Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


Ergashtiruvchi bog’lovchilar


Download 46.38 Kb.
bet6/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar
O’zaro tobe munosabatda bo’lgan gap bo’laklari va gaplarni bog’laydi hamda ular orasida quyidagi mazmuniy munosabatlarni yuzaga chiqaradi :
a) sabab bog’lovchilari : chunki , negaki , zero , zotan , deb , deya (shuning uchun , shu bois , shu sababli)
Suvni isrof qilmang , zero hech narsa bitmas-tuganmas emas .
Qo’rqoq do’st dushmandan xavfli , chunki dushmandan ehtiyot bo’lasan , ammo do’stga ishonasan .
Diqqat!!! Yozuvda sabab bog’lovhcilaridan oldin vergul qo’yiladi .
b) Shart(to’siqsizlik) bog’lovchilari : agar(gar) , mabodo , basharti , bordiyu(dialekt) , modomiki , garchi , garchand , agarda
Agar ildiz oziq bermasa , novda ko’karmas .
Agar yana ayb qilsam , har qanday jazoga roziman .
Shundaylar bo’lmasa agar dunyoda , Bu qadar muhtaram bo’lmasdi ayol . (A.Oripov)
Aniq , toj garchi yoqut , garchi zardur , Xaloyiq boshiga bitgan zarardur .
Gar shul eshitganim bo’lmasa ro’yo , Sen ona emassan , dorsan , tabiat…
d) aniqlov bog’lovchisi : ya’ni , (-ki , -kim)
Atorud , ya’ni Merkuriy sayyorasi Sharqda shoirlar homiysi , ilhom parisi sanalgan .
“Shu’lafizo” shu’la orttiruvchi , ya’ni kuchli shu’la hosil qiluvchi degani .
Vatanimiz poytaxtida , ya’ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko’p .
Shunisi qiziqki , uyquda ham miya o’z faoliyatini to’xtatmas ekan .
Shuni bilki , seni vatan kutadi .
Shunday yashaki , hamma havas qilsin .
Shunday odamlar borki , suhbatidan olam-olam zavq olasan .
Istagim shuki , doimo tinchlik bo’lsin .
Diqqat!!! Yozuvda aniqlov bog’lovchisidan oldin vergul qo’yiladi .
e) maqsad bog’lovchilari : toki , deb , deya
Sevgan elimda dushman qolmasin deb , Sen otash ichida javlon urasan .
Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin .
Mehmonlar keladi deya (deb) , Anzirat xola dasturxon tuzatishga tushdi .
Diqqat!!! Deb va deya bog’lovchilari o’tgan zamon shaklidagi fe’llar bilan qo’llansa sabab ma’nosi , kelasi zamon shaklidagi fe’l yoki buyruq-istak maylidagi fe’l bilan qo’llansa , maqsad ma’nosi anglashiladi .

O’tgan zamon fe’li+deb=sabab

Buyruq maylidagi fe’l+deb=maqsad

Kelasi zamon fe’li+deb=maqsad

Do’stlarim kel+di deb , ko’chaga chiqdim .

Millatimiz yoshlari o’qi+sin deb , barcha imkoniyatlar yaratilgan

Mehmonlar kel+a+di deb , dasturxon tuzatdik


Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling