Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
3. Bobil kassit sulolasi davrida.Kassitlar Zagros tog’i va Erondan Janubiy Mesopatamiyaga kirib kelishgan. Mil.avv 2 ming yil oldin dehqonlarning daryo bo‘ylariga o‘rnashib, Bobil jamiyatiga qo‘shilishgan. Bobilnin 1-sulolasi Xettlar tomonidan vayron etilganda Kassitlar hokimyatni egallab, o‘rnashib olishadi. Milloddan avvalgi 1475-yilgacha bu hududni qayta tiklaganlar. Keyingi 350 yil mobaynida ular butun janubiy Mesopatamiyani o‘z nazoratiga olgan va Shimoliy Afrikadan Janubiy Osiyogacha bo‘lgan hududlarni yagona ulkan davlatga birlashtirishdi.14 Er. avv. 1595-yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib 1055-yilgacha davom etdi. Bu davr «O`rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar Bobilning yuksak madaniyatini qabul qildilar.Kassit sulolasi faol tashqi siyosat yuritishga urindi. Ular Frot daryosining o`rta oqimini, Suriyaning bepoyon cho`l hududlari va Janubiy Suriyadan Iordan daryosigacha bo`lgan yerlarni egallab oldilar. Kassitlar Markaziy va Janubiy Eronga istilochilik yurishlarini olib bordilar. Ular er. avv. XV asr oxirlarida Misrga qarshi Mitanni bilan hamkorlik qilib,Misrni Mitanni bilan tinchlik o`rnatishga majbur qildi. Old Osiyoda qudratli davlatlar Misr, Xett va Mitanni Old Osiyoda ta`sir doirasi uchun shafqatsiz kurash olib bordi. Kassitlar sulolasi bu davlatlar bilan murosachilik siyosatini olib bordi va o`zining hukmronligini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti bilan bu davlatlar bilan ittifoqlar tuzdi. Kassitlar Misrga qarshi xettlarni qo`llab-quvvatladilar. Kassit hukmdorlari er. avv. XIII asrda xettlar bilan ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib bordi. Er. avv. XII asr boshlarida kassit Bobili qulay xalqaro vaziyatdan foydalanib, Osuriyani o`ziga qaram qildi. Kassit sulolasi zaif bo`lib, davlat hokimiyatining joylarga ta`siri zaif edi. Mamlakat ichida davlat yerlarini oqsuyak-zodagonlarga muntazam tarqatilishi, ularga soliq tushumlarini berilishi xazinani bo`shab qolishiga va podsho obro`-e`tiborining tushib ketishiga sabab bo`ldi. Kassitlar davri shaharlarning o`z-o`zini boshqaruvi va xususiy mulkchilikning kuchaygan davri bo`lgan. Bobil, Nippur va Sippar shaharlari ma`lum mustaqillikka ega bo`lgan. Ular soliq va majburiyatlardan to`la ozod qilingan. Bu shaharlar o`zlarining alohida qo`shinlariga ega bo`ladi. Natijada iqtisodiyot gullab-yashnaydi. Savdo-hunarmandchilikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratiladi. Qishloq xo`jaligida natural holat kuchayib, tovar ishlab-chiqarish kamaydi. Yirik yer egaligi mustahkamlana boshladi. Zodagonlar ko`p hollarda soliq to`lovlaridan podsho farmonlari bilan ozod bo`la boshladi. Bunday farmonlar “qudurru” (Yer egalarining soliq va ma`muriy immunitetlari to`g`risidagi farmon) chegara toshlarida yozib qo`yila boshlanadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling