Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


Diqqat!!! Ham yordamchisi takror holda qo’llanib , uyushiq bo’laklardan oldin kelsa bog’lovchi sanaladi : Biz ham


Download 46.38 Kb.
bet3/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

Diqqat!!! Ham yordamchisi takror holda qo’llanib , uyushiq bo’laklardan oldin kelsa bog’lovchi sanaladi :
Biz ham ruhiy , ham jismoniy tayyorgarlikka egamiz.
Bir tovuqqa ham don kerak , ham suv kerak .
Jo’shadi buloqning kumush yoshlari , Ham mungli , ham shirin jildirashlari .
Diqqat!!! Ham yordamchisi takror holda qo’llanib , uyushiq bo’laklardan keyin kelsa yuklama sanaladi : Shifokorlar seni ham , meni ham davolashadi .
Ham yuklamasi qisqarib o’zidan oldingi so’zga qo’shib yozilishi mumkin : Bugunam , ertayam shu ish bilan shug’ullanaman .
Diqqat!!! Ham yordamchisi yakka holda qo’llanib , mutanosiblikni anglatsa hamda , va bog’lovchisi bilan erkin almashsa , bog’lovchi sanaladi :
Haftalar o’tdi ham (va) tugadi savdo .
Ishim to’g’irlanib ketdi ham (va) yerim o’zimda qoldi .
Husayn Boyqaro hazratlari shoir ham (va) olim emishlar .
O’zi balo tog’ining va ofat bulog’ining , Boshida o’ltirarmish , kun-u tun , yoz ham (va) qish .
Diqqat!!! Ham yordamchisi yakka holda qo’llanib , birgalik ma’nosini anglatsa yuklama sanaladi :
Otamni yubordingiz , men ham boraman .
Siz ham navbat kutyapsizmi ?
Bugun ham yomg’ir yog’di .
Aziz ham xabar qilgan edi .
O’qituvchimiz ham qatnashyaptilarmi ?
***Ona bilan bola—gul bilan lola . Otni soy bo’yiga bog’ladi-da (va) o’zi qayoqqadir ketdi .
Kelishardi olis-yaqin , do’st-u(va) yoron eshik chertib .
b) zidlov (to’siqsizlik) bog’lovchilari
O’zaro zidlik munosabatida bo’lgan uyushiq bo’laklar yoki gaplarni bir-biriga bog’lab keluvchi bog’lovchilar zidlov bog’lovchilari sanaladi . Ular quyidagilar : ammo , lekin(lek) , biroq , balki , holbuki , vaholangki , lekegin , esa , bo’lsa , a , bo’lmasa , -u(-yu) , -da
Diqqat!!! Balki so’zi noaniqlik , gumon ma’nolarini ifodalasa va ehtimol so’zi bilan erkin almashsa , modal so’z sanaladi .
Sen qaydan bilasan , balki(ehtimol) yulduzlar , Menga sirlarini suylayotgandir .

Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling