Chi rchi q davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc


Download 261.67 Kb.
bet13/17
Sana18.06.2023
Hajmi261.67 Kb.
#1558487
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
АВТОРЕФЕРАТ БЕКТАЕВА 007 23 05 23 лотин

II-bosqich (2021-2022 yy) tanlab olingan ta’lim muassasalarining o‘quvchilarda tibbiy savodxonlikni shakllanganligining dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganish jarayonida shakllantiruvchi tajriba – sinov ishlarini amalga oshirish ishlari olib borildi. Bunda oltita ta’lim muassasasidagi pedagogik-psixologik holat o‘rganilgach, dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish bo‘yicha metodik baza shakllantirildi va didaktik tizim ishlab chiqildi. Ikkinchi bosqichda tajribadan oldingi olingan natijalar tahlil qilinib turli innovatsion texnologiyalar orqali dars mashg‘ulotlari olib borildi va o‘quvchi - talabalarning keyingi olingan natijalari tahlil qilindi.
III-bosqichda (2022-2023) dorivor o‘simliklarshga oid fanlarni o‘qitish tizimining amaliy faoliyati kuzatildi, tadqiqotning asosiy qoidalarini qayta ko‘rib, сhiqish va shakllantiruvchi bosqichdagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va anketa so‘rovnomalari, testlar va o‘quv - uslubiy ko‘rsatmalar asosida yangi usul va vositalar orqali dars mashg‘ulotlari tashkil etilib yangi natijalar olindi, ushbu natijalar matematik statistik usullar orqali tahlil qilindi.
4-jadval
Bo‘lajak mutaxassislarning tibbiy savodxonlik kompetentligini rivojlantirish

Mezonlar

Dorivor o‘simliklarni tanish

Ulardan foydalanish kompetensiyasi

Tibbiy savodxonlik

Dorivor o‘simliklar agrotexnologiyasi kompetensiyasi

Yuqori

Dorivor o‘simliklarni tanib, ajrata oladi, sistematik guruhlarga ajrata oladi, o‘simliklarni ekologik hususiyatlarini biladi.

Dorivor o‘simliklar mahsulotlarini aniqlay oladi, ularni saqlash muddatini farqlaydi, ularning tarkibiy qismini yaxshi biladi. Qaynatma, surtma va nastoykalarni tayyorlaydi.

Dorivor o‘simliklardan farqlay oladi, dorivorlik hususiyatini biladi, ulardan dori-darmon sifatida foydalana oladi. Meva-sabzavotlardanng dorivor sifatida foydalanadi.

Dorivor o‘simliklarni urug‘ini saqlay biladi, dorivor o‘simliklaring xom-ashyosini tahlil qiladi, qayta ishlashga tayyorlab bera oladi. Dorivor o‘simliklar ekish va etishtirishni, mavsumga qarab yig‘ishni biladi.

O‘rta

Dorivor o‘simliklarni tanib, ajrata oladi, sistematik guruhlarga ajrata olmaydi, o‘simliklarni ekologik hususiyatlarini analiz va sintez qila olmaydi.

Dorivor o‘simliklar mahsulotlarini aniqlay oladi, ularni saqlash muddatini farqlagani ularning tarkibiy qismini bilmaydi. Ayrim Qaynatma, surtma va nastoykalarni tayyorlaydi

Dorivor o‘simliklardan farqlay oladi, ularning dorivorlik hususiyatini bilmaydi, ayrim o‘simliklardan dori-darmon sifatida foydalana oladi. Meva-sabzavotlardan dorivor sifatida foydalanadi.

Dorivor o‘simliklarni urug‘ini saqlay biladi, dorivor o‘simliklaring xom-ashyosini tahlil qiladi, saqlaydi va qayta ishlashda ekologik mavsum omillarini tahlil qila olmaydi.

Quyi

Dorivor o‘simliklarni tanib, ajrata oladi, sistematik guruhlarga ajrata oladi, o‘simliklarni ekologik hususiyatlarini biladi

Dorivor o‘simliklar mahsulotlarini aniqlay oladi, ularni saqlash muddatini farqlagani ularning tarkibiy qismini bilmaydi. Qaynatma, surtma va nastoykalarni umuman tayyorlashni bilmaydi.

Dorivor o‘simliklardan farqlay olmaydi, dorivorlik hususiyatini bilmaydi, ulardan dori-darmon sifatida foydalana olmaydi. Meva-sabzavotlardanng dorivorligi bilmaydi.

Dorivor o‘simliklarni urug‘ini saqlay bilmaydi, dorivor o‘simliklaring xom-ashyosini tanimaydi, qayta ishlay olmaydi. Dorivor o‘simliklar ekish va etishtirishni, mavsumga qarab yig‘ishni bilmaydi.

O‘quvchilarning dorivor o‘simliklardan foydalanish, ularni tibbiy savodxonlikni shakllantirish va rivojlantirish sohasida tadbiq etish, dorivor o‘simliklarni tanish, ulardan foydalanish, ulardan tibbiy maqsadlarda foydalanish hamda dorivor o‘simliklar agrotexnologiyasi bo‘yicha bilimlarning maqsad va vazifalarini etarli bilmasliklari, ularning zararli va foydali hususiyatlarini aniqlash.


Ilmiy o’qitish metodlari asosida salomatlikka zarar etkazuvchi omillarni bartaraf etish usullari haqida tasavvur va bilimlarning etarli emasligi bo‘lajak mutaxassislarning tibbiy savodxonlik kompetentligini rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.
Tajriba sinov ishlari natijalariga ko‘ra o‘quvchi - talabalar tibbiy savodxonlik darajasiga ko‘ra, uch toifani hosil qilishi aniqlandi.

Download 261.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling