Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Imtihonda imtiyoz beradigan umumiy ball


Download 31.4 Kb.
bet4/4
Sana30.12.2022
Hajmi31.4 Kb.
#1072550
1   2   3   4
Imtihonda imtiyoz beradigan umumiy ball
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan qabul masalalariga bag‘ishlangan brifingda joriy yil istisno tariqasida faqat 2ta mutaxassislik fanidan imtihon olinishi ma'lum qilingandi.
Bu holatda ballar quyidagicha belgilanadi:

  • 1-blok - 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3,2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin;

  • 2-blok - 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Demak, agar abituriyent tanlagan yo‘nalishda chet tili birinchi fan bo‘lsa, u imtiyoz beruvchi sertifikati bilan 96 ballga ega bo‘lishi mumkin. Agar chet tili ikkinchi blok bo‘lsa, abituriyentda imtiyoz bilan maksimal 93 ball olish imkoni bo‘ladi.
Ma'lumot uchun aytish joizki, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti 2019 yildan oldingi V1 sertifikatlarini (amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa ham), Toshkent davlat yuridik universiteti esa writing (yozish) ko‘nikmasi 5,5 balldan past IELTS sertifikatlarini qabul qilmaydi.
Sertifikatlarni tekshirish
Imtiyoz bilan bitta blokdan to‘liq ballga ega bo‘lish ko‘pchilik abituriyentlar uchun ma'qul tanlov bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, yana bir savol bor: imtiyoz uchun taqdim etilgan hujjatning haqiqiyligi qanday nazorat qilinadi?
DTMning bu bo‘yicha bergan ma'lumotiga ko‘ra, chet tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi xalqaro sertifikatlarning haqiqiy yoki soxta ekanini tekshirishning bir nechta usullari bor.
Xalqaro sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirish chet tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi sertifikatlarni taqdim etuvchi davlatlarning qonunchiligi va uni beruvchi tashkilot siyosatiga qarab, turlicha amalga oshiriladi.
Milliy sertifikat (DTM), HSK (xitoy tili) kabi test tizimlarining rasmiy veb saytida sertifikatni tekshirish imkoniyati mavjud.
Ayrim test tizimlari (IELTS – Britaniya Kengashi, FCE – Cambridge assesment tashkiloti, TOEFL IBT – Educational Testing Service tashkiloti, TestDAF – TestDAF instituti, Goethe Zertifikat – Gyote institutlari bilan DTM o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida sertifikatlarni tekshirish bo‘yicha tomonlarning kelishuvi mavjud.
Bundan tashqari, ayrim turdagi (DSD – nemis tili, shunga o‘xshash ba'zi til sertifikatlari) sertifikatlarni tekshirish uchun bu test tizimlari tegishli bo‘lgan davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalariga so‘rov yuboriladi.
Yana bir turdagi, fransuz tili bo‘yicha beriladigan DELF, DALF sertifikati bu test tizimining O‘zbekistondagi vakolatli organlari va Davlat test markazining fan bo‘yicha mutaxassislari hamkorligida tekshiriladi.
Agar soxta sertifikat aniqlansa...
DTM bergan ma'lumotga ko‘ra, til sertifikati soxtaligi aniqlansa, bu sertifikat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Ular tomonidan soxtalashtirish uchun tegishli chora ko‘rish ishlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, talabalikka tavsiya etilgan abituriyent o‘zi ega bo‘lgan til sertifikatini OTMga topshiradi. OTM ham bu hujjatni yana bir bor tekshiradi. Agar til sertifikati soxta ekani aniqlansa, uni taqdim etgan shaxs talabalar safidan chetlashtiriladi.
Download 31.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling