Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet114/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Rim armiyasi va uning tuzilishi. Rim respublikasining harbiy sistemasi eramizdan avvalgi V asrda Rim jamoasi qo‘shni xalqlarga qarshi uzluksiz urush olib borgan sharoitda tarkib topgan.
Avval boshda Rimning butun lashkari legion deb atalgan. Keyinroq ikki konsulning har bittasi o‘ziga legion tuzib, unga qo‘mondonlik qilgan. Eramizdan avvalgi IV asrda konsul qo‘shini ikki legionga ajratilib, butun armiyada to‘rtta legion bo‘lgan.
Rimliklar dunyoning boshqa qismidagi odamlarga qaraganda boshqa odamlarni o‘ldirishda omadliroq va ta’sirliroq bo‘lishgan. Ular Italiya tizimida qo‘lga kiritgan, armiyasi uchun kata mehnat omborini hosil qilgan hamjamiyat tashkilotining bir mustahkam harbiy kuchini tashkil etdilar. Bu rivojlanish mil. avv. 340-335-yillar oralig’ida o‘zining ittifoqchisi Lotin shahar-davlatiga qarshi muvaffaqiyatli yurishi davrida boshlangan75.
Konsullar sensor tomonidan tuzib berilgan ro‘yxatga muvofiq xalq majlisi oldindan belgilangan kuni askar to‘planga. Har bir legion og’ir qurol-yarog’lar bilan qurollangan 3000 askar va yengil qurolli 1200 askardan tashkil topgan. Legionga ittifoqchilarning otryadlari ( 5000 piyoda va 900 suvoriy ) ham qo‘shilgan. Legion tarkibiga otliq askarlar ham kiritilgan. Ular ko‘proq oti bor boy kishilardan tashkil etilgan. Legion xiyla mayda qo‘shilmalardan iborat 30 ta manipulaga ajratilgan. O‘z navbatida har bir manipula 60 va 30 kishidan iborat ikkita senturiyaga ajratilgan. Legionning manipulalarga bo‘linishi natijasida vu ixcham qo‘shilmalar chaqqon harakat qilgan, ayniqasa tog’larni , past- balandliklarni uncha qiynalmay oshib o‘tgan. Legion qat’iy o‘rnatilgan tartibda saf tortgan Eng oldingi jangovor qatorni yengil qurolli 1200 ta yosh jangchi ( nayzabardorlar ) band qilgan. Ikkinchi jangovor qatorni og’ir qurolli, sal kattaroq yoshdagi 1200 jangchi tashkil qilgan. Ular prinsepslar (princeps- “ birinchilar” yoki “ asosiylar”) deb atalgan. Ulardan nariroqda yana ( og’ir qurolli, ammo xiyla tajriba orttirgan, janglarda chiniqqan va sinalgan) 600 ta triariy saf tortgan.
Jangni odatda har bir senturiga qo‘shib berilgan yengil qurolli kamalakbozlar, nayzabardorlar otryadi boshlab bergan. So‘ngra gastatlar, prinsepslar jangga kirgan va faqat xavfli holat yuz bergan taqdirdagina tiariylar jang maydonida hozir bo‘lgan (rimliklarda “ish tiariylargacha borib yetdi” degan gap bor) .
Og’ir qurolli jangchining taxta qalqoni bo‘lgan, qalqonning yuzi surp, buzoq terisi bilan o‘rab olingan, otilgan tosh va snaryadlardan saqlash uchun temir tasmalar kavsharlangan. Jangchilar boshlariga dubulg’a kiygan, ko‘kraklariga mis sipar bog’lagan, ba’zan savat kiygan, oyoqlariga esa ko‘n bo‘laklaridan o‘raganlar. Kiyimga ko‘n ishlatish arzon tushgan va harakat uchun yengil bo‘lgan. Legionerning hujum qurollari birmuncha mukammallashtirilgan bo‘lgan. U sanchish va chopish uchun mustahkam shamshir, dushmanga uzoqdan otish uchun og’ir va yengil nayzalar bilan qurollangan bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II asr oxirlarida legionerlarning asosiy quroli pilum deb atalgan otadigan qurol, uchi o‘tkir ingichka temir tayoq bo‘lgan. U dushmanning sovuti va qalqonini teshib o‘tgan.
Legionlarga konsullar, legatlar ( konsullarning urushdagi yordamchilari ) va harbiy tribunlar qo‘mondonlik qilgan. Tribunlar otryad boshliqlarini urushda ish ko‘rsatgan boshliqlardan tayinlagan, ular senturionlar deb atalgan. Senturionlar yordamchilarini o‘zlari tanlab olganlar.
Rimliklar eramizdan avvalgi III asrda ellinistik texnika bilan tanishib, ulardan qamal qurollarini ishlatishni o‘rganib olganlar. Qo‘rg;onlarni qamal qilganlarida ular manjaniqlardan, g’ildirakli qamal minoralari, o‘q-yoy va 45⁰ burchak ostidagi g’o‘lalarni ham ishlatganlar.
Legionlar to‘xtab turgan paytlarda rimliklarning qulay lager qura bilganliklari harbiy san’atda faxrlansa arziydigan mahoratdir. Ularning lageri bir-birini kesib o‘tgan ikki chiziq bilan bo‘lingan to‘rtburchak hosil qilgan. Bu chiziqlar lagerning katta ko‘chalari bo‘lib, ko‘cha boshlariga darvozalar qurilgan. Legion qo‘mondonining chodiri, qurbongoh va majlisgoh lagerning qoq markazida bo‘lgan. Lager suv va oziq- ovqat bilan ta’min etiladigan katta ko‘chalardan biriga parallel tarzda tribunlarning chodirlari va ulardan 100 fut narida legionerlarning chodirlari joylashtirilgan. Xandaq, ko‘tarma va qoziq devor bilan o‘rab olingan hamda soqchilar qo‘riqlab turadigan lager dushman hujumidan yaxshi himoya qilingan va xavf-xatardan holi bemalol dam oladigan joy bo‘lgan. Rimliklar puxta o‘ylab ishlanilgan rag’batlantirish tadbirlari va jazo choralari vositasi bilan legionerlar orasida qattiq intizom o‘rnatganlar. Konsul jangda ish ko‘rsatgan jangchini askarlarlar orasida maqtab , faxriy nayza, oltin yoki kumush bilakuzuk, bronza sovut bilan mukofotlangan. Rim fuqarosini o‘limdan qutqargan jangchi eman bargidan yasalgan chambar bilan, qamal qilingan shahar devoriga yoki dushman kemasiga birinchi bo‘lib chiqqan va dushman lageriga birinchi bo‘lib qadam qo‘ygan jangchi esa oltin chambar bilan mukofotlangan. Ammo yer uchastkasi legionerlar orzu qilgan eng zo‘r mukofot bo‘lgan.
Harbiy boshliqlar aybli ish qilib qo‘ygan jangchini jazolashga haqli bo‘lganlar. Jangda qurolini yo‘qotib qo‘ygan jangchini tribunlar kengashi hatto o‘lim jazosiga ham hukm qilgan. Jang vaqtida chekingan yoki qo‘zg’olon qilgani uchun qo‘mondonlar eski “ detsimatsiya” odatini qo‘llaganlar, ya’ni chek tashlab har o‘n jangchidan birini qatl qilganlar.
Mayda ziroatchilar bilan to‘ldirilib turadigan Rim respublikasining armiyasi intizomli va yaxshi qurollangan bo‘lgan. Bu armiya eramizdan avvalgi III-II asrlarda ellinistik davlatlarning armiyalarini ham tor-mor keltirgan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling