Chetel korxonalaridagi kadrlarni boshqarish strategiyalari


Download 0.49 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1527376
1   2   3
Bog'liq
Chetel korxonalaridagi kadrlarni boshqarish strategiyalari

Google falsafasi Kompaniyaning korporativ madaniyati va falsafasi uning o‘zi bilan birga 1998-yilda paydo bo‘ldi. Kompaniya asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin uni innovatsion faoliyatga bo‘lgan ehtiyojlari va axborot texnologiyalari bilan qiziquvchi odamlar jamoasi sifatida ko‘rdilar. Kadrlar bilan ishlash bo‘limiga birinchi kundan boshlab ushbu sohada eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilish vazifasi topshirildi. Hozirgi kunda ham ushbu bo‘lim kompaniya rivoji uchun muhim strategik ahamiyatga ega. Google asoschilari kompaniyaga o‘z qiziqishlari, qadriyatlari va turmush tarzini kompaniyaga tatbiq etishganligi sababli “quvonch + ish” ko‘rinishidagi tizim vujudga keldi. Google ning internetdagi sahifalarining birida ham shunday yozuv aks ettirilgan — ”Biz sizning ajoyib ish joyingiz emas, ajoyib hayotingiz bo‘lishini istaymiz. Sizni ish davomida va ishdan keyin ham baxtli, shuningdek, g‘oyalarga boy va kuchga to‘la bo‘lishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz.”

Ishga qabul qilish jarayoni Google qobiliyatli mutaxassislarni topishga noodatiy yondashadi. Rezyume topshirish, telefondagi birinchi suhbat va keyinchalik ofisga taklif etilish, barchasi oddiydek tuyuladi lekin har kim ham ofisga borib suhbatdan o’tish bosqichiga qadar yetib bora olmaydi. Undan tashqari Google dagi intervyu oddiy savol-javoblarga emas, ish izlovchining intellektual va ijtimoiy bilimlarini yuzaga chiqaruvchi vaziyatli masalalarga asoslangan. Misol uchun: siz tanga o‘lchamiga qadar kichraytirildingiz, sizning og‘irligingiz ham mutanosib ravishda kamaydi, shu tariqa dastlabgi zichligingizni saqlab qoldingiz. Kichrayganingizdan keyin sizni blenderning bo‘sh shisha idishi ichiga tashladilar. Blender pichoqlari 60 soniyadan so‘ng harakatlana boshlaydi.

Xodimlarni tayyorlash va rivojlantirish Google o‘z xodimlariga shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun minglab imkoniyatlarni taqdim etadi. Individual yoki guruh bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda taqdimotlar tayyorlash, loyihalar ishlab chiqish, notiqlik san’ati va maxsus matnlar yozish o‘rgatiladi, boshqaruv va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar beriladi. Shuningdek, fransuz, ispan, yapon va xitoy tillarini o‘rganish ham kompaniya hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun Google o‘z xodimlariga shaxsiy rivojlanish uchun yiliga kamida 120 soat bag‘ishlashni maslahat beradi. Bunday chora tadbirlar uchun kishi boshiga taxminan 8000$ AQSh dollari xarajat qilinadi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling