Chi rchi q davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc
Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi
Download 261.67 Kb.
|
АВТОРЕФЕРАТ БЕКТАЕВА 007 23 05 23 лотин
Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. O‘quvchi talabalarda dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish asosida tibbiy savodxonlikni rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
O‘quvchi - talabalar tibbiy savodxonligini dorivor o‘simliklar yordamida shakllantirishning normativ-huquqiy asoslari ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy etish mumkinligi aniqlangan va “Fitobar yuritish”, “Farmokognoziya”, “Dorivor o‘simliklar va uni etishtirish” fanlari bo‘yicha malaka talablari, fan dasturlari yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 000346-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 mayda qabul qilingan “Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4909-son qarori bandlarini shakllantirishda amaliy asos bo‘lib xizmat qildi; Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishda o‘quvchi -talabalar tibbiy salomatligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik hususiyatlari ilmiy-nazariy asoslangan “Dorivor o‘simliklar asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirligining 2023 yil 25 fevral 237-sonli buyrug‘ining 7-ilovasi). Mazkur o‘qitish vositalari qo‘llash natijasida talabalarning dorivor o‘simliklarni tanish, ulardan foydalanish va tibbiy savodxonligi shakllantirishning samaradorlik darajasini 11,2 % ga oshishi ta’minlangan; bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modelining mazmun-mohiyati, dorivor o‘simliklarni o‘qitish orqali tibbiy savodxonlikni rivojlantirishga oid didaktik ta’minot natijasi 2020 yil 10 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi PQ-4670-son “Yоvvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda etishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining: 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab 2025/2026 o‘quv yiliga qadar o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimida dorivor o‘simliklarga oid maxsus soatlarni o‘quv rejalariga kiritilsin va o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalarga dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar kiritilishini ta’minlansin, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab maktab va oliy ta’lim muassasalarida fitobarlar tashkil etsin degan bandlarining ishlab chiqilishida foydalanilga (Qishloq xo‘jaligi vazirligi № 2023 -yil 11-may 05/05/2188-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi № 27.04.2023 йил 4/17-4/4-174-sonli ma’lumotnomasi) Natijada esa, chirchiq davlat pedagogika universiteti fakultetlari qoshida shifobaxsh damlamalar va fitobar yuritish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchi larda dorivor o‘simliklarni o‘qitishning metodik tizimi, didaktik vazifalari va pedagogik munosabatlardan iborat metodologiyasining mazmun mohiyati ochi b berilgan va ta’lim jarayonida tibbiy savodxonlikni amalga oshirishga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi natijasida fitobar yuritishda mahalliy xomashyolardan fitoichimliklar tayyorlash texnologiyasi” nomli uslubiy qo‘llanma yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi universitetining 02-07-902/04 ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsining statistik va tajriba-sinov ishlari tahliliy materiallar bo‘yicha ilmiy asoslangan nazariy xulosalar qishloq xo‘jaligi universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining A-1-230 amaliy tadqiqotlar loyihasi mazmuniga singdirilgan. Download 261.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling