Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet25/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Mustahkamlash uchun savollar:



  1. Qadimgi Misrdagi diniy e'tiqodlar haqida ma'lumot bеring.

  2. Misrda ta'lim tizimi va uning rivojlanish holatini qo‘shimcha manbalar asosida tahlil eting.

  3. Misr madaniyatini jahon madaniyatida tutgan o‘rniga qiyosiy baho bеring.

  4. Qadimgi Misr adabiyoti yodgorliklari.

  5. Qadimgi Misr dini.

  6. Qadimgi Misr madaniyati.

  7. Qadimgi Misr me’morchilik san’ati.

Ma`ruza №5


Mavzu:Qadimgi Mesopotamiya.

Reja:


  1. Geografik o`rni va tabiiy sharoiti

  2. Qadimgi Mesopotamiya aholisi.

  3. Davrlashtirish.

  4. Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari.

  5. Tarixnavislik.

  6. Arxeologik ma’lumotlar.



1.Geografik o`rni va tabiiy sharoiti. Shimolda Armaniston tog`laridan janubda Fors qo`ltig`igacha, sharqda Eronning tog`li viloyatlaridan g`arbda Suriya-Mesopotamiya cho`llarigacha cho`zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (Ikki daryo oralig`i-Frot va Dajla daryolari oralig`i) deb atalgan. Hozir bu asosan Iroq Respublikasi hududidir.
Dajla va Frot daryolari Arman tog`laridan boshlanib, Fors qo`ltig`iga quyiladi. Daryo suvlari minerallarga boy loyqa olib borib, toshqin vaqtida dalalarga toshib, hosildor qatlam hosil qiladi.
Ikki daryo oralig`ida hosil olish uchun yil davomida sun`iy sug`orish ishlarini (melioratsiya) ishlarini amalga oshirish kerak edi. Bu yerda qadimdan odamlar kanal va dambalar qurganlar. Mesopotamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas. Shimolda quruq subtropik zonada qishda ba’zida qor yog`adi, bahor va kuzda yomg`ir bo`ladi. Janub juda issiq va quruq iqlimli. Mesopotamiya qadimda loy va tabiiy asfalt mo`l-ko`l bo`lgan. Shimolda qo`rg`oshin, qalay, temir va tosh ham uchraydi.
Mesopotamiya florasi juda kambag`al. Faqat shimolda tog`li hududda har xil daraxtlar uchraydi. Qadimda daryo vodiysida tol daraxti, janubda qamishning turli xillari bo`lgan. Xurmo palmasi muhim rol o`ynagan. Strabonning aytishicha, qadimda uning 360 xil foydali xossasini bilganlar. Uzum va mevali daraxtlar, tariq, polba, kanop, bodring, sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no`xat o`stirilgan.
Qadimda Mesopotamiya faunasi xilma-xil ko`rinishda edi. Daryolarda baliq ko`p bo`lgan. Qushlar, eshak, cho`chqa, kiyik, quyon, tuyaqush, sherlar to`qay va sahrolarda mo`l-ko`l bo`lgan. Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng bo`shlig`ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda yetakchi rol o`ynagan. Ko`pgina yo`llar g`arbdan sharqqa, shimoldan janubga shu yerdan o`tgan.
Qishloq xo‘jaligining vujudga kelishi bilan insoniyat tarixida yana bir qadam oldinga siljish bo‘lib, buning natijasida jahon tarixida sivilizatsiyalar paydo bo‘ldi.
G'arb madaniyati va urf-odati tarix tadqiqotlari sifatida ko`rilmoqda. Ilk inson sivilizatsiyasi bundan 3500 yil avval Mesopotamiyada yuzaga kelgan. Keyingi 2000 yil davomida uch yoki to‘rtta yangi sivilizatsiyalar ham aniqlanishi mumkin. Bu xalqlar, qishloq xo‘jaliklari barcha, ishlarini ishlab chiqarishgan. asosiy yangiliklar soni yildan-yilga oshib, qaytadan kashf qilinishi, demakdir.
Ammo madaniyatlar tekis tarqalmagan edi. Bundan tashqari, bir qancha jahon tarixchilari sivilizatsiyalar haqida ko`plab prinsplarni ishlab chiqishgan, ularning ba’zilari juda ham qisqa bo`lishiga qaramay diqqatga sazovordir.

Taxminan jahon tarixida ilk sivilizatsiya davri miloddan avvalgi 3500- 1000-yillardan boshlanadi.


A. Ilk sivilizatsiya mil.avv. 5000 ming yillikda Yaqin Sharqda qishloq xo`jaligining vujudga kelishi bilan paydo bo`ldi. Bu vaqtga qadar qishloq xo`jaligi madaniyati faqatgina ayrim minglab odamlar yashagan hududlarda mavjud bo`lgan9.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling