Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet71/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Tayanch tushunchalar: Van, Xitoy mifologiyasi, Konfutsiylik, Oq ot ibodatxonasi, In yozuvi, Sima Syan, musiqa, poeziya, portrеt san'ati, Pifagor tеorеmasi, igna bilan davolash, sutralar, tosh do‘mbiralar, Shanyan, iеrogliflar, kabisa yili, oliy xudo.


Mustahkamlash uchun savollar:

1. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi qaysi hududda shakllangan?


2. Nеchanchi yilda In davlati inqirozga yuz tutdi?
3. Xitoyda nеchanchi asrda tеmir kеng tarqaldi?
4. Qadimgi Xitoyda qaysi fan rivojlandi?
5. In bеlgilarining hozirgi Xitoy iеrogliflaridan nеchchi xil farqli tomoni bor?
6. Xitoy O‘rta Osiyodan qaysi dinni qabul qilib oldi?

Ma`ruza№20,21


Mavzu: Krit – minoy svilizasiyasi
Reja:

  1. Egey dunyosi madaniyati.

  2. Krit madaniyati.

  3. Iqtisodiy-ijtimoiy hayot.

  4. Miken madaniyati.

  5. Gomer davri Yunonistoni.

  6. Kiklad madaniyati.



1. Egey dunyosi madaniyati. Er. avv. III-II ming yilliklarda Dunay ortidan yunonlarning keyingi avlodlari Bolqon yarim oroliga bostirib kirdilar. Bu davrda Bolqon yarim oroli va unga yaqin orollarda kariylar, leleg va pelasglar yashaganlar.
Krit-Miken madaniyati ingliz arxeologi Artur Evansning (1851-1941) Krit orolida olib borgan arxeologik qazishmalari, G. Shliman (1822-1892)ning Kichik Osiyodagi Hissorlik tepaligida Troya shahri xarobalarini qazib ochishi, Yunoniston janubida Mikena va Tirinf shaharlarining arxeologik qazishmalari natijasida ma’lum bo`ldi. Artur Evans Krit orolidagi Knoss saroylarini ochib, Kritning afsonaviy podshosi Minoy nomi bilan atalgan ajoyib Minoy madaniyati manzarasini yaratdi.
Bundan tashqari, Amorgos, Paros, Sifnos, Siros, Naksos, Tera, Melos kabi Egey orollaridagi ko`pgina madaniy yodgorliklar ochildi. Natijada er. avv. II ming yillikgacha Sharq xalqlari yaratgan va bu xalqlar yutuqlarini ijodiy o`zlashtirgan, yunonlargacha bo`lgan axeylarning Miken madaniyati deb atalgan madaniyatini yaxlit ko`rinishi shakllantirildi.
Gretsiyaning materik qismida va Egey dengizining Kiklada orolida mustahkam aholi punktlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlanadigan kichik hududlarda mahalliy hokimlar joylashgan. Krit va Kiklada orollarida metallurgiya ancha rivojlangan54.
Qadimda Egey havzasida uch madaniy birlik mavjud bo`lgan:
1. Eng qadimgi Krit yoki Minoy madaniyati (er. avv. 3000-1200-yillar, markazi Krit).
2. Orollardagi Kiklad madaniyati.
3. Bolqon Yunonistonidagi Miken madaniyati.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling