Chetel korxonalaridagi kadrlarni boshqarish strategiyalari


Download 0.49 Mb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1527376
1   2   3
Bog'liq
Chetel korxonalaridagi kadrlarni boshqarish strategiyalari

Kompaniyada o‘rtacha ish haqining miqdori sohadagi raqobatchilariga qaraganda past hisoblanadi. Lekin Google ning inson resurslarini boshqarish strategiyasi buni kompensatsiya qiladi. Kompaniya barcha yoshdagilar uchun mo‘ljallangan o‘z shifoxonasiga, go‘zallik va massaj salonlari, sport zallari va o‘z xodimlari uchun bepul bo‘lgan restoranlari hamda transport vositalari uchun texnik yordam markazlariga ham ega.

Google ishchilari uchun imtiyozlar:

Cheksiz kasallik ta’tili;

• bir yil ishlaganlar uchun 27 kunlik mehnat ta’tili;

• to‘liq tibbiy yordam, bepul ovqatlanish, fitness markazlari va boshqalar;

faqatgina ayollar uchun emas, balki erkaklar uchun ham dekret ta’tili;

• yillik bepul tibbiy ko‘rikdan o’tish imkoniyati;

• ekologik xavfsiz avtomobil xarid qilishda xodimlarga homiylik.

Google HR brendingi Google eng yaxshi ish beruvchilardan biri sifatida e’tirof etilishi uning ish beruvchi brendini shakllantirishiga bog‘liq. Bunda unga quyidagilar yordam beradi: Google qo‘shimcha reklamaga muhtoj emas. Lekin, turli bloglar, jurnallar va internet saytlarda kompaniyadagi ish jarayoni haqida minglab maqolalar yozilgan. Bular esa o‘z o‘rnida ish izlayotganlarni yaxshi jalb qiladi; HR bo‘linmasi uchun alohida budjet ajratilgan va mazkur yo‘nalishda olib boriladigan izlanishlarga ham katta mablag‘lar sarflanadi; Kompaniya rivojlanmoqda, demak, odamlarga faqatgina yaqin orada emas, balki 10 yildan keyin ham ehtiyoj bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki bu sohani moliyalashtirish oddiygina pul sarflash bo‘libgina qolmay, investitsiyaga shakliga o‘tadi. Yana shuni qayd etish lozimki, kompaniyaga yangi ishga qabul qilinganlar ancha vaqtdan beri ishlayotgan xodimlar bilan bir qatorda ana shunday yuksak malakali mutaxassislargina munosib bo‘ladigan ish o‘rnida ishlashlari ularga o‘zgacha ruhiyat bag‘ishlaydi va yuksak natijalarga erishishda o‘z hissasini qo‘shadi. Innovatsiyalarga ixtisoslashib, biznes yuritishga yangicha yondashadigan Google har bir ishchi kompaniya muvaffaqiyatining bir qismi ekanligini va har bir xodim muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tiborda tutadi. Bundan kelib chiqadiki kompaniyaning qimmatbaho resurslaridan biri bu xodimlardir. Dunyoda yirik kompaniyalar kun sayin ko‘payib borar ekan, Google ning HR sohasida erishgan yutuqlari bora-bora boshqaruv strategiyasini tuzishda tayanch bo‘lib xizmat qiladigan standartga aylanishi yana ko‘plab dunyoni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan g‘oyalar uchun zamin yaratadi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling