Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
3. Iqtisodiy-ijtimoiy hayot. Kritning ijtimoiy-siyosiy munosabatlari to`g`risida aniq ma’lumot yo`q. Qadimgi Krit jamiyatida qullar bo`lgani taxmin qilinadi. Kritda qul mehnatidan podsho xo`jaliklarida foydalanilgani, xonaki qulchilik mavjud bo`lgani faraz qilinadi. Er. avv. III ming yillikga borib taqaladigan Messara vodiysida mavjud bo`lgan guruhiy qabrlar, Vasilikadan topilgan ikki qavatli uylar jamoa munosabatlarining uzoq vaqt mavjud bo`lganligidan dalolat beradi.
Orolda qishloq xo`jaligi yaxshi yo`lga qo`yilgan. Topilgan qishloq qo`rg`onlari yirik yer egaligi va boy dehqonlar bo`lganidan dalolat beradi. Fest shahri yonidan topilgan ko`zaning sirtida odatda pishgan zaytun mevalarini urib tushiradigan panshaxasimon tayoq ko`tarib kelayotgan bir to`da dehqonlar mohirona tasvirlangan. Podsho saroylarining ko`p sonli xonalaridan hunarmandchilik ustaxonalari topilgan. Kritda asosan uch soha: kemasozlik, kulolchilik va qurilish rivojlangan. Kritliklar mohir me`mor bo`lib, ko`p qavatli saroylar, ustaxonalar va omborlar qurganlar. Kulolchilik yuqori darajada rivojlanib, kulollar turli shakldagi buyumlar yasagan. Kulollar odam bo`yidan baland qalin devorli xumlardan tortib, devori tuxum po`chog`idan ham yupqa nafis ko`zalar yasaganlar. Ko`zalarda rangli tasvirlar, ayniqsa, gullar, sakkiz oyoqlar (dengiz hayvoni) ustalik bilan tasvirlanadi. Kemasozlar er. avv. XVI-XV asrlarda suvda uzoq masofaga suzadigan dengiz kemalarini qurganlar. Knoss hukmdorlarining kuchli dengiz floti O`rtayer dengizining sharqiy qismi-Sitsiliyadan Suriyagacha, Misrdan Atlantikagacha suzar edi. Kritliklar Misr, Suriya va Sharqiy O`rtayer dengizining boshqa shaharlari bilan keng dengiz savdosini olib bordilar. Krit hunarmandchilik mahsulotlari namunalari Mesopotamiyadagi Mari shahridan topilgan. Misr devoriy tasvirlarida Krit (Keftiu) elchilari tasvirlanadi. Krit orolida esa, Misr va Suriya hunarmandchilik mahsulotlari topilgan. Italiyaning Sitsiliya oroli va Kampaniya qirg`oqlaridan topilgan Krit buyumlari g`arbiy yo`nalishda kritliklar jadal savdo qilganlaridan dalolat beradi. Er. avv. 1450-yillarda jangovar axey qabilalari orolga bostirib kirib, Kritning siyosiy yetakchiligiga chek qo`ydilar. Egey havzasi ikki asr mobaynida, doriylar kelganlariga qadar axeylar hukmronligi ostida qoldi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling