Chi rchi q davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc


NATIJA: O‘quvchilarda dorivor o‘simliklardan foydalanish asosida tibbiy savodxonlikni shakllanganligi


Download 261.67 Kb.
bet11/17
Sana18.06.2023
Hajmi261.67 Kb.
#1558487
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
АВТОРЕФЕРАТ БЕКТАЕВА 007 23 05 23 лотин

NATIJA: O‘quvchilarda dorivor o‘simliklardan foydalanish asosida tibbiy savodxonlikni shakllanganligi

2-jadval. O‘quvchi larda dorivor o‘simliklardan foydalanish asosida tibbiy savodxonlikni shakllanganligi
Tibbiy savodxon mutaxassisni tayyorlash, uni kutilgan va kutilmagan kasalliklarning rivojlanishining oldini olish va ulardan himoyalanish, zarur tibbiy yordamlarni bera olish kompetentligiga ega bo‘lish deya xisoblaniladi.
Tibbiy savodxonlik - sog‘liqni saqlash sohasidagi mustaqil qarorlarni tushunish, sog‘liqni saqlash, tibbiy yordam olish va hayotning barcha bosqichlarida bu zarur bilim va ko‘nikmalar sifatini oshirish mavjudligi bilan qo‘llab-quvvatlash kasallikning oldini olish bo‘lib, kutilgan va kutilmagan xolatlarda hayotiy vaziyatlarda qo‘llash imkonini beradigan kompetensiyadir.
Tibbiy savodxonlikni rivojlantirishda ta’lim tamoyillariga monand bir qancha xususiy tamoyillar mavjud bo‘lib, dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishda o‘quvchi -talabalar tibbiy salomatligini rivojlantirishning quyidagilardan iborat:
Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishning normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan mutaxassislarini jalb soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishni ta’limi davlat standartlariga muvofiq xolad o‘zgartirishlar kiritish va biologiya o‘quv fani doirasida dorivor o‘simliklarga oid ma’lumotlarni ko‘paytirish, o‘quv-didaktik vositalarni ishlab chiqish va joriy etish;
Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishning dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish natijasida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish;
Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayoniga kiritish, salomatlikni saqlashga oid tibbiy tushunChalarni tabiiy va dorivor o‘simliklarni o‘rganish natijasida amalga oshirishni tashkil etishni shakllantirish;
Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish asosida o‘quvchilarni tibbiy savodxonligini rivojlantirish, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy profissiogrammasini yaratishdan iborat bo‘ladi.
Dissertatsiyaning “Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish asosida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning ilmiy metodik ta’minotini shakllantirish” deb nomlangan ikkinchi bobida dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish tamoyillari keng yoritilgan bo‘lib, shifobaxsh o‘simliklarni fanlarni o‘qitish tamoyillari tufayli fanni o‘qitishning ilmiy metodik ta’minoti yaratiladi. Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish quyidagi:
tibbiy savodxonlikni rivojlantirishda fanlararo bog‘liqlik;
fanlarni o‘qitishda uzviylik;
dars jarayonida salomatlikni saqlashning ustuvorligi;
ta’lim jarayonida faoliyatning mustaqilligi;
dorivor o‘simliklarni botanik jihatdan tanish va ularni sistematik jihatdan
tahlil qilish;
mahalliy dorivor o‘simliklarni tanish va ulardan foydalanish;
sharq tabobatiga yo‘naltirilganlik;
ta’lim va tarbiyaning tibbiy savodxonlikni rivojlantirishda uzviy bog‘liqligi;
dorivor o‘simliklarni o‘qitish asosida iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori darajada bilim olishlari uchun shart - sharoit yaratish kabi tamoyillarni o‘z ichiga oladi va tasniflaydi.
Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish samaradorligini orttirishda kelajak o‘qituvchi si modeli berilgan bo‘lib, unga ko‘ra bo‘lajak mutaxassis pedagog:

  1. dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda kelajak o‘qituvchisi konsepsiyasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishining oqilona mexanizmlarini ishlab chi qish;

  2. dorivor o‘simliklar fani kelajak o‘qituvchi sining tibbiy savodxonligi yuqori va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini targ‘ib eta oladigan mutaxassisni tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi lozim;

  3. dorivor o‘simliklar fani kelajak o‘qituvchi sining professiogrammasini ishlab chiqish, muntazam takomillashtirib borish va uni kadrlar tayyorlash tizimiga joriy qilish;

  4. jamiyat rivojlanish qonuniyatlari asosida dorivor o‘simliklar fani o‘qituvchisiga qo‘yiladigan zamonaviy (kelajak) talablar, fanning rivojlanish an’ana va yo‘nalishlarini belgilash;

  5. talabalarni o‘qituvchi lik kasbiga qo‘yiladigan zamonaviy (va kelajak) talablar asosida tayyorlash, ularga dorivor o‘simliklar fanining rivojlanish an’analari va yo‘nalishlari asosida kasbiy ta’lim berish;

  6. hayot taraqqiyotining sur’ati va jamiyat talablarining o‘zgaruvchanligini inobatga olgan holda talabalarga dorivor o‘simliklar fani o‘qituvchi csi kasbi bilan birga yondosh bo‘lgan qo‘shimcha kasb-hunar o‘rgatish ishlarini tashkil qilish;

  7. dorivor o‘simliklarni o‘qitish ta’limda nazariya va amaliyot uyg‘unligi va birligiga erishish orqali ta’lim sifatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishda fanlarni fakultativ kurs sifatida taqdim etish maqsadga muvofiq keladi. Fakultativ (lot. dan. Electus - saylov) - bu ixtiyoriy - tanlov qo‘shimcha mashg‘ulotlar sanaladi. O‘quv yilining boshida talabalarga bunday kurslar ro‘yxati taklif etiladi. Bunday fanlar kurs boshida kasb xunarga yo‘naltirilgan fanlar bo‘lib, ular o‘quvchilarga chuqurroq bilim beradi, ta’lim muassasasining mutaxassislik yo‘nalishi sifatida tadbiq etiladi va mazmunini to‘ldiradi.
Agar tanlov kursi ixtisoslashtirilgan fan bo‘yicha chuqur bilimlarni o‘z ichiga olsa, u holda u qo‘llaniladigan ta’lim muassasasi kasb xunarga yo‘naltirilgan ta’lim muassasalari qatoriga kiritiladi. Fakultativ kurslar doirasida o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini amalga oshirishga qaratilgan. Fakultativ kurslarni o‘tkazishda o‘quvchi larning xoxish-istaklari va mayllari, qiziqishlari va qobiliyatlari imkon qadar hisobga olinishi kerak. Fakultativ biologiya kurslarining xilma-xilligi o‘qituvchi ijodkorligi va talaba tanlovi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
Kasb xunar kollejlarida dorivor o‘simliklar bo‘yicha tuzilgan fakultativ kursni ishlab chiqishda asosiy va ixtisoslashtirilgan fanlar darajasini o‘zaro bog‘lash, asosiy bilim va ko‘nikmalarni ta’kidlash, etarli darajada ochilmagan mavzularga e’tibor berish kerak.
Dorivor o‘simliklarni o‘qitishga oid fakultativ dars turlari:
majburiy dasturga kiritilgan asosiy kursning alohida bo‘limlarini chuqur o‘rganish;
dorivor o‘simliklarni morfologik, anatomik, fiziologik hamda ekologik sistematik birliklarini bilishga qaratilgan va shifobaxsh o‘simliklarni chuqur o‘rganishga qaratilgan murakkablikni oshiradigan fakultativ kurslar;
ta’lim muassasasining asosiy o‘quv dasturiga kiritilgan dorivor va shifobaxsh o‘simliklardan tayyor dori vositalarini tayyorlash hamda salomatlikni saqlashda ulardan to‘g‘ri foydalanishga oid bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan fakultativ kurs;
dorivor o‘simliklarga oi fanidan amaliy fakultativ kurslar: talabalarni bilimlarni amaliyotda qo‘llashning eng muhim usullari va usullari bilan tanishtirish;
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar davomida talaba, o‘qituvchi va o‘quv jarayonining boshqa sub’ektlarining ijtimoiy foydali faoliyatga, darsdan tashqari vaqt davomida shaxsning o‘zini o‘zi anglashiga qaratilgan vaqtidir. Talabalar tomonidan jamiyatning ijtimoiy–madaniy qadriyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish uchun ijodiy maqsadli o‘zaro ta’sir shakli sifatida sinfdan tashqari ishlarni fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy faollikni shakllantirish jarayonining asosi sifatida ko‘rib сhiqsak, shuni ta’kidlash kerakki, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, birinсhi navbatda, ushbu jarayonni amalga oshirish shartlarini e’lon qilishi va kafolatlashi kerak. Ikkinсhi dan, darsdan tashqari mashg‘ulotlar dogmatik yoki rasmiy bo‘lmasligi kerak. Uсhinсhidan, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘quvchi - talabaning ijobiy tajribasiga tayanish kerak.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar bugungi kunda asosan o‘quvchi larning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning o‘zini o‘zi boshqarish va ijtimoiy foydali tadbirlarda ishtirok etish ehtiyojlarini qondirish uchun maktab soatlaridan tashqarida tashkil etiladigan tadbirlar sifatida tushuniladi.
Sinfdan tashqari faoliyatning har bir turi: mehnat, ijodiy, sport, ijodiy o‘yinlar maktab va texnikum o‘quvchilarining jamoaviy o‘zaro hamkorligi tajribasini ma’lum bir jihatdan boyitadi va butunlay katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.
Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni shakllantirishda bir necha fanlar doirasini hamda ularni o‘qitishning metodik asoslarini shakllantirish lozim deb topildi. Bu borada:

  1. Dorivor meva-sabzavotlar etishtirish;

  2. Dorivor o‘simliklar biokimyosi;

  3. Dorivor va ziravor o‘simliklar asoslari;

  4. Dorivor o‘simliklar etishtirish va qayta ishlash;

  5. Dorivor o‘simliklar ko‘chatchi ligi va urug‘chi ligi kabi fanlar bo‘yicha metodotik bazani shakllantirish zarurati seziladi.

Tajriba sinov ishlarida Dorivor o‘simliklarni o‘qitish metodikasi “Dorivor va ziravor o‘simliklar asoslarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha elektiv kurs tashkil qilinib, pedagogik tajriba sinov ishlari amalga oshirildi.
Dissertatsiyaning “Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish asosida o‘quvchilar tibbiy savodxonligini shakllantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning natijalari” deb nomlangan uchinchi bobida pedagogik tajriba natijalarini olish uchun kuzatuv, so‘rovnoma, test o‘tkazish, og‘zaki va yozma so‘rov, yozma ish kabi turli usullardan foydalanildi. Pedagogik tajriba sinov ishini tashkil etishning texnologik hususiyatlari keng yoritilib.

Download 261.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling