CHI SO’Z TURKUMLARI
Yordamchi so’z turkumlari
Atash ma’nosiga ega bo’lmagan , ma’lum bir so’roqqa javob bo’lmaydigan , mustaqil holda sintaktik vazifa bajara olmaydigan so’zlar yordamchi so’zlar deyiladi .
|
Atash ma’nosi
|
So’rog’i
|
Sintaktik vazifasi
|
Mustaqil so’zlar
|
mavjud
|
mavjud
|
mavjud
|
Yordamchi so’zlar
|
mavjud emas
|
mavjud emas
|
mavjud emas
|
Yordamchi so’zlar grammatik shakliga , grammatik vazifasiga va grammatik ma’nosiga ega .
Yordamchi so’zlar grammatik jihatdan o’zgarmaydi , ya’ni shakl yasovchilar qo’shimchalarni olmaydi .
Yordamchi so’zlar yasalmaydi , so’z yasalishiga ham asos bo’lmaydi , mustaqil holda qo’llanmaydi .
Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’laydi , ularning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklaydi .
Bog’lovchi
Sodda gap tarkibidagi uyushiq bo’laklarni va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchilar bog’lovchilar deyiladi .
Siz a’lochi va jamoatchisiz . (uyushiq kesimlarni bog’lagan)
Quyosh chiqdi , ammo havo ilimadi . (qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lagan)
Bog’lovchilar to’rt tomonlama tasnif qilinadi .
I. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari
1. Teng bog’lovchilar
Sodda gap tarkibidagi uyushiq bo’laklarni va qo’shma gap tarkibidagi teng munosabatli sodda gaplarni o’zaro teng bo’glaydi hamda ular orasida turli xil mazmuniy munosabatlarni yuzaga chiqaradi . Shunga ko’ra teng bog’lovchilar quyidagi guruhlarga bo’linadi :
Do'stlaringiz bilan baham: |