Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet39/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Tayanch tushunchalar:Armaniston, Fors qo‘ltig’i, Suriya-Mesopotamiya cho‘llari, Mesopotamiya, Frot va Dajla, Iroq Respublikasi, Ur, Bobil Amorey, Xammurapi,Old Osiyo, Samsuilun, Shamshi-Adad, Ashshur, Tiglatpalasar 1, Xett, Misr, xaldeylar, Urartu, Tiglatpalasar III, Midiya, Salmanasar, Sargon II, Isroil, Samariya, Sinaxxerib, Asrxaddon, Ashshurbanipal, Nineviya.


Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Ossuriya davlati va uning boshqaruv shakli xaqida ma'lumot bering.

  2. Ossuriyaning Old Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarini qo‘shimcha manbalardan foydalanib kengroq yoritib bering.

  3. Qadimgi Ossuriyada diniy e'tiqodlar va ularni xalqning turmush tarziga tasirini ochib bering.

  4. Ossuriya madaniyatini jahon madaniyatiga ta'sirini misollar yoradamida tahlil eting.


Ma`ruza№9
Mavzu: Urartu davlati.
Reja:

  1. Urartu tabiati va aholisi.

  2. Urartu davlati tarixshunosligi.

  3. Davlat uyushmalarining tashkil topishi va taraqqiyoti.

  4. Urartuning madaniyati



Urartu tabiati va aholisi. Urartu janubi-g’arbiy Osiyodagi qadimgi davlatlardan biri bo‘lgan. Bu davlat kuchaygan vaqtda Kavkaz orti viloyatlari Dajla va Frot daryosining boshlanishidagi yerlarni egallagan. U gеografik jihatdan Ossuriya davlatining shimolida joylashgan edi, uning hududini katta qismi hozirgi Turkiya hamda Armaniston tog’lariga to‘g’ri kеladi. Bu davlat hududidan Kura, Araks, Frot va Dajla irmoqlari oqib o‘tadi. Frotning ikki irmog’i ham shu joydan boshlanadi. Bu mamlakatning eng muhim ko‘llari Van, Urmiya va shimolda Sеvan (Hozirgi Armaniston hududida). Arman yassi tog’liklari dеhqonchilik qilishga qulay, ammo qo‘shni Mеsopotamiyadan unumdor yerlarning kamligi bilan farq qiladi. Mamlakatda yaylovlar ko‘p bo‘lib, azaldan Urartu aholisiga chorvachilik bilan shug’ullanishga qulaylik tug’dirgan. Arxеologik tadqiqotlar shundan dalolat bеradiki, o‘lkada aholisi nеolit davridan (5-4 ming yilliklardan) Kura va Araks daryolari vodiylarida dеhqonchilik bilan shug’ullangan qabilalar yashagan. Dеhqonchilikning rivojiga er.av. I ming yillikda tеmirdan mеhnat qurollarining yasala boshlanishi katta ta'sir etdi. Ayniqsa, dеhqonchilik Araks vodiysida juda yaxshi rivojlangan, so‘nggi ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatto ular sug’orish ishlarini ham olib borishgan
Insonlar uchun ishonchli suv manbalarni toppish muhim edi, chunki sugòrish manbasining aniqligi yirik aholini ozuqa bilan ta`minlash uchun zarur darajada ekin ekishga imkon yaratardi20.
Bu tog’li mintaqada xilma-xil etnik guruhlaryashagan, ularning katta qismini urartlar tashkil etgan. Urartlar hozirgi zamonaviy xalqlar arman va gruzinlarning qadimiy ajdodlaridir.
Urartlar til jihatdan xurrit xalqlari guruhiga kirgan. Shimoli-g’arbiy viloyatda, Xayas mamlakatida, hind-Yevropa aholisi ko‘pchilikni tashkil etgan. Urartlarni o‘zlariga singdirib olgan arman xalqining avlod-ajdodi aynan o‘shajoydan kеlgan dеb faraz qilinadi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling