Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


B. Shuni aytish kerakki, qishloq xo`jaligi sivilizatsiyalarga olib borishda asosiy omillardan biridir. Xuddi G`arbiy Afrika sivilizatsiyasi singari. II


Download 1.44 Mb.
bet26/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

B. Shuni aytish kerakki, qishloq xo`jaligi sivilizatsiyalarga olib borishda asosiy omillardan biridir. Xuddi G`arbiy Afrika sivilizatsiyasi singari.
II. Qishloq xo`jaligida texnologiyani yanada rivojlanishi dastlab Yaqin Sharqda paydo bo`lgan.
A. Mil. avv. 4000 yillarda Dajla va Frot vodiysida asbob-uskunalardan foydalanishgan. Markaziy Osiyoda xattoki g`ildiraklarni ishlatishgan.
B. Dastlab rivojlangan paytida bronza mahsuloti harbiy sohada xalqaro oldi- sotdi, sayohat davrida bronzani muomalaga kiritilishi rivojlanishga katta hissa qo`shgan.
C. Mesopatamiyada rivojlanishga asos solingan. Bobil va Xett davlatlari, ossuriyaliklar, Xaldeydagi va boshqa davlatlar ham hamrohlik qilgan. Tarixiy joylarning qurilishi ko`pgina Markaziy Osiyodagilarni ham o`ziga jalb qilgan.
III.Qishloq xo`jaligida rivojlanishga bir qator o`z xissalarini qo`shganlar.
A. Bu sivilizatsiyada qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish profitsiti yo`lga qo`yilgan, tarixchilar ham shuni tasdiqlaganlar.
B. Shumer sivilizatsiyasi rivojlanishda hokimiyat bilan bog`liq bo`lgani holda bevosita jamoatga ham bog`liq bo`lgan.
C. Sivilizatsiyaning yana bir xususiyati shaharlarning mavjudligi madaniy almashinuv va texnologik rivojlanishga ko`maklashishdir. Shuningdek qishloq xo`jalik jamiyatining nozik savdo-sotiq bilan bog`liq savdogar sinfi rivojlanganligidir.
D. Bu rivojlanish davomida hujjatlar yuritish va buyrokratiya, xalqaro aloqa va savdoni kengaytirish, ilm fandagi rivojlanishlar boshlangan10.
2. Qadimgi Mesopotamiya aholisi.
Mesopatamiya shaharlarida ko‘chmanchilarning oqsoqollari chet ellik bo‘lgan degan ehtimol bor, ammo ular bir-biriga begona bo‘lmagan. Ular Mesopatamiya shahar hayotiga va madaniyatini anglashda muhim ro‘l o‘ynagan. Bu qishloq odamlari hayvonlarni sug’orish uchun daryo yaqinida qishlaganlar. Jazirama yozda o‘zlarining salqin vodiylariga qaytishgan.11
Transhumant herders may have been “foreigners” in the cities of Mesopotamia, but they were not strangers to them.They had always played an important role in Mesopotamian urban life and knew the culture of its city-states. These rural folk wintered in villages close to the river to water their animals, which grazed on fallow fields.In the scorching summer,they retreated to the cooler highlands.
Mesopotamiyada odamlar qadimdan o`rnasha boshlagan. Neolit davrida bu jarayon tezlashgan. Dastlab iqlimi qulay shimol o`zlashtirilgan. Qadimgi Xassun, Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi noma’lum. Janubiy Mesopotamiyaning ilk manzilgohlari keyinroq, er. avv. IV ming yillikda va er. avv. IV ming yillikning II yarmida El-Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Ba’zi tadqiqotchilar bu madaniyatni shumerlarga tegishli deb, boshqalari protoshumerlarga bog`laydilar. Shumerlarning Janubiy Mesopotamiyada paydo bo`lishi taxminan, er. avv. IV ming yilliklar bilan belgilanadi. Shumer tilining qaysi til oilasiga mansubligi ham noma’lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa o`rnatib, ulardan bir qancha xo`jalik yutuqlari, diniy e’tiqodlar va toponomik nomlarni o`zlashtirib olganlar.
Mesopotamiyaning shimolida er. avv. III ming yillikdan boshlab sharqiy semit chorvador qabilalari yashagan. Ular akkad tilida so`zlashgan. Er. avv. III ming yillik oxirida g`arb-Suriya cho`llaridan Mesopotamiyaga g`arbiy semit chorvador qabilalari kirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atashgan (akkadcha «Amurri», «Suriya» yoki «G`arb» ma`nosini anglatadi). Er. avv. III-II ming yilliklarning birinchi yarmida amoriylar Mesopotamiyada bir necha hukmdor sulolalarga asos solganlar. Qadimgi Shimoliy Mesopotamiya, Shimoliy Suriya va Arman tog`larida xurrit qabilalari yashagan. Shumer va akkadlar ular va ularning mamlakatini Subarti deb atashgan.
Er. avv. III ming yillikdan Shimoliy-Sharqiy Mesopotamiyada Diyali daryosidan Urmiya ko`ligacha bo`lgan hududda yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy) qabilalari yashagan. Kassit qabilalari Shimoliy-G`arbiy Eronda, elamlardan shimolda hayot kechirgan. Ular er. avv. XVI asrda Bobilni bosib olib, o`z sulolalariga asos soldilar. Kassitlar mahalliy madaniyat, tilni qabul qilib, mahalliy aholini assimilyasiya qildilar. Er. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida Shimoliy Armaniston va Suriya cho`lidan Shimoliy Mesopotamiya hududlariga g`arbiy semit guruhiga mansub kassit qabilalari kirib keldi. Ular er. avv. XII asr oxirida Shimoliy Suriya va Janubiy-G`arbiy Mesopotamiyada kichik davlatlar barpo qildilar. Ular er. avv. I ming yillik boshlarida xurrit va amoriy aholisi bilan qo`shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Er. avv. X asrda Janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o`rnashdi. Bu etnik guruhlarning qadimgi Mesopotamiyaga migratsiyasi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar yuz berdi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling