a) biriktiruv bog’lovchilari
Uyushiq bo’laklarni va uyushiq gaplarni biriktirib keluvchi bog’lovchilar biriktiruv bog’lovchilari hisoblanadi . Ular quyidagilar : va , hamda , bilan(-la) , ham , ila , -u(-yu) , -da
Diqqat!!! So’zlashuv tilida biriktiruv bog’lovchisi sifatida ko’proq bilan(minan) so’zi qo’llanadi :
U oq bilan qorani tangigan odam edi .
O’qidi-yu , tanidan Chiqib ketdi muzdek ter . (E.Vohidov)
Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirinishdi . (Murmuhsin)
Bulardan va biriktiruv bog’lovchisi eng ko’p qo’llanadi . Bu bog’lovchi :
***gapning uyushiq bo’laklarini biriktiradi : Dimoqqa handalak va rayhon hidi urardi
***qo’shma gap qismlarini biriktiradi (bunda bir paytlilik , ketma-ketlik , sabab-natija , zidlik , qarama-qarshi qo’yish munosabati ifodalanadi) :
Pag’a-pag’a mayin qor osmondan quyilib turadi va shamolning sekin , bo’g’iq guvullash eshitiladi ;
Yarim kecha eshik g’iyq etib ochildi va chol boshiga oq avra to’n yopinib kirib keldi ;
Necha kundir yo’qoldi tinchim Va uyquga etdim alvido ;
Opasida g’azab otashi Va Zaynabda andisha g’ashi .
Biriktiruv bog’lovchilariga va , hamda sof bog’lovchilari , bilan ko’makchi-bog’lovchisi , -u(-yu) , -da , ham yuklama-bog’lovchilari mansubdir .
Bilardan ham bog’lovchisi takror holda qo’llana oladi . –u(-yu) , -da bog’lovchilari o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi .
Diqqat!!! Bilan so’zi til birliklarini teng bog’lasa(va bog’lovchisi bilan erkin almashsa) bog’lovchi , tobe bog’lasa ko’makchi sanaladi .
Karim bilan(va) Salim keldi . (bog’lovchi) ;
Karim Salim bilan keldi . (ko’makchi)
Shunday yashar : sokin , bezavol , Pastakkina tandiri bilan ,
Katta uyda kichkina bir chol , Kichkina bir kampiri bilan(ko’makchi) ;
Sen bilan men qondoshmiz(bog’lovchi).
Do'stlaringiz bilan baham: |