Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Tarent bilan kurash. Janubiy Italiyaning zabt qilinishi
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
Tarent bilan kurash. Janubiy Italiyaning zabt qilinishi. Eramizdan avvalgi III asr boshlariga kelib Apennin yarim orolining janubida joylashgan , o‘zaro urushlar va janubdagi qabilalarning tazyiqi bilan madori ketgan grek shaharlarigina Rimga tobe bo‘lmay mustaqil yashab kelgan. Ammo bu shaharlarning ba’zi birlarida Rim bilan ittifoq tuzishga moyil zodagonlar to‘dasi paydo bo‘lgan.
Markaziy Italiyada va Tibr daryosi bo‘yidagi Rim shahar-davlati Italiyani birlashtirish uchun muhim harbiy chora tadbirlarni amalga oshirdi. Oxir oqibatda Rim O‘rtayer dengizinining qolgan qismini va janubi-g’arbiy Osiyoning bir qismini o‘z qo‘lida to‘pladi. Rimlik zodagonlar dunyoning qolgan qismi uchun “madaniyatli” deb hisoblangan yunon madaniyati va tilini ko‘rdilar. Shunday bo‘lsa-da, rim zodagonlari bu tushunchani qarshilik, muhokama va tashvish bilan qabul qilmadi76. Furiy shahrida yuz bergan voqealar Rimning Italiya janubidagi Grek shaharlarining ichki ishlariga aralashuviga bahona bo‘lgan. Eramizdan avvalgi III asrning 80 –yillarida lukanlar qabilasi Furiyga hujum qilgan. Furiy shahri boshqa grek shaharlari bilan raqobatda bo‘lganligidan, u yordam so‘rab grek shaharlariga emas, balki Rimga murojaat qilgan. Rimliklar Furiyning murojaatidan Italiya janubida o‘z ta’sirlarini o‘rnatish uchun foydalanganlar. Ular lukanlarni tor-mor qilib o‘z garnizonlarini shaharga olib kirganlar. Rimliklarning bu ishi boshqa grek shaharlaridagi demokratlarning g’azabini qo‘zg’agan. Tarent aholisi shahar gavanida turgan rimliklarning kemalariga to‘satdan hujum qilib Furiyga jo‘naganlar va u yerdan rimliklar garnizonini haydab yuborganlar. Eramizdan avvalgi 281-yilda Rimning Tarentga qarshi ochiqdan – ochiq urushi boshlangan. Tarentliklar yordam so‘rab Epir podshosi Pirrga murojaat qilganlar. Shuhratparast va qallob Pirr g’oyat qobiliyatli sarkarda sifatida mashhur bo‘lgan. Ammo shu bilan birga u no‘noq siyosatchi bo‘lgan. Pirr Tarentning taklifini bajonidil qabul qilgan. Chunki bu taklif uning Apennin yarim orolida o‘z hukmronligini o‘rnatish haqidagi shuhratparastlik orzusiga mos tushgan. Eramizdan avvalgi 280-yilda Pirr o‘zining zamonaviy ellinistik harbiy texnika bilan qurollangan, tanlangan fessal otliq askarlari va Apennin yarim orolida bungacha sira ko‘rilmagan jangchi fillar bilan ta’minlangan qo‘shini bilan Italiyaga kirib kelgan. Gerakleya shahri yaqinidagi birinchi qonli jangda Pirr g’alaba qilgan. U Kampaniya va Samnium orqali yurib, Rim ostonasigacha borib yetgan. Pirr shaharga hujum qilishga botina olmay sulh taklif qilgan, uning taklifiga ko‘ra grek shaharlari mustaqil bo‘lib qolishi lozim bo‘lgan. Ammo Rim senati greklarga qarshi kurash uchun Karfagen bilan harbiy ittifoq tuzishga tayyorgarlik ko‘rib bo‘lgan ekan. Buning ustiga tarent va boshqa grek shaharlarining aholisi Pirrdan norozi ekanligi ham ma’lum bo‘lib qolgan. Shunga ko‘ra senat Pirrning taklifini rad qilgan. Eramizdan avvalgi 279-yilda 2 kunlik hal qiluvchi jang Auskul shahri yonida bo‘lgan. Pirr yana Rim qo‘shinalrini tor-mor keltirga, lekin bu jangda u haddan tashqari ko‘p jangchilarini yo‘qotib, “ Agar biz rimliklar ustidan yana bir marta g’alaba qilsak, u holda tamomila halok bo‘lamiz”- deb qichqirib yuborgan ekan. Auskul jangidan keyin Pirr rimliklar bilan yana jang qilishdan bo‘yin tovlab, xiyla tez va osonlik bilan muvaffaqiyat qozonish niyatida Sitsiliyaga yo‘l olgan. Pirr boshda , darhaqiqat, karfagenliklarni bir necha marta mag’lubiytatga uchratgan. Ammo uning sitsiliyaliklarning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashishi va Krfagenni zabt qilib, o‘z monarxiyasining bir qismiga aylantirish rejasi uning sitsiliyaliklar bilan aloqasi tamomila buzilishiga sabab bo‘lgan. Sitsiliyada karfagenliklar armiyasi muvaffaqiyatli harakat qila boshlagan, eramizdan avvalgi 275-yilning bahorida Pirr italiy greklariga yordam ko‘rsatishni bahona qilib orolni tashlab ketgan va yan Italiyaga borib tushgan. Samniumda Benevent shahri yaqinida Pirr bilan rimliklarning qo‘shinlari o‘rtasida so‘nggi marta jang bo‘lgan. Rim legionerlari fillarni o‘tli o‘qqa tutib , ularni qochishga majbur etgan. Fillar o‘tdan qutilish payida Pirr askarlarini bosib , ezib orqaga qarab qochavergan. Pirr tamomila mag’lubiyatga uchragandan keyin, Italiyani tashlab , Gretsiyaga jo‘nagan, u yerda eramizdan avvalgi 272-yilda Makedoniya taxti uchun kurash boshlagan va Arg’os shahrining ko‘cha janglarida halok bo‘lgan. Aleksandrning qisqa muddatli hukmronligidan keyin kamida besh asr davomida yunon madaniyati g’arbdagi Rimdan sharqdagi Gangagacha butun yo‘l bo‘ylab aks etdi77. Eramizdan avvalgi 272-yili rimliklar Italiya janubidagi mustaqillikning so‘nggi tayanchi bo‘lmish Tarent shahrini avvalo qamal qilib , so‘ngra ishg’ol qilganlar. Rimliklar Italiya janubida o‘z hukmronliklarini mustahkamlash maqsadida Brundiziy portini qurganlar. Unga harbiy yo‘l o‘tkazganlar va yo‘l bo‘ylab bir necha koloniya qurganlar. Eramizdan avvalgi III asrning 60-yillariga kelib, Rimning Italiyada olib borgan urushlari tugagan. Sizalpina Galliyasi chegarasidagi Rubikon daryosidan tortib Messina bo‘g’ozigacha bo‘lgan yerlar, xullas butun Italiya Rimga bo‘ysungan. Rim Tibr daryosi bo‘yidagi kichkina bir jamoadan O‘rta dengizdagi qudratli bir davlatga aylangan. Rim istilolarining muvaffaqiyatini ta’minlab bergan sabablar Rim armiyasining jang qobiliyati yuksak bo‘lganligidir. Rim jamoasining asosiy qismini tashkil etgan qishloq aholisi yangi yer uchastkalariga ega bo‘lish niyatida urushlarning g’alaba bilan tugashidan manfaatdor bo‘lgan. Muvaffaqiyatning yana bir sababi Rim dushmanlarining zaif bo‘lganligidir. Rimga qarshi chiqqan qabilalar, xalqlar va shaharlar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan tarqoq bo‘lgan. Ular bir paytning o‘zida birgalashib harakat qilmagan, ayrim-ayrim harakat qilishgan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling