Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
Rim- Italiya konfederatsiyasi. Rim istilo qilgan yerlarni idora qilish tartibi sekin- asta, eramizdan avvalgi V-III asrlar davomida tarkib topgan. Rim polisining imtiyozli holatda bo‘lganligi bo‘ysundirilgan Italiya qabilalari , xalqlari va shaharining qaramlik darajalari turli – tumanligi va ularga berilgan huquqlarning ham xilma –xilligi Rim idora tartibining o‘ziga xos xususiyatidir. Istilo qilingan Italiya aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot darajalari xilma – xil bo‘lganligidan ularning huquqiy ahvoli ham xilma-xil bo‘lgan.
Rim fuqarlari yashagan koloniyalar huquq jihatidan ko‘proq imtiyozlardan foydalangan. Koloniyalar aholisi Rim xalqining bir qismi bo‘lib, fuqarolik huquqlariga ega bo‘lgan. Koloniyalar ayniqsa , urushda qattiq qarshilik ko‘rsatgan qabilalar, xalqlar va shaharlardan qortib olingan yerlarga joylashtirilgan. Koloniyalarda yashovchi Rim magistratlarini saylashda ishtirok qilganliklari uchun ular shu magistratlar tomonidan idora qilinishi lozim deb qaralgan. Shuning uchun ham koloniyalarning o‘z ichki idorasi bo‘lmagan. Bunday idora tashkiloti ba’zi koloniyalar uchun amalda noqulay bo‘lgan va ulardan ba’zilari avtonom huquqlarini olgan. Koloniyalar doimiy harbiy garnizonlardan iborat bo‘lganligi uchun istilo qilingan Italiya viloyatlarida Rim hokimiyatini mustahkamlashga yordam berishlari lozim bo‘lgan. Ko‘p zamonlardan beri Rim davlati tarkibida bo‘lib mustaqil yashab kelgan Italiya jamoalari , ya’ni munitsipiallar ikkinchi guruhni tashkil qilgan. Ular o‘zlarining ichki idoralariga ega bo‘lgan. Munitsipiallar aholisi o‘z magistratlarini shahar kengashini saylashga, xalq majlislarida qatnashishga haqli bo‘lgan. Keyinchalik ular Rim fuqarolik huquqlaridan ham foydalanadigan bo‘lganlar. Ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan jamoalar qaramlikning bundan keyin turadigan pastki bosqichiga mansub bo‘lgan. Ularning o‘z-o‘zini idora qilish tashkiloti bo‘lsa-da ; huquqlari cheklab qo‘yilgan: ularning a’zolari komissiyalarda ishtirok qila olmagan, magistrat qilib saylana olmagan. Jamoaning hayoti Rim vakillari nazorati ostida bo‘lgan. Ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan. Jamoa a’zolari va nikoh huquqlarida Rim fuqarolari bilan teng bo‘lgan. Rim ittifoqchilari eng ko‘p sonli guruhni tashkil etgan. Ularning ahvoli har xil shartnomalar bilan belgilangan. Ittifoqchilarning ko‘pi olib borilgan urushlarda ishtirok qilishi majburiy bo‘lgan, boshqalari esa Rimga hujum qilingan taqdirdaginagina unga yordam bergan. Ittifoqchilar Rimga yordamchi qo‘shin ( “qon solig’i”) bergan va ularni boqqan. Rasmiy jihatdan ular ba’zi bir mustaqilliklarga ega bo‘lgan. Rim va latin ittifoqi shaharlari ta’sis qilgan latinkoloniyalari ham avtonomlik huquqlaridan foydalangan. Latin koloniyalaridan Rimga ko‘chib kelga kishilar Rim fuqarolik huquqiga ega bo‘lgan. Rim urush qilgan vaqtda ular Rimga alohida ittifoqchi atryadlal berganlar. Rimga qattiq qarshilik ko‘rsatgan va hech qanday shartsiz g’olibga taslim bo‘lgan qabilalarning huquqlari ayniqsa cheklab qo‘yilgan. Taslim bo‘lgan qabila a’zolari yerlarining 1/3 qismidan tortib 2/3 qismigacha Rimga berganlar, avtonom tashkilotlari bo‘lmagan , o‘zaro aloqa qilishdan, savdo va nikoh munosabatlaridan mahrum qilishgan, qurol-yarog’ taqishga haqlari bo‘lmagan. Rim davlatidagi ittifoqchi jamoalarning ahvolini yuridik jihatdan klientellerning ahvoli bilan tenglashtirsa bo‘ladi, chunki ular ham kliyentlar kabi to‘la huquqli deb hisoblanmasa-da , har holda erkin fuqaro bo‘lgan. Italiyada tarkib topgan idora tartibi juda epchil bo‘lgan. Hammadan ham ko‘ra bu tartib Rim uchun qulay bo‘lgan. Rimliklar qadimgi urug’doshlik aloqalarini yemirib, Italiyaning butun aholisini qaramlik va tobelikning turli bosqichiga qo‘yib, huquqda tengsiz jamoalarning bir – birlari bilan raqobatlashish va o‘zaro dushmanlik vaziyatini vujudga keltirganlar. Bo‘ysundirilgan Italiya xalqlarining yerlari davlatga qarashli jamoat dalalariga aylantirilgan. Jamoat dalalari odatda din fuqarolari o‘rtasida taqsim qilingan. Taqsim qilib berilgan yerlarning ko‘pi patritsiylar va zodagon plebey urug’i a’zolari qo‘liga tekkan. Yerlarning konsentratsiya jarayoni davlat ( jamoa) yer egaligining siqib chiqarilishiga , katta yer egalari bilan mayda yer egelari o‘rtasida kjurashning keskinlashishiga olib kelgan. Kolonistlar ( ko‘proq Rim plebeylari davlat yer fondidan chek yerlar olgan. Yerlarni ular va omon qolgan mahalliy aholi haydab ekkan. Koloniyalar ta’sis qilinishi mayda va o‘rta italiy dehqonlari tabaqasini vujudga keltirgan. Rim respublikasi yashagan birinchi asrlarda quldorlik munosabatlarining taraqqiysi u munosabatlarning patriarxal formalaridan sekin- asta klassik formalariga o‘tishi bilan harakterlanadi. Eramizdan avvalgi V-III asrlarda Rimning Italiyada olib borgan urushlari natijasida chet qabila va chet yerlik qullar soni ko‘paygan. Etrusklarning Veyyami shahri bilan bo‘lgan urush vaqtida rimliklar 8 ming kishini asir olganlar va qul qilib sotib yuborganlar. Eramizdan avvalgi 306-yilda, Tit Liviyning aytishicha, asir olingan 7 ming samniy qul qilib sotilgan. Biroq Italiyaning Rim urushib o‘ziga bo‘ysundirgan ko‘pgina qabila va elatlari erkin bo‘lib qolavergan, chunki qullar mehnati ko‘pincha hali katta foyda keltirmagan. Qullikning dastlabki boshqa bir manbai avvalgicha qarz asorati bo‘lib qolavergan. Qarz qulligining saqlanib qolishiga qishloq aholisini o‘z yerlarida dehqonchilik qilishdan hiyla vaqtlargacha ajratib qo‘ygan uzluksiz urushlar va dehqonlar ixtiyoridagi yerlar juda kam bo‘lganligi ham sabab bo‘lgan. Rim o‘ziga bo‘ysundirgan ba’zi Italiya xalqlarining qaramlik formalari Spartanlar ilotiyasini eslatgan. Shunday qilib klassik qullikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi Italiyadagi quldorlik munosabatlarining xilma xilligini yo‘q qilmagan. Quldorlikning o‘sishi , g’oyat shafqatsiz muamalaga duchor qilingan boshqa qabila chet yerlik qullarning ko‘payishi qullarning huquqiy ahvoliga o‘zgarishlar kiritilishini taqazo qilgan. Eramizdan avvalgi III asr boshiga kelib tamomila xo‘jayin ixtiyoridagi buyum deb qaralgan qullarning butunlay yuridik huquqsizligini belgilab bergan yangi huquq normalari tarkib topgan. Qul yoki uy hayvonini o‘ldirgan yoki mayib qilgani uchun bozor narxi yuzasidan jarima solingan. Qul keltirgan zararni xo‘jayin to‘lagan, xolbuki, XII jadval qonuniga muvofiq qul javobgar bo‘lgan . Shunday qilib, huquq normalarining rivojida : qullarning yuridik jihatdan huquqsizligini qonunlashtirish , ularni fuqarolar hayoti va siyosiy hayotdan o‘chirib tashlash mayli bo‘lganligi aniq ko‘rinib turibdi. Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikda qullar mehnatidan tobora kengroq foydalanila boshlagan. Qullar qurilish ishlariga , Rim flotida eshkakchilikka jalb qilingan. Davlat ixtiyoridagi qullar kohinlar kollegiyasiga kiritilgan, xudoga qilinadigan ibodatlarda kohin yordamchisi vazifasini bajargan, jarchilik, jallodlik qilgan va hakozo. Davlat ixtiyoridagi qullar xususiy shaxslarning qullaridan ko‘ra ba’zi imtiyozlarga ega bo‘lgan. Davlat ixtiyoridagi qullar ma’lum moyana olganlar, ayrim hollarda Rim sudiga shikoyat qilishga haqli bo‘lganlar. Qullar ilk respublika davridayoq xo‘jalik munosabatlarida bir xil bo‘lmagan. Ba’zilarining moddiy vositalari bo‘lmagan, demak,shu bilan ular to‘lov berib ozod bo‘lish imkoniga ega bo‘lganlar. Eramizdan avvalgi IV-III asrlarda Rim jamiyatining murakkab sinfiy va sotsial tuzilishi tarkib topgan. Rim jamiyati erkin kishilar va qullarga bo‘lingan. Erkin kishilar o‘z navbatida , nobillarga ( oily magistratlik mansablarini , Rim senatida senatorlikni egallagan kishilarga ) , suvorilarga va juda ko‘pchilik qishloq va shahar plebsiga : mayda dehqonlar va shahar hunarmandlariga bo‘linganlar. Erkin kishilar ichida kam huquqli guruhlar: ozodlikka chiqarilgan qullar, kliyentlar, asoratga solingan erkin kishilar bo‘lgan. Ulardan ba’zilari erkin kishilar bilan qullar o‘rtasidagi muallaq holatda bo‘lganlar. Ular o‘zlarining sobiq xo‘jayinlariga ma’lum to‘lov berib, xo‘jayinlarining ba’zi ishlarini bajarib turganlar, ular yana qullik holatiga qaytishlari mumkin bo‘lgan. Shunday qilib Rim jamiyatining tuzilishi doim o‘zgarib turuvchi holatda bo‘lgan: yangi to‘la huquqli, kam huquqli guruhlar, yangi toifalar bo‘lgan. Rim rivoyatlarida eramizdan avvalgi V asrda odatda o‘z ta’sirini mustahkamlab olishga uringan biron zodagon boshchiligida qullarning shahar plebsi bilan birlikda qo‘zg’alon qilganligi to‘g’risida ma’lumotlar saqlangan. Eramizdan avvalgi IV-III asrlar davomida qullar plebsning iqtisodiy va siyosiy huquqlar uchun olib borgan kurashlarida bir necha bor qatnashgan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling