlar kamoliga bog‘liq. Bu esa, har bir yurt-
doshimizni o‘zining ma’naviy kamoloti uchun yuksak mas’uliyatni
his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan
uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi.
Yurt tinchligi – Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan cham-
barchas bog‘liq. Birovga qaram bo‘lgan xalq hech qachon erkin
va farovon yashay olmaydi. Shuning uchun ham mustaqillikni va
tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya
qilishga doim tayyor turish har bir harbiy xizmatchining bosh
g‘oyasidir.

255
254
nati, nuroniy otaxonlar va onaxonlar farog‘ati-yu, bolalarning
beg‘ubor kulgusi va nurli kelajagi uchun mas’ul ekanligini eslatib
turadi.  Harbiy qasamyod ahamiyati va mazmun-mohiyatiga ko‘ra,
jangchining ma’naviy jangovar kodeksi, kundalik harakatining asl
qonunidir. Harbiy qasamyod milliy-ma’naviy an’analarimizni ham
o‘zida jamlaydi. U har bir harbiy xizmatchini halol bo‘lishga,
millatimizga xos eng yaxshi axloqiy fazilatlarni o‘zida jam qilishga,
sofdil va intizomli bo‘lishga undaydi.
Harbiy qasamyod davlat nuqtayi nazaridan Vatanimizni
munosib himoya qilish bo‘yicha harbiy xizmatchiga qo‘yiladigan
asosiy talablarni mujassam etgan huquqiy akt. Bu — mustaqil
Vatanimiz uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish
bo‘yicha haqiqiy jangovar harakatlar jarayoni yoki tinchlik
davridagi jangovar o‘quvlarning turli sharoitlarida jangchi xulq-
atvori me’yorlarining o‘ziga xos jamlangan ifodasidir.
Ijtimoiy-siyosiy nuqtayi nazardan u jangchilarning Vatanga
fidokorona xizmat qilishga, harbiy burchga sadoqatli bo‘lishga
o‘rgatadi va o‘zida xalqimizning eng oliy fazilatlarini va yuksak
vatanparvarlik tuyg‘ulari, buyuk ajdodlar an’analari hamda
vasiyatlariga sodiqligini mujassam etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari jangchilari ajdodlarimiz jasorat-
lariga sodiq qolmoqdalar va ularni davom ettirmoqdalar. 1999—
2000-yillarda mamlakatimiz hududlariga bir guruh tajovuzkor
kuchlar bostirib kirganda jangchilarimiz o‘z Harbiy qasamyodlariga
sodiq holda Vatanimizni dushmandan himoya qildilar.
... 5-avgust kuni erta tongda razvedkachilar bergan ma’lumot
bo‘yicha dushman joylashgan yer aviatsiya bo‘linmasi tomonidan
ko‘zdan kechirilib, ko‘rsatilgan nuqtalarga zarba berildi. Alohida
guruh tomonidan maydonni tozalash ishlari boshlandi. Yashirinib
qolib jon talvasasida bo‘lgan dushman to‘satdan otishmalarni
boshladi. Guruh zudlik bilan qulay pozitsiyaga o‘tib, dushmanga
qarshi jangga kirdi. Dushman kuchi ziyod bo‘lganligi sababli
jangchilar qurshovda qoldilar.
Ayniqsa, g‘or ichiga berkinib, zarba berishga intilayotgan dushman
bilan jang qiyin kechardi. Katta serjant Ma’rufjon Rajabov qulay
pozitsiyani egallab dushmanga zarba berayotganligiga qaramay, dush-
man o‘qi uni yaraladi, lekin u jangni davom ettirdi. Bo‘linma feldsheri
Qahramon Madolimov unga yordamga otildi. O‘z jonini tahlikaga
qo‘yib bo‘lsa-da, yaralangan jangchi hayotini saqlab qolishga oshiqdi.
— harbiy bilim yurtlarining avval qasamyod qabul qilmagan
kursantlar va tinglovchilari aynan o‘sha muddat davomida qabul
qilinadilar.
Harbiy qasamyod qiladiganlar bilan, harbiy qasamyodning
ahamiyati va qonunlarining Vatan himoyasi bo‘yicha talablari
to‘g‘risida bo‘linmalarda tushuntirish ishlari o‘tkaziladi. Harbiy
qasamyod qabul qilishni tarixiy, jangovar va mehnat shuhrati
joylarida, shuningdek, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun
janglarda shahid bo‘lgan jangchilarning qardoshlik mozorlarida
o‘tkazish mumkin. Harbiy qasamyod qabul qilish kuni ushbu qism
uchun ish qilinmaydigan kun sanaladi va bayram kuni sifatida
nishonlanadi. Harbiy qasamyod matni 1992-yil 3-iyul kuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarori bilan tasdiqlangan.
Qasamyod qabul qiluvchi O‘zbekiston xalqiga, Prezidentiga
sodiq bo‘lishni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qo-
nunlarini muqaddas bilishini, ularga rioya etishni, harbiy nizom-
larni, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz baja-
rishga, harbiy intizomga qat’iy rioya qilishni, halol, jasur va sergak
jangchi bo‘lishga, so‘nggi nafasi qolguncha ona-Vatanining sado-
qatli farzandi bo‘lib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqat
va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni
mustahkam saqlashga ajdodlari ruhi oldida qasamyod qiladi.
Harbiy qasamyod
 — Qurolli Kuchlarimizning har bir jangchi-
sining butun hayoti davomida or-nomusi qonuni. Qasamyodni
buzish — Vatan oldidagi og‘ir jinoyat. Qasamyod qabul qiluvchi,
O‘zbekiston Respublikasining butun xalqiga murojaat etib, «Agar
men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam qonunlarda belgilangan
jazoga va xalqning nafratiga mubtalo bo‘lay
», deb ont ichadi.
Qasamyodga sodiq bo‘lmaslik sharmandali va nafratli vatan
xoinligidir. Armiya hayotida yana bir muhim hujjat — harbiy
qasamyod bo‘lib, u Qurolli Kuchlarga taalluqli barcha qonunchilik
hujjatlari orasida alohida ahamiyat kasb etadi. Harbiy qasamyod
jangchining ona-Vatanga, xalqi va Prezidentiga bergan ontidir.
«So‘nggi nafasim qolguncha ona-Vatanimning sadoqatli farzandi
bo‘lib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqat va qiyin-
chiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustah-
kam saqlashga qasamyod qilaman».
Qasamyod jangchiga ona yurti, uning mustaqilligi va hududiy
yaxlitligi uchun, shu yurt tinchligi xalqning bunyodkorona meh-

257
256
HARBIY QISMNING JANGOVAR BAYROG‘I —
HARBIY QADRIYAT, QAHRAMONLIK VA
SHON-SHARAF RAMZI
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining
jangovar bayrog‘i harbiy sharaf, matonat va shon-shuhratining
ramzidir. U O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining har
bir harbiy xizmatchisiga uning Vatanga fidoyilarcha xizmat qilishi,
uni matonat va mahorat bilan muhofaza etish, o‘zining so‘nggi
tomchi qoni va hatto hayotini ayamasdan jonajon tuproqning har
bir qarichini sabot bilan mudofaa qilishdek muqaddas burchi
to‘g‘risidagi eslatma sanaladi.
Jangovar bayroq harbiy qismga u tuzilishi bilan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti nomidan Mudofaa vazirligi vakillari tomo-
nidan topshiriladi. Jangovar Bayroq qismning nomlanishi va ra-
qamlanishi o‘zgarishidan qat’iy nazar, hamma davrlarda harbiy
qismning ixtiyorida saqlanadi. Harbiy qism nomlanishi va raqam-
lanishidagi o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
jangovar bayroq topshirish chog‘ida beriladigan Yorlig‘ida qayd
etib o‘tilgan.
Jangovar bayroq har doim o‘z harbiy qismi bilan, jang may-
donida esa, qism jangovar harakatlari rayonida bo‘ladi. Qismning
butun shaxsiy tarkibi jangda Jangovar Bayroqni jon-jahdi va
matonat bilan himoya qilishga va uning dushman tomonidan
egallanishiga yo‘l qo‘ymaslikka majburdir. Jangovar Bayroq
yo‘qotilganda harbiy qism komandiri va bunday sharmandalikka
bevosita aybdor bo‘lgan harbiy xizmatchilar harbiy sud oldida
javobgar bo‘ladilar, harbiy qism esa, tugatilishi kerak.
Òarixdan ma’lumki, urush harakatlari olib borilayotgan janglarda
harbiy qismning jangovar bayrog‘i dushman qo‘liga tushib qolmas-
ligi uchun, butun jangchilar yuksak qahramonlik namunalarini
ko‘rsatib harbiy qismi jangovar bayroqlarini saqlab qolishda o‘z
jonlarini fido qilganlar. Hozirgi kunlarda Qurolli Kuchlarimiz
jangchilari tinchlik hukm surgan davrda o‘z qismlarining jangovar
bayroqlarini ishonch bilan qo‘riqlab, jangovar siyosiy tayyor-
garlikdagi muvaffaqiyatlarga erishishga yetaklamoqda. Jangovar
bayroqni qo‘riqlashda soqchi posti qo‘yilmoqda, bu eng mas’uliyatli
postlardan hisoblanib, a’lochi askarlarga ishonib topshirilmoqda.
Yoyilgan jangovar bayroq ostida askar-matroslar, serjant-star-
shinalarni faxriy rag‘batlantirish bilan fotosuratga olinmoqda.
O‘z insoniylik, kasbiy va xizmat burchini o‘qlar yomg‘iri ostida
bajarishga kirishgan Qahramon qisqa muddatda yarador oldiga keldi
va uning yarasini bog‘ladi. Lekin dushman o‘q-yomg‘iri uni ham
chetlab o‘tmadi. Qahramon yaralanib yotgan safdoshi haqida
o‘ylar edi. Nima bo‘lsa ham uning hayotini saqlab qolish kerak.
U bor kuchini yig‘ib, yaradorni ko‘tardi-da, harakatga tushdi.
Dushman istehkomi joylashgan yerga ayovsiz zarba berayotgan
shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi serjant Ulug‘bek Barnoyev
qisqa muddatli sukunatdan foydalanib, Qahramon Madolimov
va Ma’rufjon Rajabovga yordam berish uchun o‘zini jang
maydoniga otdi. Mazkur jang shartnoma asosida harbiy xizmatchi-
lar — Qahramon Madolimov, Ma’rufjon Rajabov va Ulug‘bek
Barnoyevlar uchun oxirgi jang bo‘ldi. Mard jangchilar oxirgi
damgacha askariy burch, harbiy do‘stlik, mardlik, insoniylik,
Vatan va xalq oldidagi o‘z Harbiy qasamyodlariga sodiq qoldilar.
So‘nggi nafasi qolguncha Vatani, xalqni, muqaddas o‘zbek
zaminining sadoqatli farzandi bo‘lishiga, buyuk ajdodlarimiz –
Shiroq, Òo‘maris, Spitamen, Muqanna, Mahmud Òarobiy,
Jaloliddin Manguberdi, Amir Òemur, Zahiriddin Muhammad
Bobur, chorizmning bosqinchilik siyosatiga qarshi mardonavor
kurashgan ozodlik qurbonlari, XX asrning 20—30-yillarida milliy
mustaqilligimiz uchun jon fido etgan o‘zbek xalqining asl farzandlari,
Ikkinchi Jahon urushi yillarida dunyoni fashizm asoratidan xalos etish
yo‘lida shahid ketgan hamyurtlarimiz; 1999—2000-yillarda Vatani-
miz sarhadlariga suqilib kirishga harakat qilgan terrorchilarga qarshi
harakatlarda jon fido etgan Sayyor Sadinov, Alisher Salimov,
Boburjon G‘aniyev, Yunusjon Oxunov, Mahmudjon Jalilov singari
jangchilar ruhi oldida qasamyod qiladi. Shu sababli ham Qasamyod
harbiy xizmatchi uchun muqaddas hisoblanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, harbiy Qasamyod tarixi
uzoq o‘tmishimizga borib taqaladi. Masalan, Sohibqiron Amir
Òemur qo‘shinlarida shunday odat bo‘lgan: har bir qo‘shin harbiy
qo‘mondoni qoidaga binoan qo‘shinlar ko‘rigidan oldin hukm-
dorga o‘z bo‘linmalarini tanishtirgan va unga sodiq qolishga ont
ichganlar. Jaloliddin Manguberdi, Shoh Bobur qo‘shinlarida ham
shunga o‘xshash ont ichishga amal qilingan. Har bir davrda askar:

Download 5.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling