3-jadval. Tibbiy savodxonlikni shakllantirish modeli
O‘quvchilarda tibbiy savodxonlikni rivojlantirish va uning shakllanganligini o‘rganish maqsadida dastlab mavjud kamchiliklar o‘rganildi. Ta’lim tizimidagi holatni baholash uchun ishlab chiqilgan maxsus reja asosida pedagogik tajriba – sinov ishlari olib borildi. O‘quvchilarda mavjud dorivor o‘simliklardan foydalanish asosida tibbiy savodxonlikni shakllantirish uchun dalillarni yig‘ish jarayonida ilmiy tadqiqot ishining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagi ishlar amalga oshirildi.
3-jadval Tibbiy savodxonlikni shakllantirish modeli
O‘quvchilarda dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qish asosida tibbiy savodxonligini shakllantirish bo‘yicha xarakat xaritasi amalaga oshirildi. Unga ko‘ra o‘quvchi larda rivojlantirib tibbiy savodxonlikni shakllantirish nazariyasi g‘oyalari asosida tatbiq etilgan ishlanmalar amaliyotga joriy etishini ishlab chiqish talab etiladi. Pedagogik tajriba-sinov ishlari quyidagi bosqichlarda tashkil etildi.
I-bosqich (2020-2021 yy.) dastur tatbiq etishdan oldin o‘quvchilar tibbiy savodxonlikning mavjud holatni o‘rganish, tahlil qilish va suhbatlar o‘tkazish, so‘rovnomalar orqali tajriba sinov ishlarida ishtirok etuvchi o‘quvchilarning dastlabki tibbiy savodxonlikni shakllantirishda dorivor o‘simliklarga oid fanlarning me’yoriy - xuquqiy asoslari yaratilib, darajasini aniqlandi. Bu bosqichda dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishning dastlabki zaruriyati o‘rganildi. Pedagogik tajriba sinov ishlari Xiva qishloq xo‘jaligi texnikumi, Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi, Denov Xazarbog‘ agrotexnologiyalar texnikumi, Asaka agrotexnologiyalar texnikumi, Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi, Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumidan o‘quvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Xiva qishloq xo‘jaligi texnikumi 36 nafari, Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi 28 nafari, Asaka agrotexnologiyalar texnikumi 17 nafar, Denov Xazarbog‘ agrotexnologiyalar texnikumi 13 nafar, Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi 16 nafar, Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumidan 9 nafar jami 119 nafar o‘quvchilar qatnashdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |