Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Demokratik va xuquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublika va xorijiy mamlakatlarda kimyo va biologiya sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan talablar asosida talaba-o‘quvchi larning bilim, ko‘nikma, malaka va tibbiy savodxonligini shakllantirishga qaratilgan qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida dorivor o‘simliklarning nazariy asoslarini A.A. Axmedov, X.X. Xolmatov , V.A. Karimov, E.T. Berdiev, A.N. Xujanov, V.L.Pastushenko, A.S. Sadыkov, K.X. Xodjimatov, A.G.Asmolova, I.U.Akopov, A.I. Qosimov, O‘.A. Axmedov kabi olimlar tomonidan o‘tkazilgan. Respublikada kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar J.Yo‘ldoshev, R.Jo‘raev, O.Musurmonova, N.Muslimov, SH.Sharipov, M.Urazova, B.X.Xodjaev ishlarida aks etgan bo‘lib, ilmiy tadqiqot ishida dorivor o‘simliklardan foydalanib, tibbiy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha kasbiy kompetentlikni shakllantirishda ilmiy asos bo‘ldi.
MDX davlatlarida esa I.I. Lepexin, A.A. Kalinina, A.S Kukenov, A. S. Lebedev, D.T.Filippov, V.A.Soloveva, S.A. Mamaev, V.N.Starodubsev, S.A.SHavnin, I.V.Petrova, N.G.Kovaleva kabi olimlar dorivor o‘simliklar ustida ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Biologik ta’lim tizimining turli bosqiсhlarida tabiiy – ilmiy yondoshuvlar asosida tibiiy savodxonlikni rivojlantirish - J.O.Tolipova , G.S.Ergasheva , A.K.Raximov, M.Isabaeva, N.Bozorova, biologiya o‘qitish jarayonida o‘quvchi – talabalarning salomatligini saqlash, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning metodik asoslari: A.Malikova, I.X.Ayubovalar, A.R.Meliboev, G.S.Qayupova , M.Nishonboeva, P.O‘.Berdanova, V.Sattorov, T.T.Saparovlar tadqiq etganlar. Xorijiy olimlardan A.F. Hammerman, S. Goldman, J. Pellegrino, G.K. Lemonslar kabi olimlarning o‘simliklar va ularning dorivor hususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borgan ishlari dunyo farmokognoziyasi va uni o‘qitish metodologiyasining nazariy va amaliy jihatdan rivojlanishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |