Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
Kvirit- qadimgi Rimda to‘la huquqli fuqarolarning rasmiy nomi
Yer katta mulkdorlar qo‘lida to‘planar ekan, mayda yer egalari xonavayron bo‘la borgan. Qarzdorlar ko‘paygan, qulchilik, asorat kuchaygan, bu hol esa , eramizdan avvalgi 376- 367-yillarda plebeylar va patritsiylar o‘rtasidagi kurash yana keskinlashib ketishiga sabab bo‘lgan. Rim an’analariga ko‘ra xalq tribunlari Sekstiy bilan Litsiniy har yili bu kurashning borishi aks ettirilgan qonun loyihalarini taqdim qilganlar. Bu loyihalarni eramizdan avvalgi 367-yili xalq majlisi qabul qilib, senat ularni tasdiqlagan va shu tariqa qonun bo‘lib qolgan. Bu qonunlar jamoat yerlaridagi egalikni cheklagan. Hech bir kimsa 500 yuger ( 125 gektar) dan oshiq yerni band qilishga , jamoat yaylovida 100 boshdan oshiq yirik qoramol va 500 boshdan mayda chorav o‘tlatishga haqi bo‘lmagan . Qarzdorlarning ahvoli birmuncha vaqtgacha yengillashgan. Qarzdor to‘lagan foizlar qarz hisobiga o‘tgan. Qarzning qolgan qismi uch yil mobaynida to‘langan. Ikki konsul saylash tartibi qayta tiklangan. Ulardan biri albatta plebeylardan saylangan. Ammo bu qonunni kambag’al plebeylar qo‘llamagan. Agrar qonun asosan jamoat yerlarning ko‘p mqismiga egalik qiluvchi patritsiylarga qarshi qaratilgan. Qarzlarni qayta ko‘rish to‘g’risida qonun birinchi navbatda kambag’al plebeylar uchun foydali bo‘lgan. Ammo keyingi yillarda plebeylar bir necha marta qarzlarning foizini kamaytirishni talab qilib chiqqanlar. Eramizdan avvalgi 326-yili plebeylar yangi qonun qabul qilinishiga muvaffaq bo‘lganlar. Bu qonunga ko‘ra “qarz uchun qarzdorning tan-joni emas, mol-mulki javobgar bo‘lishi kerak”. Qarz uchun Rim fuqarosini qul qilib sotish abadulabad taqiq qilingan. Ancha rivojalngan quldorlik munosabatlariga o‘tish, chet el qullarini ekspluatatsiya qilish kuchaygan. Lekin bir qancha olimlarning fikricha eramizdan avvalgi 326-yilda faqat o‘z qabiladoshlarinigina qul qilib sotish man qilingan, amalda esa qarz asorati keyingi respublika va hatto imperiya zamonida ham davom etgan. Eramizdan avvalgi 312-yilda sensor Appiy Klavdiy ko‘rning faoliyati plebeylarning savdo, hunarmandchilik faoliyati uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ( senzorlar fuqarolarni senturiya va tribalarga bo‘lgan, senatorlarning ro‘yxatalrini tuzgan, keyinroq axloq tozaligini nazorat qilgan). Appiy Klavdiy savdogar va hunarmandlarning manfaatini ko‘zda tutib, yersiz fuqarolarning shahar va qishloq tribalariga kirishiga ruxsat bergan. Shahar plebsi bilan ozod qilingan qullarning yeri bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy nazar davlatning siyosiy hayotida ishtirok qilish huquqiga ega bo‘lganlar. Appiy Klavdiy plebsning savdogar av hunarmand tabaqalari yordamida Rimdan Kapuyagacha yo‘l qurdirgan ( bu yo‘l ham savdo ham strategik ahamiyatga ega bo‘lgan) va o‘n besh kilometr uzunlikda suv quvuri o‘rnattirgan, Rimga toza suv o‘sha quvurlardan kelgan. Eramizdan avvalgi IV asr oxiriga kelib plebeylar har qanday lavozimni ham egallay oladigan bo‘lishgan. Ammo plebeylarning siyosiy-iqtisodiy huquqlar uchun kurashi faqat eramizdan avvalgi 287-yilda tugagan. Xuddi o‘sha yili plebeylar Yangi qo‘l tepaligiga (Tibrning o‘ng qirg’og’i) so‘nggi marta ko‘chib chiqqanlar. Plebeylardan bo‘lgan diktator Kvint Gortinziy xalqni tinchlantirish uchun triba komissiyalarining qarorlari umumdavlat qonunlari kuchiga ega ekanligini yana bir karra takidlab qonun chiqartirgan. Plebey zodagonlarining asoratga solingan qaram aholini ekspluatatsiya qilishga urinishi siyosiy huquqqa ega bo‘lgan plebey aristokratlarini zaiflashib qolgan patritsiy qabilalari bilan yaqinlashtirgan, bu esa patritsiy, plebeylar yuqori tabaqasining imtiyozli yagona nobillar toifasi bo‘lib qo‘shilib ketishiga sabab bo‘lgan. Yuridik jihatdan nobillar boshqa erkin fuqarolardan farq qilmagan, ammo ular boyonlar bo‘lganliklaridan oily mansablarni ishg’ol qilgan va senat tarkibiga kirgan. Eramizdan avvalgi III asrda plebeylar orasidan yangi toifa- suvorilar toifasi tarkib topa boshlagan. Savdo va ijaradorlik bilan mashg’ul bo‘lgan Rimdagi aristokratlarning namoyondalari ana shu toifaga mansub bo‘lgan. Suvorilarga yuksak mulk senzi ( 1 million ass yoki 400 ming sestertsiy) belgilangan. Bu yangi toifaning tashqi alomayi shunday bo‘lganki , ular oltin uzuk va tor qizil chiziqli tunika kiyish huquqiga ega bo‘lgan. Lekin siyosiy hokimyatning butun imtiyozlari nobillar qo‘lida qolavergan. Rim plebeylari tubdan o‘zgargan. Endi Rim qishloqlari va shaharlarda yashovchi aholining quyi qatlamlarini plebs deb ataydigan bo‘ldilar, ular siyosiy huquqlarga ega bo‘lsalar-da, respublika ular ichidan chiqqan mansab egalariga maosh bermaganligidan amalda ular huquqlardan foydalana olmaganlar. Shunday qilib Rim jamiyatining avvalgi plebeylar va patritsiylarga bo‘linishi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Yangi sharoitdagi agrar masala katta yer egalari bilan tamomila xonavayron bo‘lishga mahkum mayda yer egalari o‘rtasidagi kurashdan iborat bo‘lgan. Plebeylarning patritsiylarga qarshi olib borgan kurashining eng buyuk yakuni urug’-qabila munosabatlaridan quldorlik davlatiga o‘tish bo‘lgan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling