Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet31/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

6. Arxeologik ma’lumotlar. Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr o`rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842-yil fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Bu joy mahalliy afsonalarga ko`ra, Osuriya davlatining poytaxti Nineviya bo`lgan. Ammo tepalikni qazish aytarli natija bermagach, P.Botta bu yerda ishni tugatib, Xorsabod qishlogida qazish ishlarini boshladi. Xorsabodda olib borilgan arxeologik qazishmalar o`z natijasini berdi. Bu yerdan 1843-yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-SHarrukin saroyi qoldiqlari topildi. P.Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Osuriya kolleksiyasi asosi bo`ldi.
1845-1847-yillarda sharq tillarini yaxshi bilgan ingliz diplomati G. Leyyard Nimrud tepaligi (Kichik Osiyo)da arxeologik qazishma ishlarini boshladi. Osuriya poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan osur podsholari saroyi, bu saroydan ulkan odam-ho`kiz, odam-sher haykallari topildi. Osuriya podshosi Sinaxxerib (er. avv. VII asr) saroyi uning nevarasi podsho Ashshurbanipalning loy kitoblar bilan to`la kutubxonasi bilan birga topildi. Leyayrd topilmalari Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi SHarq kolleksiyasining asosi bo`ldi. Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida qazish ishlarini davom ettirdi va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib rel`efli boy podsho kutubxonasi bilan Ashshurbanipalning saroyi qoldiqlarini topdi. Rassam tomonidan Nimrud yaqinidagi Balavat degan joydan er. avv. IX asrga oid Osuriya yodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez taxta-Balavat darvozasi qoplamasi topildi.
Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi SHumer shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrning oxirida fransuz arxeologlari SHumer shahri Lagash va uning hukmdorlarini ko`p sonli haykallari, Gudeaning kumush va alebastr vazalari, «Kalxatlar stelasi», ibodatxona xo`jaligi va 3000 yillik tarixga ega Nippur shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan umumshumer xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy taxtachadan iborat ibodatxona-kutubxona, saroy, maktab, bozor, do`konlar, uy-joylar va xo`jalik binolari topildi. XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi. Ammo arxeologik izlanishlar ishqiboz qiziquvchan kishilar tomonidan hech qanday ilmiy rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi. Bu vaqtda arxeologik qazishmalarning ilmiy usulining ishlab chiqilmaganligi, arxeologiya fanining shakllanmaganligi, havaskor qiziquvchilarning tartibsiz, ilmiy asoslanmagan qazishma ishlari butun-butun madaniy qatlamlarni yo`qotishga olib keldi. Faqat XX asrning boshlaridan arxeologik izlanishlar qat’iy ilmiy usullarga suyangan holda olibborilaboshlandi. Nemis arxeologi Koldevey Bag`dodyaqinida qadimgi Bobil shahri xarobalarini ochdi. 1899-1917-yillarda Bobil shahri xarobalaridan shahar devorlari, Navoxudonosor II (er. avv. VII asr) saroyi, diniy marosimlar ko`chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi, ulkan zikkurat qoldiqlari topildi. Nemis arxeologi V. Andre 1903-1914-yillarda Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshur shahrini qazib ochdi. 1933-1939-yillarda fransuz arxeologi Parro Mari shahri qoldiqlarini qazib, bu yerdan podsho Zimrilim saroyi (er.avv.II ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan iborat xo`jalik-diplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922-1924 yillarda ingliz olimi D.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, ma’buda Ningal ibodatxonalari, podsho Ur-Nammu er. avv. III ming yillik oxirida qurgan zikkurat, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy-joylar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi.
II jahon urushidan so`ng, Yevropa va Amerika tadqiqotchilari bilan birgalikda Iroq olimlari arxeologik izlanishlarda ishtirok eta boshladilar. Iroq olimlari Eredu shahri, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini ochdilar. XIX asrning 50-80-yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan yodgorliklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o`rganilaboshlandi. SHu bilan birga, Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigachabo`lgan paleolit davri (SHanidar manzilgohi er. avv. XI-VIII ming yillik), neolit (Jarmo manzilgohi er. avv. VII-VI ming yillik; Xassun manzilgohi er. avv. VI ming yillikning o`rtalari va II yarmi) yodgorliklari o`rganilaboshlandi.
XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator tadqiqotlarni nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar A. Almeted, A. L. Oppenxeym e’lon qildilar. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo`nalishlari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda: siyosiy tarix va davlat qurilishi; SHarq davlatchiligining o`ziga xos xususiyatlari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; madaniyat va diniy e’tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar.
Qadimmgi Mesopotamiya tarixining iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlari muammolari yetarlicha o`rganilmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meerning sikl konsepsiyasi bo`yicha, har qanday sivilizasiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga o`tib, ichki qarama-qarshiliklar tufayli halok bo`ladi. SHundan so`ng, bu sikl yana takrorlanadi, ya`ni jamiyat yana feodalizmga qaytadi. SHunga asoslanga holda tadqiqotchilarning ayrimlari bu nazariya bo`yicha SHarqda jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi degan xulosaga keldilar. SHu sababli, XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholandi.
G`arbdagi nazariyalardan yana biri tarixiy voqealarni bilish mumkin emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi tadqiqotchilarning Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotining tub muammolarini yechishlariga yordam berdi.
Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni tahlil qilmay, borligicha qabul qilish bo`ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo`jalikni tashkil etish, shaharlarning shakllanishi va ularning o`rni va roli, hunarmandchilik, savdo, ibodatxona xo`jaligi kabi qator muammolarga bag`ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo`ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans vaboshqalarning asarlari).
Mesopotamiya tarixini o`rganish markazlari dastlabAngliya va Fransiyada o`rnashdi. Keyin esa, XIX asrda u Germaniyaga ko`chdi. Yevropada fashizmning paydo bo`lishi ko`pgina olimlarni AQSHga ko`chishiga sabab bo`ldi. Bu yerda hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. SHu bilan birga, hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunoslik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqda.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling