10. FAN BO’YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH VA NAZORAT QILISH ME’ZONLARI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil 26 sentyabrdagi 3069 - son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq ishlab chiqildi.
Baholash usullari
|
Ekspress testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentatsiyalar va boshqalar
|
Baholash mezonlari
|
“5” baho (a’lo) - Talaba fanning maqsadi va vazifalari, boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqasi, mazkur fan haqidagi savollarni to‘liq yoritaolsa, material bo‘yicha bilim va ko’nikmaga ega bo‘lib, hayotga tadbiq eta olsa, qo‘shimcha savollarga javob bersa qo‘yiladi.
“4” baho (yaxshi) - Talaba fanning maqsadi va vazifalari, boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqasi, mazkur fan haqidagi savollarni to‘liq yoritaolsa, material bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lsa, ammo ahamiyati katta bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
“3” baho (qoniqarli)- Talaba fanning maqsadi va vazifalari, boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqasi, mazkur fan savollarini qisman yorita olsa, material bo’yicha bilim va ko’nikmaga to‘liq ega bo‘lmasa qo‘yiladi.
“2” baho (qoniqarsiz) - Talaba fanning maqsadi va vazifalari, boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqasi, mazkur fan savollarini qisman yorita olsa, material bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga to‘liq ega bo‘lmasa, jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |