Chastota modulyasiyasi (ChM). ChM signallarni xosil qilish. Reja: Chastota modulyasiyasi


Download 0.88 Mb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1010900
  1   2
Bog'liq
613 guruh talabasi Ahmadjonov Subhonjon

Chastota modulyasiyasi Chastota modulyasiyasi (ChM). ChM signallarni xosil qilish. Reja: 1.Chastota modulyasiyasi 2.ChM SIGNALLARNI HOSIL QILISh 3.Chastota modulyasiyasini amalga oshirish usullari 4.Chastotani ko‘paytiruvchi ChM modulyator (bilvosita usul)

  • TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
  • 613- GURUH TALABASI
  • AHMADJONOV SUBHONJON
  • Ta'rif: Chastota modulyasiyasi - deb yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishning chastotasini past chastotali birlamchi signalning o‘zgarish qonuniga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi.
  • Yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranish berilgan bo‘lsin:
  • tashuvchi tebranishning oniy yoki to‘liq fazasi
  • Chastota modulyasiyasi ta'rifiga binoan chastotasi bo‘yicha modulyasiya qilingan tashuvchi tebranishning chastotasi qo‘yidagi qonun bo‘yicha o‘zgaradi:
  • k – o‘zgarmas koeffisient.
  • S(t) – past chastotali birlamchi signal.
  • Past chastotali birlamchi signal sifatida garmonik signal berilgan bo‘lsin:
  • Бу холда (4) формулани қўйидаги кўринишда ёзиш мумкин:
  • chastota deviasiyasi deb – tashuvchining chastotasini o‘zining ω0 o‘rta qiymatidan maksimal chetlanishiga aytiladi.
  • ChM signalning chastotasini vaqt o‘qida past chastotali birlamchi signalning o‘zgarish qonuni (kosinus) bo‘yicha o‘zgarishi
  • Ma'lumki chastota fazaning o‘zgarish tezligidir. Shuning uchun ChM signalning to‘liq fazasini aniqlash uchun uning chastotasidan vaqt bo‘yicha integral olamiz :
  • Garmonik ChM signalning matematik ifodasini aniqlash uchun (8) formuladagi φ0 = 0 deb olamiz va (8) formulani (2) formulaga olib borib qo‘yamiz.
  • Garmonik ChM signalning matematik ifodasi :
  • Chastotasi chiziqli modulyasiyalangan signal
  • Chastotasi 1000 kGs bo‘lgan tashuvchi amplitudasi 5 V meandr signali bilan modulyatsiya qilinsin. Chastota deviyasiyasi esa 10 kGs / V ga teng bo‘lsin. A dan B gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashuvchi chastotasi 5 × 10 = 50 kGa ga ko‘payadi (signal amplitudasi va chastota og‘ishining hosilasi) va 1000 kGs + 50 kGs = 1050 kGs ga teng bo‘ladi. B dan C gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashuvchining chastotasi bir xil miqdorda, ya'ni 5 · 10 = 50 kGs ga o‘zgaradi, ammo bu safar manfiy yo‘nalishda tashuvchining chastotasi 1000 - 50 = 950 kGs gacha kamayadi.
  • Garmonik ChM signalning spektrini aniqlaymiz. Buning uchun garmonik ChM signalning matematik ifodasi - (10) formuladan foydalanamiz.
  • ChM signalning modulyasiya indeksi МChM << 1 bo‘lsin. U xolda :
  • (12) ni formulani(11) ga oborib qo‘yamiz va quyidagini hosil qilamiz:
  • Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki ChM signalning modulyasiya indeksining qiymati MChM<<1 bo‘lgan xoll uchun ChM signalning spektri garmonik AM signalning spektriga o‘xshab ketadi. Farqi pastgi yon – tomon tebranishning fazasini 1800 bo‘lishdir.
  • Chastota modulyasiya indeksi MChM>>1 bo‘lgan xol uchun garmonik ChM signalning spektrini aniqlaymiz. Bessel funksiyalar nazariyasida cos(MChMsinΩt) va sin(MChMsinΩt) davriy fuksiyalarni qo‘yidagi Fur'e qatoriga yoyilishi isbotlangan.
  • (13) va (14) formulalarni (11) formulaga oborib qo‘yamiz:
  • Modulyasiya indeksi МChM ga bog‘liq bo‘lgan “n” - darajali Bessel funksiyasi.
  • Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki MCh>> 1 bo‘lgan xol uchun garmonik ChM signalning spektr kengligi nazariy jihatdan cheksizlikka intiladi. Ammo “n” ning oshishi bilan yon – tomon tebranishlarning amplitudalari keskin ravishda kamayib boradi. Shuning uchun amaliyotida ChM signalning spektr kengligi sun'iy ravishda cheklanadi.
  • Har xil modulyatsiya indekslarida garmonik chastota modulyatsiyasidagi chastota spektri
  • CHASTOTA MODULYATSIYASINING AFZALLIKLARI
  • yuqori xalaqitbardoshlik;
  • uzatgich quvvatidan samarali foydalanish;
  • modulyasiya qilingan signallarni olishning soddaligi.
  • Ushbu modulyasiyaning asosiy kamchiligi modulyasiya qilingan signalning keng spektrligidir.
  • ChM ning AM dan ustun bo‘lgan afzalliklari energiya samaradorligi va yuqoriroq xalaqitbardoshligidir.
  • Chastota modulsiyasi radioeshittirishda (UQT diapazonida) audio (past chastotali) signalni yuqori sifatli uzatish, televizion dasturlarida ovoz signalini uzatish, SECAM televizion standartidagi rangli signallarni uzatish va musiqa sintezatorlarida ishlatiladi.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling