Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samniy urushlari.
Keltlar (gallar) hujumi . G’arbiy va O‘rta Yevropa yerlarining bir qismida yashagan jangovar( gall) kelt qabilalarining hujumi Rim hududining kengayib borishiga barham bergan. Eramizdan avvalgi V asrda keltlar Alp tog’larini oshib o‘tib, Apennindan shimoldagi viloyatlardan surib chiqargan va Po daryosi sohillariga o‘rnashgan. Keltlarning hujumi Italiya qabilalari va hatto etrusklarni ham Rim jamoasi atrofiga birlashishga majbur etgan. Rimliklar “galla ” deb atagan keltlar etruriyaga bir necha hujum qilganlaridan keyin eramizdan avvalgi 390-yilda Rimga otlanganlar. Rimga yaqin oqadigan Alliya daryosi bo‘yidagi jangda gallar rimliklar qo‘shinini tor-mor keltirganlar.
Gallar bosririb kirgach markaziy Italiyani yer bilan yakson qilganlar, istilochilar o‘t qo‘yib butun Rimni yondirib yuborganlar, unda Kapitoliydagi tosh qo‘rg’on omon qolgan , xolos. Gallar Kapitoliy tepaligini qamal qilishga kirishganlar. Tunlardan birida gallar Kapitoliyni ishg’ol qilishga uringanlarida ma’buda Yunon ibodatxonasidagi g’ozlar g’ag’illab shovqin ko‘targan. Kapitoliy himoyachilari g’ozlar shovqin ko‘targan joyga kelib, gallarni uloqtirib tashlaganlar. Bu holat “Rimni g’ozlar qutqazgan” degan afsonaning to‘qilishiga sabab bo‘lgan. Gallarning hujumi to‘g’risidagi rivoyatlarda noaniq ma’lumotlar ko‘p uchraydi. Ammo Alliya qirg’oqlarida jang bo‘lgani, Kapitoliyning qamal qilingani, Rim to‘lov bergandan keyin gallarning Rimdan qaytib ketgani haqiqiy voqealardir. Keyinchalik gallar yana bir marta Rimga hujum qilishga uringanlar, ammo bu urinish natijasiz bo‘lgan, shundan keyin eramizdan avvalgi 334-yilda ular rimliklar bilan sulh shartnomasi tuzganlar. Samniy urushlari. Gallarning hujumi Rimning Latsiydagi ta’sirini bo‘shashtirgan. Latinlar ittifoqi deyarli buzilib ketgan. Ba’zi latinlar qo‘llab turgan volsklar bilan bo‘lgan urushlarda rimliklar Latsiyda ilgarigi mavqe’larini tiklab olganlar. Eramizdan avvalgi IV asr o‘rtalaridagina Latsiy shaharlari Rim bilan ittifoqchilik munosabatlarini tiklaganlar. Janubiy etruriya ham bo‘ysundirilgan. So‘ngra uzoqqa cho‘zilgan samniy urushlari boshlangan. Bu qabilalar o‘rta Italiyaning bir qismi bo‘lgan, sharoiti o‘gir, Samniumda yashaganlar. Samniylar chorvachilik (ayniqsa, yilqichilik ) , ovchilik bilan mashg’ul bo‘lgan, ular temirga ishlov berishni bilganlar. Ular sirakuza bilan Karfagenni yollanma qo‘shinlar bilan ta’min etib turgan, bu qo‘shinlar o‘zlarining yuksak jangovarlik sifatlari bilan nom chiqargan. Samniy drujinalari talonchilik maqsadida boy Kampaniya shaharlariga hujum qilib turgan. Eramizdan avvalgi IV asr o‘rtalarida ular bilan Kampaniya viloyatida yashovchi qabilalar o‘rtasida doim urush bo‘lib turgan. Rimliklar ana shu urushlardan Gall- xo‘roz deganidir. Keltlar dubulg’alariga xo‘roz patlarini qadab qo‘yganliklari uchun rimliklar ularni masxaralab shunday nom berganlar. foydalanib samniylar federatsiyasiga qarshi urush olib borganlar, ular bu kurashlari natijasida samniylarni surib chiqarib unumdor Kampaniya yerlarini shuningdek, samniylar ishg’ol qilib turgan yerlarni ham tortib olish orzusida bo‘lganlar. Eramizdan avvalgi 343-341-yillarda samniylar bilan bo‘lgan birinchi urush natijasida Rimliklar Kampaniyani o‘zlariga bo‘ysundirganlar. Eramizdan avvalgi 340-338-yillarda latin ittifoqiga kirgan shaharlar bilan Rim o‘rtasida latin urushi bo‘lib o‘tgan. Latin urushiga sabab latin shaharlarining Rim gegemonligini ag’darib tashlashga, uni latin ittifoqining oddiy a’zosiga aylantirishga uringanliklari , shuningdek, latinlar bilan rimliklarning Kampaniyadan manfaatdorliklari to‘qnash kelganligi bo‘lgan, negaki Kampaniyaning unumdor yerlari rimliklarning ham, latin plebslarining ham diqqatini jalb qilib kelgan. Latin shahalari bilan Italiya qabilalari ittifoq bo‘lib Rimga qarshi chiqishgan. Lekin rimliklar kampaniyaliklar bilan bir tomonlama sulh tuzib bu ittifoqni bo‘shashtirishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu sulhga muvofiq Kapuya zodagonlariga Rim fuqarosi huquqi berilgan. So‘ngra latinlar bilan volsklarning qarshiligi sindirilgan. Latsiya saharlari Rimga qaram bo‘lib qolgan. Ulardan ba’zilari Rim fuqaroligi huquqiga ega bo‘lgan, boshqalari hamma huquqlarda rimliklar bilan teng qilingan bo‘lsalar-da, komissiyalarda ishtirok qilishga haqlari bo‘lmagan. Kurashda qattiq qarshilik ko‘rsatgan shaharlar o‘z hududlarining bir qismini Rimga berishga majbur bo‘lgan. Volsklarning shaharlari koloniyalarga aylantirilib, volsklarning o‘zlari tog’lik joylarga surib yuborilgan. Samniy qabilalarining federatsiyasi Rimning Italiya markazida birdan-bir dushmani bo‘lib qolgan. Samniylar bir qancha itlatiy qabilalaridan Rimga qarshi ittifoq tuzganlar. Ikkinchi samniylar urushi boshlangan(Eramizdan avvalgi V327-304-yillarda davom etgan) . Rimliklar Kampaniyada g’alaba qilgandan keyin Samniyumga bostirib kirganlar. Bu yerda eramizdan avvalgi 321-yilda samniylar Kavdiy shahri yaqinida tor o‘rmon daraligida ikki konsulning armiyasini ham qurshab olganlar. Rimliklar og’ir shartlar bilan taslim bo‘lganlar va Samniumni tashlab chiqishga va’da berganlar. “Rim shavkatiga va Rimning harbiy ruhiga qat’iy barham berish uchun” barcha Rim jangchilari ulardan tortib olingan qurol-yarog’larda terib solingan o‘ziag xos g’alati darvoza tagidan- “zulm tagi” dan o‘tkazilgan. Ammo rimliklar va’dalariga vafo qilmay urush harakatlarini yana boshlab yuborganlar va bu urush rimliklar foydasiga burilish bo‘lmaguncha davom etavergan. Eramizdan avvalgi 304 yilda tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq Kampaniya rimliklarga o‘tgan. Uchinchi samniylar urushi (eramizdan avvalgi 298-290-yillar ) juda ham katta qiyinchiliklar bilan o‘tgan . Samniylar yana ittifoq tuzganlar. Bu ittifoqqa etrusklar , gallar, umbralar kirgan. Ular Rimga qarshi “g’azot” urushini e’lon qilganlar. Oq bo‘zdan tikilgan motam kiyimlarini kiygan samniylar g’oyat zo‘r sabot bilan urush qilganlar. Ammo yaxshi tashkil etilgan Rim polisi qo‘shinlari g’alaba qilgan. Eramizdan avvalgi 288-yilda huvillab qolgan, qonga belangan, shafqatsizlik bilan g’azot qilingan va kuydirilib vayron etilgan Samniumni Rimliklar o‘zlariga bo‘ysundirganlar. O‘sha yillar ichida rimliklar shimoliy Italiyani ham o‘zlariga tobe qilganlar. Shuningdek, etrusk shaharlari ham Rim ittifoqchilariga qaram bo‘lib qolgan. Urushlar natijasida eramizdan avvalgi IV asr o‘rtalariga kelib butun o‘rta Italiya , ya’ni Po daryosidan tortib to Lukaniya chegarasigacha bo‘lgan yerlar Rim hukmronligi ostiga o‘tgan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling