Chi rchi q davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 261.67 Kb.
|
АВТОРЕФЕРАТ БЕКТАЕВА 007 23 05 23 лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
- “Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchi -talabalar tibbiy savodxonligini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari”
- Tibbiy savodxonlikni rivojlantiruvchi omillar
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 5 ta ilmiy-amaliy anumanlarda, jumladan, 3 ta xalqaro va 2 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 11 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, jumladan, 2 ta respublika va 3 ta xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, dorivor o‘simliklarlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 127 betni tashkil etgan. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning O‘zbekiston Respublikasining fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon qilingan, tadqiqot maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy, uslubiy yangiligi va amaliy ahamiyati bayon qilingan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati yoritib berilgan, tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari hamda tadqiqot natijalarini pedagogik tajriba-sinovdan o‘tkazish, tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiya ishining “Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchi -talabalar tibbiy savodxonligini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida o‘quvchi -talabalar tibbiy savodxonligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari, tahlili keltirilgan bo‘lib, dorivor o‘simliklarni o‘qitishda aholining tibiiy salomatligini tabiiy vositalar va resurslar, dorivor o‘simliklar orqali tiklash hamda profilaktika qilish tobora zarurat sifatida aks etishi yuzasidan tahlillar olib borilgan bo‘lib, tavsiyalar ishlab chiqilgan. Sog‘liqni saqlashga oid tibbiy savodxonlik nafaqat milliy muammo va butun jamiyat muammosi sifatida javobgarlik nafaqat fuqarolar yoki siyosatchi lar, sog‘liqni saqlash mutaxassislari zimmasiga yuklanadi, balki ta’lim tarbiya jarayoni ham asosiy mas’ul bo‘g‘in sanaladi. Bunda tibbiy savodxonlikni rivojlantirishda quyidagi omillar etakchi sanaladi va ular jadvalda aks etgan.: 1-jadval
1-jadval. Tibbiy savodxonlikni rivojlantiruvchi omillar Sog‘liqni saqlash savodxonligi juda yosh tushunChalardan bo‘lib, asosan sog‘lom turmush tarzi, tibbiy savodxonlik, sanologik konsepsiya, talaba-o‘quvchi lar tomonidan sog‘lom turmush tarzini to‘g‘ri shakllantirish orqali organizm salomatligini saqlash va kelajak avlodlar uchun sog‘lom, barqaror – komil nasl qoldirish muhim vazifa sanaladi. 2-jadval
Download 261.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling