Chiqarishning ilmiy dolzarbligi maruza rejasi
Download 390.62 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MARUZA. KIRISH QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISHNING ILMIY DOLZARBLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi
- Fanning asosiy maksadi
1-MARUZA. KIRISH QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISHNING ILMIY DOLZARBLIGI MARUZA REJASI 1. KIRISH.FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI. 2. SOXANING ILMIY DOLZARBLIGI. 1. KIRISH.FANNING MAQSADI VA VAZIFALAIR. “Qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi” fani Qurilish materiallari texnologiyasini, yukori darajadagi texnologik liniyalarni mukammal egallash va ishlash usullari , maxalliy xom ashyolarni tozalash metodologiyasini, maxsulot kimyoviy tarkibini aniqlashning asosiy qonuniyatlari, hamda energiya resurslaridan tejamkor foydalanish asosida ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiya qilish, mavjud va yangi texnologiyalarni texnik iktisodiy baxolash metodologiyasini o`rgatishdan iborat. Fanning vazifasi – kurilish materiallari ishlab chiqarishda kechadigan fizik va kimyoviy jarayonlarni, xom ashyoni tanlashda, ularga ishlov berish usullariga ilmiy yondoshishni, energiya va resurslarni tejaydigan jarayonlarning asosini o`rgatishdir. Fanning asosiy maksadi – qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun xom ashyo tanlashni nazariy asoslari, maxsulot tarkibini loyixalashni asosiy qonunlarini bilish, qurilish materiallari va uni ishlab chiqarish texnologiyasini mukammal egallash, qurilish materiallari ishlab chiqarish buyicha ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish buyicha talabalarning bilimini chuqurlashtirish. Ishlab chiqariladigan xar bir maxsulot davlat standartlari asosida ishlab chiqariladi. Shuningdek qurilish materiallari xam maxsus davlat standartlari asosida ishlab chiqariladi. Davlatlararo kelishuvga muvofik bir davlatdagi standart ikkinchi bir davlatda ishlatilishi mumkin. Misol uchun Rossiya Federatsiyasi GOSTlari O`bekistondagi vakolatli muassasa ruxsati bilan ishlatilishi mumkin. 2.SOXANING ILMIY DOLZARBLIGI. Insoniyat xar yili 10 mlrd. tonna mineral va shuncha miqdorda organik xom ashyodan foydalanadi. Sanoat maxsuloti ishlab chiqarish sarfining 70 % xom ashyo, yonilg`i va energiya sarfiga to`g`ri keladi. Shu bilan birga xom ashyoning 10-95 % chiqitga chiqadi va ular xavoga, tuproqga va suvga tashlanadi. Misol uchun kumir sanoatida xar yili 1,3 mlrd tonna, yog`och ishlab chiqarishda 40 mln tonna, qora metallurgiyada 80 mln tonna, issiqlik elektr stantsiyalarida 70 mln tonnagacha chiqindi chiqadi. Sanoat chiqindilari atrof muxitga va tirik organizmga sezilarli salbiy ta’sir ko`rsatadi. Sanoat chiqindilari muammosini xal qilish chiqindi tarkibiga, ularning agregat xolatiga, miqdoriga, texnologik xususiyatlariga va x.z.larga bog`liq. Sanoat chiqindilari muammosini xal qilish yo`llaridan biri chiqindisiz texnologiyani joriy qilishdir. Chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish, texnologik jarayonni butunlay o`zgartirib, xom ashyoni bir necha bor qayta ishlaydigan berk tsiklni joriy qilishdan iborat. Xom ashyolarni kompleks ishlatishda bir ishlab chiqarish chiqindisi ikkinchi bir ishlab chiqarishga xomashyo bo`lishi mumkin. Xom ashyodan kompleks foydalanishda atrof muhit ifloslanish muammosi xal buladi, chiqindi tashlash joylari bo`shaydi, bir qator korxonalarning xom ashyo extiyoji qondiriladi va maxsulot ishlab chiqarishda solishtrma sarf kamayadi. Sanoat chiqindilaridan eng ko`p foydalanadigan soxa - qurilish materiallari ishlab chiqarish soxasidir. Qurilish materiallari soxasida xom ashyoning qariyb 40 % chiqindilardan olinadi. Bu xarajatlarni 10-30 %ga kamaytiradi va kapital quyilmalarni 35-50 % tejaydi. Xozirgi vaqtda sanoat chiqindilarini xar tomonlama o`rganilgan klassifikatsiyasi mavjud emas. Bu ularning kimyoviy tarkibini xar xilligi, xususiyatlari va texnologik kelib chiqishiga boglik. Xamma sanoat chiqindilarini ikkita katta guruxga ajratish mumkin: mineral (neorganik) va organik. Sanoat uchun mineral chiqindilar muhim axamiyatga ega. Mineral chiqindilar organik chiqindilarga qaraganada ko`prok o`rganilgan. P.I. Bajenov tomonidan chiqindilarni 3 ta, A. B. V guruxlarga bo`lingan. A gurux maxsulotlari (karer chiqindilari va foydali qazilmalarni boyitishdan xosil bo`lgan qoldiklar) kimyoviy minerologik tarkibga ega bo`lib, mos keluvchi tog` jinslari xususiyatiga ega. B guruxdagi moddalar – sun’iy moddalar bo`lib xisoblanadi. Ular maxsulot ishlab chiqarishda odatdagi yoki yuqori xaroratda fizik kimyoviy jarayon natijasida ikkilamchi maxsulot sifatida olinadi. V guruxdagi maxsulotlar chiqindilar yig`ilgan joylardagi boradigan fizik kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo`ladi. Bunday jinslar vakili sifatida yongan jinslarni keltirish mumkin. O`zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish yangi ishlab chiqarish quvvatlarining yaratilishi va eskilarining modernizatsiyasi bo`yicha boshqa sohalardan o`zib ketdi . Iqtisodiyot vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, 2015 yilning birinchi yarmida sohadagi yangi qurilgan yoki modernizatsiya qilingan ob’yektlar soni 660tani tashkil qildi. Bu esa hisobot davrida O`zbekistonda yangi yaratilgan yoki modernizatsiya qilingan barcha ob’yektlarning uchdan birini tashkil qiladi. Sohadagi ishlab chiqarish sur’atlarining yillik o`sishi o`rtacha 10-12 foizni tashkil qilmoqda. “O`zqurilishmollari” AK korxonalari qurilish mollarining 30 yangi turini ishlab chiqarishni yo`lga qo`ygan. Mahalliy xom-ashyo asosida qurilish materiallarini ishlab chiqarish va bu sohani rivojlantirishga doir muammolar taniqli iqtisodchi olimlaridan hisoblangan S.Fisher, R.Dornbush, P.Samuelьson va K.Xovardlarning ilmiy asarlarida qayd etilgan. Rossiyalik iqtisodchi olimlardan A.I.Rofe, A.L.Jukov, M.Yu.Gasanov, Ye.A.Sokolov va boshqalarning bu sohaga oid tadqiqotlarini ajratib ko`rsatish mumkin. O`zbekistonda qurilish sohasini rivojlantirishga doir masalalarni o`rganish bilan bog`liq fundamental-nazariy va amaliy ishlar I.A.Karimovning bir qator asarlarida keltirilgan. Shuningdek, T.Ergashev, E.Maxmudov, M.Isakov kabi olimlar asarlarida yoritilgan. Xozirgi vaqtda mamlakatimiz kurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati muammolari mavjud. Misol uchun:o`tgan asrda qurilgan bir qator korxonalardagi mashina apparatlar ma’naviy va fizik eskirgan, ularni energiya sarfi katta, unumdorligi esa nisbatan past. Chiqindilarni qayta ishlash va ulardan qurilish materiallari uchun xom ashyo olish jarayonlari mamlakatimizda yetarli darajada rivojlantirilmagan. Download 390.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling